• To‘rayeva Mohlaroybegim Boymurod qizi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7749156
  • Annotatsiya
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • “Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 3-son




    Download 227.13 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana22.05.2023
    Hajmi227.13 Kb.
    #63238
    Bog'liq
    boshlang-ich-sinflarda-matematika-fanini-o-qitish
    Axborot xati konf. ADU, Mayers- Briggs qo\'shimcha, 36-qo\'shma qaror, 27.04.2022, Oila tushunchasi, uning turlari va shakillari, fHy1I56Pj1m1Sqci4f9q3e28B9S0AiBM, dars ishlanma, 11-21-ALGORITMIK TILLAR VA DASTURLASH, Мустақил ишни ташкиллаштириш, Иқтибослик учун, Документ Microsoft Word, Calendar plan-RAQAMLI VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI (2), статья, Исмаилова Н С , Шагазатов У У Жахон иқтисодиёти ва халқаро (1), A5


    50 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISH 
     
    Azimova Dilorom Hamza qizi 
    Termiz Davlat Pedagogika Instituti talabasi 
    To‘rayeva Mohlaroybegim Boymurod qizi 
    Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti talabasi 
    https://doi.org/10.5281/zenodo.7749156
     
     
    Qabul qilindi: 18.03.2023 
    Chop etildi: 31.03.2023 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilarining o‘qitishda 
    matematika fanini ahamiyati, matematika fanini o‘qitish texnologiyasi haqida 
    yoritilgan.
    Kalit so‘zlar: Arifmetika, interfaol metodlar, yozma bahslar, usul, uslubiyat.
    TEACHING MATHEMATICS IN PRIMARY GRADES. 
    Abstract: this article describes the importance of mathematics in the teaching 
    of elementary school students, the technology of teaching mathematics. 
    Key words: arithmetic, interactive methods, written arguments, method, 
    methodology. 
    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan davrdan buyon o‘tgan vaqt mobaynida 
    jamiyatimizning 
    barcha 
    jabhalarida 
    keng 
    qamrovli 
    islohotlar 
    amalga 
    oshirilayotganligi taraqqiyotimiz odimlaridan ko‘rinib turibdi. Bu borada ta’lim 
    sohasiga bo‘lgan e’tibor alohida o‘rniga ega ekanligi, davlatimiz rahbariyati 
    tomonidan ayni sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, ular 
    hayotga tadbiq etilayotganligi fikrimizning yorqin dalilidir. 
    Boshlang`ich sinf matematika darsligiga sonlar, arifmetik amallar, matematik 
    munosabatlar singari algebra elementlarini kiritishdan ko`zlangan asosiy maqsadi 
    o`quvchilarning son haqidagi, arifmetik amal haqidagi, matematik munosabat 
    haqidagi umumlashtirishlarni yuksakroq darajaga ko`tarishdan iborat. Boshlang`ich 
    sinf o`quvchilari onggida tenglik, tengsizlik, tenglama kabi matematik ifodalar 
    (sonli ifoda va o`zgaruvchili ifodalar) haqidagi tushunchalarni shakllantirish 
    bo`yicha rejali ishlar olib boriladi. Bu tushunchalarning hammasi o`zaro uzviy 
    bog`langandir. Masalan, harfiy simvolikani bolalarni tengsizlik, tenglama va boshqa 
    tushunchalar 
    bilan 
    propedevtik 
    planda 
    tanishtirish 
    imkonini 
    beradi. Harfdan o`zgaruvchini ifodalovchi simvol sifatida foydalanish boshlang`ich 


