|
Mavzu: altning texnikaviy ta`minoti. Texnologiya va uning texnika bilan aloqasi
|
bet | 3/3 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 113,17 Kb. | | #229897 |
Bog'liq ALTning texnikaviy ta`minoti.ALT ta`minoti
ALTning texnikaviy ta`minoti. ALTning texnikaviy ta`minoti - avtomatlashtirilgan loyixalashni bajarish uchun mo`ljallangan o`zaro bog’langan va o`zaro ta`sir kiluvchi texnikaviy vositalar majmuidir. ALTning istalgan xisoblash komplektlari kuyidagilarni etarli mikdorda o`z ichiga olishi kerak: informatsiyani kiritish va chikarish periferiya kurilmalari, grafik klanshetali va elektron peroli grafikli va alfavitli-rakamli displeylar (GD va ARD), xar xil formatli yukori anikli rulonli va planshetali grafkuruvchilar, grafik informatsiyani kodlovchilar, skanerlar, printerlar, magnitli disklarda to`plovchi (nakopitel)lar (MDT), lazerli disklarda to`plovchilar, 2...5 Tbayt xajmli «Vinchester» tipidagi disklardagi to`plovchilar, funktsional klaviaturalar, informatsiyani mikrofilm va mikrofishlarga chikaruvchi kurilmalar, yukori darajadagi eXM bilan bog’lanish kurilmalari.
1–rasm. MBBTdan foydalanganda dasturlar va ma`lumotlar orasidagi bog’lanish
Avtomatlashtirilgan ishchi o`rninning tarkibi.
Konstruktor yoki texnologning avtomatlashtirilgan ishchi joyi (KAIJ, TAIJ) mashina grafikasining bazaviy DT yaratildi va tasdiklandi. Uning asosini grafik kiritish-chikarish amaliy dasturlar paketi tashkil kiladi; bu paket amaliy dastur bilan va grafikaviy kurilmalar to`plami orasida funktsional interfeysni kurilmalar drayveri va grafikaviy drayverlar yordamida ta`minlaydi. Uning asosida ishlab chikilgan grafikaviy xujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi esa maxsuslashgan dasturaviy ta`minot tarkibiga kiradi. Grafikaviy xujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi translyatsiya kilish, vizuallashtirish, chizmalar namunaviy elementlari bayonini saklash uchun aloxida masalalar to`plami xamda amaliy dasturlar paketi (ADP)ni yaratish uchun modullar kutubxonasi, kutubxonadan bayonlarini tanlab olish va ularning tasvirini olish to`plamlaridan iborat.
Standartlashtirilgan loyixalash protseduralarini amalga oshiradigan, tarkibiga shunday bazaviy DT kiritilgan APJ laridan foydalanish ALT dasturaviy ta`minotini yaratish mexnatini sezilarli darajada engillatadi. Lekin xamma xollarda xam ALTni yaratuvchilar amaliy DTni ishlab chikishlari lozim bo`ladi. Xisoblash texnikasi ko`llaniladigan soxa kengayib borishi va loyixalash jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari murakkablashib borishi bilan dasturlashning murakkabligi mexnati ortib boradi.
|
| |