|
Mavzu: Moslashuvchan interpretator
|
bet | 8/17 | Sana | 20.07.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #268028 |
Bog'liq 2-biletMavzu: Moslashuvchan interpretator
Reja:
Yuqori va quyi darajali dasturlash tillari
IDE – kod yozish uchun ishchi muhitlar.
Moslashuvchan kompilyator
Yuqori va quyi darajali dasturlash tillari
Dasturlash jarayonida dasturchi o‘z dasturini yaratish uchun xar hil turdagi kodlar yozadi. Kodlarnining qanday bo‘lishi qaysi dasturlash tilidan foydalanib, dastur tuzishga bog‘liq bo‘ladi. Dasturlash tillaridan C, C++, Java,… . Yozilgan kodlarni kompyuter tushunmaydi, kompyuter tushunishi uchun uchun bu kodlarni kompyuter tushunadigan tilga o‘zgartirish lozim. Mana shu vaziyatda yuqoridagi 2 ta termin kerak bo‘ladi(kompilyator yoki interpretator).
Kompyuter faqatgina raqamli kodlarni tushunadi, yaʼni 0 yoki 1. Bu 2 son orqali dastur tuzish juda qiyin hisoblanadi(manimcha bunday sonlar orqali dastur tuzuvchilar sanoqli bo‘lsa kerak). Shuning uchun, insonlar tushunadigan qilib dasturlash tillari yaratilgan. Ketma-ketlikni tushungandursiz, dasturchi dasturlash tillari orqali kodlar yozadi va bu kodlar kompyuter tushunadigan 0 va 1 sonlariga almashtiriladi va dastur kompyuterda ishlaydi, bu jarayonni kompilyator yoki interpretator amalga oshirib beradi.
Kompilyator — murakkab dasturdir, dasturlash tilida yozilgan barcha kodlarni birdaniga obʼektli kodga o‘zgartirib beradi. Obʼektli kodni yana ikkilik kod yoki mashina kodi deb ham atashadi. Keyinchalik bu obʼektli kod kompyuterda to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatilishi mumkin bo‘ladi. Dasturlash tillarida yozilgan kodlar bu obʼektli kodga taʼsir qilmaydi. Obʼektli kodni o‘zgartirish uchun esa, qaytadan kompilyasiya qilinib obʼektli kod o‘zgartiriladi. Natija bajariladigan, .yexe ko‘rinishidagi fayl bo‘ladi. Bu faylni bloknotda ochib o‘zgartirib bo‘lmaydi, yaʼni bu fayl tayyor dastur hisoblanadi. Kompilyatorning kamchiligi sifatida, dasturlash tilidagi maʼlum bir qatorlani alohida tekshirish imkoniyati yo‘qligidir, uning uchun obʼektli kod yaratib, uni ishga tushurish lozim bo‘ladi, ortiqcha ish bo‘lib qoladi. Undan tashqari baʼzi kompilyatorlar bir dasturlash tilidan, ikkinchisiga ham o‘zgartirib berishi mumkin. Kompilyator ishlatadigan dasturlash tillariga C, C++, Delphi larni misol qilib keltirish mumkin.
Interpretator — ham dastur ham jihoz ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bu ham kompyuter tiliga o‘zgartirib berish vazifasini bajaradi, faqatgina ishlash texnologiyasi boshqacharoqdir. Interpretator, dasturlash tilida yozilgan kodlarni ketma — ket o‘qib, mashina tiliga o‘zgartirib boradi. Xatolik paydo bo‘lsa, o‘sha zahoti dasturchiga maʼlum qiladi. Bu ketma — ketlikda o‘zgartirish, kompilyatorga nisbatan sekinroq amalga oshiriladi(baʼzi holllarda kompilyatorga qaraganda 50 barobar sekin). Dastur natijasini ko‘rish uchun, har safar kodlarni interpretatordan o‘tkazish kerak bo‘ladi(kompilyatorga o‘xshab bir marotaba obʼekt kod yaratib qo‘yib, keyin har doim ishlatishning iloji yo‘q). Bundan ko‘rinib turibdiki, interpretator asosan saytlar, umumiy holda veb dasturlashda ishlatiladi. Biror saytning yuklanishi jarayoni uzunligi, interpretatorda o‘zgartirish amalga oshirilishi bilan tushuntirilishi mumkin. Interpretator ishlatadigan dasturlash tillariga PHP, JavaScript, JScript, Basic,… misol bo‘la oladi.
Bu ikki termin umumiy holda translyator deyiladi, yaʼni o‘zgartirgichlardir. Biror proyektlar qilganda bu 2 o‘zgartirgichlar birgalikda ham ishlatilishi mumkin.
|
| |