Mavzu: altning texnikaviy ta`minoti. Texnologiya va uning texnika bilan aloqasi




Download 113,17 Kb.
bet2/3
Sana13.05.2024
Hajmi113,17 Kb.
#229897
1   2   3
Bog'liq
ALTning texnikaviy ta`minoti.

ALT tuzilishi va tarkibi.
GOST 22487-77 bo`yicha avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari (ALT)–bu loyixalashni avtomatlashtirishning to`liq kompleksi bo`lib, loyixalash tashkilotining avtomatlashtirilgan loyixalashni amalga oshiruvchi bo`limlari va mutaxassislar jamoasi bilan o`zaro bog’langan bo`ladi. Bu atamadan shuni aniqlash kerakki ALT va undan foydalanuvchi o`rtasida o`zaro aloqa bo`lishi zarur. Bunday aloqalar faqatgina tizimdan foydalanuvchilar bilan yakunlanmasdan, korxonaning tashkiliy ma`muriy, reja-moliya, loyixalash va ishlab chiqarish o`limlarini ham o`z ichiga olishi zarur. ALT dan faqat tarmoq va korxonalarni tizimli avtomatlashtirishni amalga oshirish doirasida foydalanilsagina foydalanish samaradorligi kutilgan natijani beradi.
GOST 23501.0 – 79 bo`yicha ALT ni yaratishning asosiy printsiplari va tarkibi o`rnatilgan. ALT ning qismlari tizimostilar (podsistema) hisoblanadi. ALT asosiy xususiyati shundaki u vositasida loyixalashda tugallangan loyixa va unga mos ravishda loyixalash xujjatlari olinadi. Bunday xususiyatni ta`minlash maqsadida ALT ma`lum belgilangan vazifalarni bajaruvchi tizimostilardan tashkil topishi kerak:
Texnik ta`minothisoblash va ofis texnikasi, ma`lumotlarni uzatish qrilmalari, o`lchov va avtomatlashtirilgan loyixalashni amalga oshirish uchun zarur boshqa vositalar yoki ularning birikmasi;
Matematik ta`minot – loyixalash uchun zarur bo`lgan matematik usullar, modellar va algoritmlar yokm ularning yig’indisi;
Dasturiy ta`minot – dasturlarning matnlari yozilgan xujjatlar, dastur tashuvchilar (CD, DVD, HDD va boshqalar) va bu dasturlarda ishlash uchun o`quv qo`llanmalar;
Informatsion ta`minot – talab qilingan shakllarda taqdim etiladigan ma`lumotnoma (spravochnik) materiallari, loyixalash qarorlarining tipli mazmuni va boshqalar;
Lingvistik obespechenie – loyixalash uchun dastlabki berilganlarni, loyixalash toshirig’ini va natijalarini, shuningdek oraliq natijalarni amaliy qo`llashga va tushinishga oson bo`lgan shaklda yozishga mo`ljallangan tillar yig’indisi;
Uslubiy ta`minot – avtomatlashtirilgan loyixalashni ta`minlovchi vositalarni tanlash va ularni ishlatish qoidalari tavsiflangan xujjatlar to`plami;
Tashkiliy ta`minot – ALT qo`llanilishi natijasida xujjatlar aylanishi, loyixalash bo`limlarining tarkibi va tuzilishini aniqlovchi loyixalash natijalarining ko`rinishi va shakllari to`g’risidagi xujjatlar to`plami. SHuningdek, ishlab chiqarish korxonasi bo`limlari orasidagi o`zaroaloqalar va xujjatlar arxivini yuritishning tashkiliy shakli.



Download 113,17 Kb.
1   2   3




Download 113,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: altning texnikaviy ta`minoti. Texnologiya va uning texnika bilan aloqasi

Download 113,17 Kb.