Mavzu: altning texnikaviy ta`minoti. Texnologiya va uning texnika bilan aloqasi




Download 113,17 Kb.
bet1/3
Sana13.05.2024
Hajmi113,17 Kb.
#229897
  1   2   3
Bog'liq
ALTning texnikaviy ta`minoti.


Mavzu:ALTning texnikaviy ta`minoti.


Texnologiya va uning texnika bilan aloqasi.
Texnologik loyixalash texnologik masalalarning alhida qismlari bo`yicha qarorlar qabul qlish ketma - ­ketligidir. Binobarin, har bir topshiriq bo`yicha qarorlarni qabul qilish, hisoblashga bog’liq masalalardan tashqari, tanlashdan iborat bo`ladi.
EHM da texnologik jarayonlarni loyixalash texnolog faoliyatini modellashtirish orqali amalga oshiriladi. Texnologik jarayonlarni loyixalashda kuzatiladigan ko`pchilik xususiy holdagi texnologik masalalarni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhni hisobiy masalalar deb ataluvchi alohida guruh tashkil etadi. Bularga mexanik ishlov berish uchun pripusklarni va operatsiyalararo o`lchamlarni hisoblash, kesish holati elementlarini hisoblash kabi masalalar kiritiladi. Bunday masalalarni echish uchun ma`lum formulalar va tenglamalar ishlab chiqilgan, ular etarli darajada formallashtirilgan. Bularga formal algaritm tuzish qiyin emas, eHM larni qo`llab bu masalalarni echish unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Formallashtirilgan texnologik masalalar komp’yuter yordamida echishga va buni sanoat miqyosida qo`llashga birinchi bo`lib xizmat qilgan. Biroq, texnologik loyixalashda bunday masalalarning salmog’i unchalik ko`p emas. SHartli ravishda nohisobiy det ataluvchi masalalar ko`pchilikni tashkil qiladi (ishlov berish turlarini tanlash, dastgoh turini aniqlash, kesuvchi asbobni tanlash, bazalash sxemasini tayinlash, detalni o`rnatish usuli, texnologik operatsiyalar tarkibini shakllantirish, operatsiyalar ketma-ketligini aniqlash, xom Ashe olish usulini tanlash, operatsiyalardagi o`tishlar ketma-ketligini aniqlash va boshqalar). Bunday masalalarni echish uchun hali aniq formal usullar yo`q, ya`ni texnologning intuitsiyasi, malakasi va ongini jalb qilmasdan turib bu masalalarni echishning funktsional munosabatlarini aniqlab bo`lmaydi, yoki ularni o`rnatish qiyin.
SHunday qilib, texnolog sanab o`tilgan holatlarning har birida ma`lum qarorlarni qabul qilishi talab etiladi. Misol tariqasida ishlov berish usulini tanlashni ko`rib chiqamiz. Aytaylikki, detaldagi berilgan o`lchamli teshiklarga ishlov berish zarur. Bu masalani echish uchun texnolog avvaldan aniqlangan va sinovdan o`tgan usullarni aniqlaydi (xotirasidan o`tkazadi). Mashinasozlik texnologiyasida teshiklarga ishlov berishning bir qancha sinovdan o`tgan usullari qo`llaniladi, ya`ni: xomaki ishlov berishda –parmalash, qayta parmalash, zenkerlash, yo`nib kengaytirish; tozalab ishlov berishda razvertkalash, yo`nib kengaytirish, sidirish, jilvirlash, xoninglash. Binobarin, har bir holat bo`yicha yakuniy qarorlar (tipovoy qarorlar) mavjud, texnolog shu qarorlardan bittasini asoslangan holda qabul qilishi zarur, ya`ni texnolgik masalani echishda texnolog tipovoy qarorlardan birini tanlashi zarur.
Har bir ishlov berish usuli (tipovoy qaror) o`zining eng maqbul qo`llanilish sohasiga ega, bu qo`llanilish soxasi tashkiliy–iqtisodiy, texnologik va boshqa kompleks shartlarga muvofiq aniqlanadi. Avvaaldan zagotovkada teshik mavjud bo`lmasa birinchi operatsiyada parmalash tayinlanadi. Agar teshikning oxirgi o`lchami katta bo`lsa oldin parmalanadi kichikroq diametrda, keyin qayta parmalanadi. Yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida zagotovkalar olishning nisbatan aniq usullari qo`llaniladi, shuning uchun bu zagotovkalarda teshiklar avvaldan mavjud bo`ladi. Bunday holda xomaki ishlov berishda nisbatan samarali usuldan foydalanish talab etiladi – ya`ni pramalash yoki qayta parmalash zenkerlashga almashtiriladi. Biroq zenkerlar odatda 150 mm o`lchamgacha qilib ishlab chiqariladi. Teshikning diametri kattaroq bo`lsa yo`nib kengaytirishni taklif qilish zarur. Xuddi shunday holat teshiklarga tozalab ishlov berishda ham kuzatiladi. 7 – kvalitetdagi teshiklarni tayyorlashda razvertkalanadi, lekin standart razvertkalar 80 mmgacha qilib ishlab chiqariladi. SHuning uchun katta diametrdagi teshiklarni tayyorlashda tozalab yo`nib kengaytirish qo`llaniladi. Seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishlarda ko`p hollarda sidirish tayinlanadi. Aniq teshiklarni hosil qilish uchun jilvirlash tayinlanadi. Tashqi yuzaning mexanikaviy xossalarini va g’adir – budurlikning kichik qiymatlarini ta`minlash maqsadida xoninglash operatsiyasi tayinlanadi.
SHunday qilib, berilgan texnologik masalalarni bajarishda texnolog tipovoy qarorlar qabul qiladi va qabul qilgan qarorlarini asoslab beradi. SHunga o`xshash uslubiy yondashish boshqa nohisobiy texnologik masalalarni echishga ham qo`llaniladi.



Download 113,17 Kb.
  1   2   3




Download 113,17 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: altning texnikaviy ta`minoti. Texnologiya va uning texnika bilan aloqasi

Download 113,17 Kb.