• «Musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishda musiqa nazariyasi fanini ahamiyati» mavzusidagi KURS ISHI Bajardi: Axmadova M
  • Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti




    Download 269.5 Kb.
    bet1/11
    Sana07.04.2024
    Hajmi269.5 Kb.
    #190328
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    3907177c-815a-4063-8ae3-11c596198a69
    111, Jismoniy mashqlarning skelet muskullari va yurak qon, 1. Қурилиш (ҳудудлар) - млрд. сум

    О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI





    PEDAGOGIKA FAKULTETI


    5111100- Musiqa yo’nalishi
    To’laeva Maftuna Axmatovnaning “Musiqa nazariysifanidan tayyorlagan
    «Musiqa madaniyati darslari samaradorligini oshirishda musiqa nazariyasi fanini ahamiyati» mavzusidagi


    KURS ISHI
    Bajardi: Axmadova M
    Qabul qildi: Qurbonov Q


    Qarshi 2017
    REJA:
    1. KIRISH
    2. Asosiy qism
    2.1. Musiqa madaniyati darslarining samaradorligini oshirishda musiqa nazariyasi fanining ahamiyati.
    2.2. Ta’lim jarayonida musiqa nazariyasi fanining ahamiyati
    2.3. Musiqa nazariyasi fanining o’qitilishi
    3. XULOSA
    4. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

    1. KIRISH


    Bugungi musiqa ta`limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va amaliy jihatdan bilimli ijodkor, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalab yetishtirishdir. Musiqa o`qitish jarayoni – bu o`qituvchi va o`quvchilarning muayyan maqsadga qaratilgan birgalikdagi o`zaro harakati bo`lib, bu jarayonda musiqa ta`limi, tarbiyasi va shaxsning musiqiy rivojlanishi amalga oshiriladi. Musiqa o`qitish jarayoni musiqa o`qitish qonuniyatlari va prinsiplariga mustahkam tayanishi lozim, ular o`quvchining imkoniyatlari va musiqiy iqtidoriga asoslanadi, bu esa zarur musiqiy o`rgatuvchi repertuarni to`g`ri tanlash imkonini beradi.


    Musiqa vositasida dunyoqarashni ahloqiy, ma`naviy, aqliy, mehnatni shakllantirish o`ziga xos xususiyatlarga ega. Musiqiy badiiy obrazlarning nozikligi, ohangdorligi, lirikligi eng nafis va noyob tuyg`ularga ta`sir etish imkonini beradi. Shu bilan birga aniq ritm, dramatizm, ohanglar keskinligi, tantanavorlik, garmoniyaga boyligi insonda dadillik, jasorat tuyg`ularini uyg`otadi. Musiqa bilan bevosita shug`ullanish esa katta ma`naviy, aqliy va jismoniy mehnat hisoblanadi.
    Musiqani tinglab idrok etishni ham huddi musiqa yozish va ijro etish kabi musiqa san`atidagi asosiy faoliyat turi deb hisoblash lozim. Qolaversa, tinglovchisiz musiqa san`ati o`z ma`nosini yo`qotadi. Musiqa tinglash va uni idrok etish musiqa faoliyatining shunday turiki, u bolalikdan tarbiyalanadi va singdirib boriladi.
    Musiqani tinglash jarayonida idrok etish darajasi tinglovchining umumiy madaniyati va musiqiy tayyorgarlik darajasiga bog`liq. Musiqiy asarning to`liq va chuqur idrok etilishi, shuningdek, kompozitor va ijrochi mahoratidan ham dalolat beradi.
    Musiqa nazariyasi fanini o`qitish jarayonida ta`lim sifati va samaradorligini ta`minlashda o`quvchilarning o`z o`stida ijodiy ishlashi muhim ahamiyat kasb etadiki, busiz bo`lajak musiqa o`qituvchisining kasbiy tayyorgarligini hozirgi qo`yilayotgan talablarsiz tasovvir etib bo’lmaydi.
    Boshqa fanlar bilan bir qatorda musiqa nazariyasi fani ham o`quvchilarning umumiy musiqa va madaniy saviyasini ko`tarishga yordam beradi.
    Musiqa nazariyasihi o`rganish amaliy jihatdan tegishli yordam berishi uchun undagi asosiy qoidalar bilan umumiy va yuzaki tanishib chiqishning o`zi kifoya qilmaydi, buning uchun bu fanni har tomonlama va chuqur o`rganish zarur bo`ladi. Mashqlar ustida muntazam ishlash olingan bilim va ko`nikmalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi. Asosiy qismlariga oid mashqlar o`tkazish uchun kerakli materialni topishi kerak. Bundan tashqari o`quvchilar bilan mashg`ulot o`tkazish o`qituvchining musiqa adabiyotidan olingan misollar hamda o`zi tanlab olgan mashqlar bilan qo`shimcha materialni to`ldirib borishi ko`zda tutiladi.
    Musiqa san`ati o`ziga xos bo`lgan ko`rinish va shakllarda, shuningdek, musiqiy badiiy janrlarda, obrazlarda inson fikri, tuyg`ulari, maqsadlari, emotsiyalarini aks ettiradi. Bunday tafovutlar musiqiy faoliyatning janri, shakli, ko`rinishlari, musiqa asari mazmuniga bog`liq bo`ladi.
    Musiqa san`atida turli temp, dinamika, xarakterning birlashuvi asarni ijro etish jarayonida unga rangdorlik va uyg`unlik baxsh etib turadi.



    Download 269.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 269.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti

    Download 269.5 Kb.