IDE – kod yozish uchun ishchi muhitlar




Download 0,56 Mb.
bet9/17
Sana20.07.2024
Hajmi0,56 Mb.
#268028
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
2-bilet

IDE – kod yozish uchun ishchi muhitlar.
IDE(integrallashgan ishlovchi muhit) – Har bir dasturlash tilida o‘z ishchi muhiti bo‘ladi. Bu muhitda kompilyator bilan birga kod yozishimiz uchun mo‘ljallangan joy bo‘ladi. Bu ishchi muhitda bir necha dastur kodlarini ham yozsa bo‘ladi va bu muhit avtomatik xatolarni ham bizga ko‘rsatib beradi. Ishchi muhitda ma’lum kutubxonalar joylashgan bo‘lib, kod yozishda kodni to‘g‘ri tashkil qilish uchun ma’lum bir kodni to'g'ri tashkil qiluvchi yordamlar ekranga chiqadi. Ishchi muhitga oddiy bloknot misol qilib olsak bo‘ladi, lekin bu muhitning kompilyatori yo‘q, shuning uchun alohida kompilyator o'rnatishimiz lozim, 2 ta dastur o‘rnatib bir-biriga moslashtirishimiz kerak bo‘ladi. Bu 2 ishni yengillashtirish uchun, juda ko‘p ishchi muhit dasturlari ishlab chiqilgan va ular kompilyatorlar bilan integrallashgan bo‘ladi. C++ dasturlash muhitida eng keng tarqalgan IDE bu – Visual C++ hisoblanadi. Bu dastur o‘z ichiga quyidagilarni oladi: dastur kodlarini yozishda juda muhim bo‘lgan .NET klasslari, ishchi muhit va albatta kompilyator integrallashtirilgan bo‘ladi.
Quyida hozirda eng ommabop bo‘lgan C++ muhitlari va kompilyatorlari ro‘yxatini ko'rib chiqamiz.
Dev-C++ — C/C++ dasturlash tillari uchun ochiq integrallashgan dasturlash muhiti. Bu distributivga MinGW nomli kompilyator kiradi. Bu dastur o‘zi Delphi dasturlash tilida tuzilgan. GPL litsenziyasi orqali tarqatiladi. Bir paytlar Linux versiyasi ham mavjud edi, hozir faqat Windows. Hozir yangi versiyalari ishlab chiqilmayapti, uning o‘rniga wxDev-C++ nomi bilan ishlab chiqilmoqda.

C++ Builder – C++ dasturlash tili uchun mo‘ljallangan integrallashgan dasturlash muhiti hisoblanadi. Dastlab Borland Software korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan, undan so‘ng uning bir qismi bo‘lgan CodeGear tomonidan. C++ Builder STL, VCL, CLX, MFC ob’yekt kutubxonalarini o‘z ichiga oladi. Delphi dasturlash tili tomonidan ishlab chiqilgan. Bu muhit drag-and-drop harakati bilan vizual shaklni paydo qilishi mumkin, undan tashqari WYSIWYG redaktori ham mavjud.


Borland C++ — C/C++ dasturlash tillarida dastur tuzish uchun mo‘ljallangan muhit bo‘lib, Borland firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Muhitning har bir versiyasi ma’lum bir dasturlash tili standarti asosida ishlovchi kompilyator bilan integrallashgan holda chiqarilgan. Dastlab, DOS operatsion tizimi muhitida ishlovchi dasturlarni yaratish uchun, keyinchalik Windows muhitida ishlovchi dasturlarni yaratish uchun mo‘ljallangan versiyada ishlab chiqildi.
Microsoft Visual C++ — Albatta Microsoft firmasi ham bekor turmadi. Mana shu muhitni yaratdi. C++ dasturlash tili uchun mo‘ljallangan va Microsoft Visual Studio ni bir qismi sifatida yoki o‘zi yakka Visual C++ Express Edition shaklida namoyon bo‘ldi. Microsoft QuickC muhitini almashtirish vazifasini bajardi.
GNU Compiler Collection(GCC) – GNU proyekti asosida yaratilgan, xar hil turdagi dasturlash tillarining kompilyatorlar yig‘indisi hisoblanadi. Bu dastur ochiq hisoblanadi va dastlab faqat S uchun yaratilgan edi. Keyinchalik kuchayib C++, Objective-C, Java, Fortran va Ada dasturlash tillari uchun ham ishlab chiqildi.
Qolgan muhitlar :
MinGW Developer Studio
Ishlovchi operatsion tizimlar: Windows 95/98/NT/2000/XP/Vista/7
Ishlovchi kompilyatorlar: MinGW
Code::Blocks
Ishlovchi operatsion tizimlar: Linux/Mac OS X/Windows
Ishlovchi kompilyatorlar: GCC(MinGW)/Digital Mars C/C++/Microsoft Visual C++ 6/Microsoft Visual C++ Toolkit 2003/Microsoft Visual C++ 2005/2008/Borland C++ 5.5/Watcom/Intel C++ compiler
Eclipse C/C++ Development Tools
Ishlovchi operatsion tizimlar: AIX/FreeBSD/HP-UX/Linux/Mac OS X/OpenSolaris/Solaris/QNX/Windows
Ishlovchi kompilyatorlar: GNU GCC kompilyatorlari
NetBeans IDE
Ishlovchi operatsion tizimlar: FreeBSD/Linux/Mac OS X/OpenSolaris/Solaris/Windows
Ishlovchi kompilyatorlar: GNU GCC
Microsoft Visual Studio Express
Ishlovchi operatsion tizimlar: Windows XP SP3/Vista/Server 2003/Server 2008/7
Ishlovchi kompilyatorlar: MS Visual C++ 2008/2010
Qt Creator
Ishlovchi operatsion tizimlar: Linux/Mac OS X/Windows
Ishlovchi kompilyatorlar: GNU GCC

Kompilyatsiya- juda ko'p qirrali jarayon deb hech qiyinchiliksiz ayta olamiz. Kompilyatsiyaning bir necha turlari mavjud. To'plamlarni yig'ish ishning bir nuqtasida bir nechta manba modullarida amalga oshiriladi. Tizma-bosqich kompilyatsiyasi izohlash bilan bir xil (har bir keyingi bayonni bosqichma-bosqich mustaqil tuzish lozimligi). Hali hamon shartli kompilyatsiya mavjud. Bunday holda, tarjima qilingan matn dastlabki dasturda kompilyator ko'rsatmalarida ko'rsatilgan shartlarga bog'liq bo'ladi. Ma'lum bir doimiy qiymatni o'zgartirishimiz, dastur matni qismining tarjimasini kiritishimiz yoki o'chirishni sozlashimiz mumkin


Dasturchilar uchun dasturlashda qulay sharoit yaratish uchun turli xil yuzaga keladigan muammolarni hal qilish,ularni to'g'irlash uchun eng qulay va moslashtirilgan kompilyatorlardan foydalaniladi. Agar ular tasniflangan holda bo'lsa, unda bunday yordam dasturlarining bir nechta turlarini ajratishimiz mumkin.
Vektorli kompilyator - manba kodini vektor protsessorlariga moslab, kompyuterning kompyuter kodiga aylantiradiradigan kompilyator .

Download 0,56 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Download 0,56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IDE – kod yozish uchun ishchi muhitlar

Download 0,56 Mb.