    51 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    matematika kursida qaraladigan arifmetika nazariyasi masalalarini ongli, chuqur va 
    umumlashgan holda o`zlashtirish maqsadlariga xizmat qiladi, keyinchalik bolalarni 
    o`zgaruvchi, funksiya tushunchalari bilan tanishtirish uchun yaxshi tayyorgarlik 
    bo`ladi. Bolalarda tenglik va tengsizlik tushunchalarini shakllantirish bo`yicha 
    bajariladigan ishlar tenglamalar yechish va masalalarni tenglama tuzish yo`li bilan 
    yechishni kiritish uchun tayyorgarlik bo`lib xizmat qiladi. 
    Yuqorida aytilganlardan ravshan bo`ladiki, aytib o`tilgan algebraik, mazmunli 
    masalalar ustida ishlash sistematik ravishda va planli olib borilishi kerak. Endi 
    matematik ifoda, tenglik, tengsizlik, tenglama ustida va tekstli masalalar yechishda 
    tenglamalardan foydalanish foydalanish borasida mukammalroq to`xtalamiz. 
    Boshlang`ich sinflarda arifmetik materialllarni o`rganib, yakunlash algebraik 
    materiallarni va matematika simbvolikani o`rganish bilan umumlashtiriladi. 
    1-sinf o`quvchilarining tenglik va tengsizliklar, tenglamalar olamiga 
    qiyinchiliksiz kirib borishlari uchun darslikda tenglik va tengsizlikka doir 
    narsalarning xossalari, ranggi, shakli, o`lchami haqida dastlabki taasurotlarni 
    beruvchi turfa xildagi suratlar va peyzajlar berilgan. O`qituvchi bunday suratlardan 
    unumli 
    foydalangan 
    holda 
    o`quvchilarga 
    mazkur 
    tushunchalarning 
    ma`nomohiyatini uqtirib boradi. Misol uchun quyidagi rasm orqali narsaning ranggi, 
    shakli va o`lchami haqida dastlabki ma`lumotlarni berish mumkin: “Sport turlari 
    uchun mo`ljallangan to`plar dumaloq shaklda bo`ladi”, “Basketbol to`pi futbol 
    to`pidan kattaroq bo`ladi”, “Qo`l to`pi futbol to`pidan kichik bo`ladi”, “Yashil 
    rangdagi kubiklar aralash rangdagi kubiklardan kichik”, “Futbol to`pi oq va qora 
    rangda bo`ladi”. 
    1-rasm. 
    O`quvchilar mazkur tushunchalarga ega bo`lganlaridan so`ng uzun-qisqa, keng 
    tor, baland-past, ustida, ostida, chapda, o`ngda, oldin, keyin, orasida, yonida, ko`p, 
    kam, …ta ortiq, …ta kam so`zlaridan foydalanishga o`rgatiladi: “Mening 
    chizg`ichim kitobimdan uzunroq”, “Oyimning sochig`i mening sochig`imdan katta 
    va uzun”, “Nigora Anvarning o`ng tomonida turibdi”, “Komiljon yo`lakda itdan 
    oldin ketyapti”, “Atirgullar qancha bo`lsa, binafsha ham shuncha”, “Tovoqda 


    52 
    “YOSH MUTAXASSISLAR” ILMIY – AMALIY JURNALI 2023-YIL 3-SON 
    olxo`rilar olma va gilosdan ko`p turibdi”, “Kulrang quyonchalar oq quyonchalardan 
    kam”, “Rasmdagi sharlarning ranggi har xil”, “Nigora stakandagi qalamlardan 
    bittasini oldi”, “Oq quyoncha bitta sabzini yeb qo`ydi”, “Sigirlarning har biri ola 
    rangda” kabi. 
    2-rasm. 
    Sekin-astalik bilan o`quvchilar sonlarning sirli dunyosiga kirib boradilar. 
    Buning uchun avvalambor bir nechta predmet orasidan bitta narsani ajratish yoki bir 
    xildagi bir nechta predmetning har biri, hammasi qancha va qanday ekanligini bilib 
    oladilar. So`ngra o`quvchilar onggida narsalarning sanog`i va ketma-ketligi haqida 
    dastlabki tasavvurlar hosil qilinadi: “Bitta to`p”, “Ikkita quyoncha”, “Uchta 
    choynak”, “To`rtta anor”, …, “O`nta kubik”. 
    Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, 
    kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika
    o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini o‘stirish, ularning o‘z fikrlarini aniq, 
    to‘g‘ri va tushunarli bayon etish uchun zamin hozirlaydi. 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
    1. 1-sinfda matematika darslari. N. Abdurahmonova, M. Ahmedov , M. Jumayev. 
    O`qituvchi kitobi. Toshkent. “Turon – iqbol” 2008. 
    2. 2-sinfda Matematika. N.U.Bikbayeva, E.Yangibayeva. o`qituvchilar uchun 
    metodik qo`llanma. Toshkent, :O`qituvchi” – 2004. 
    3. Olimov Q.T. Pedagogik texnologiyalar.– T.: ―Fan va texnologiyalar‖ 
    nashriyoti, 2011. 
    4. Ro‘zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati 
    va qo’llanilishi / Metod.qo’ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. 

    Download 227.13 Kb.




    Download 227.13 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Yosh mutaxassislar” ilmiy – amaliy jurnali 2023-yil 3-son

    Download 227.13 Kb.
    Pdf ko'rish