|
mavzu Amaliy dasturlash tizimlari Reja: Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari C++ dasturlash tili tahlili
|
bet | 7/17 | Sana | 20.07.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #268028 |
Bog'liq 2-biletAtomlar va Xotira Qurilmalari
Ushbu kvant kompyuterlardagi supero‘tkazuvchilar sifatida qoʻllangan alyuminiy va niobiy birvarakayiga ikkala qiymatni egallay olishi uchun ularning harorati absolyut nolga yaqinlashtiriladi. Klassik kompyuterlar o‘z dasturlari asosida, barcha vazifalarini a’lo darajada bajarib borishmoqda, lekin kvant kompyuterlari murakkab hisoblarda juda qo‘l keladi. Hozirda 30 ta elektroni bo‘lgan tizim uchun Shryodinger tenglamasini klassik kompyuterlarda echish mumkin bo‘lmay turibdi. 100 ta elektroni bor bo‘lgan tizim 30 ta elektroni bor tizimdan 1050 marotaba murakkabroqdir. Bu degani klassik kompyuterlar bunday masalalar oldida boshi berk ko‘chaga kirib qolgandek bo‘ladi. Yetarlicha kubitlari bo‘lgan kvant kompyuterlari uchun esa bu masalalarni echish ikkini ikkiga ko‘paytirishdek engil kechadi.
Kubitlarni hosil qilish uchun ionlarni yoki elektronlarni magnit tutuvchilariga ilintirib olish va lazer nurlari ta’siri ostida ularning holatini o‘zgartira bilish kerak bo‘ladi. Kanadaliklar ushbu ishni elektronlar yordamida hal qilishdi. Elektronlardan kubitlar hosil qilish uchun elektronlarning katta guruhi bir paytning o‘zida bir xil holatda bo‘lishi talab etiladi. Lekin elektronlar fermion bo‘lishgani uchun ularga bunday “kelishilgan holatda bo‘lish” kvant mexanikasi prinsiiiga ko‘ra man etiladi. Lekin o‘ta o‘tkazuvchan o‘tkazgichlarda tamoman boshqacha manzara. U erda elektronlar Kuper juftliklari bozonlarni bemalol hosil qila oladi. Bu degani, o‘ta o‘tkazgichlardagi bozon holatida bo‘lgan elektronlarning Kuper juftliklari ajoyib kubitlar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham kanadaliklar oʻz kubitlarini oʻta past haroratlarda (- 273,145°S) oʻta oʻtkazgich boʻladigan alyuminiy va niobiylardan yaratishgan. Ushbu kubitlarga ma’lum dastur asosida uzgaruvchi magnit maydoni orqali ta’sir qilinib, ularning hapakatlari boshqarilishi mumkin. Kanadalik olimlar 2008 yilning oxirigacha 1024 kubitli kvant komiyuterini ishga tushirishni rejalashtirishgan edi. Olimlarning erishgan yutugi raqamli kompyuter davrining tugashi emas, balki Kvant kompyuterlari davrining boshlanishidir, degan qarashlar bor. Lekin hozircha olimlarning ushbu kvant kompyuterini yasagani xaqidagi xabarlarga jahon fiziklari bir oz ishonchsizlik bilan qarab turishibdi.
Amerikaning Pensilvaniya shtata universiteta olimlari yilning iyun oyida 250 ta alohida seziy atomlarini ushlab turishi mumkin bo‘lgan uch o‘lchamli optik panjarani yasashdi. Optik panjarani bir-biriga perpendikulyar yunaltirilgan uchta lazer nuri hosil qiladi. Guyoki har bir atom lazer nurlari yasagan alohida yacheykalarga tushib qolgandek bo‘ladi. Har bir atom holatini boshqa yacheykalardagi atomlarga bog‘lik bo‘lmagan holda belgilash va o‘zgartirish mumkin. Olimlar panjaraning alohida qatlamlarini suratga olish imkoniga ega bo‘lishgan. Olimlarning endigi qadami kuchli lazer bilan alohdda atomlarni “Chalkash” holatga o‘tkazishdir. “Chalkash” holatdagi har bir atom kubitga aylangan bo‘lar edi. Agar olimlar ushbu maqsadlarining uddasidan chiqa olishsa, hajmi 250 kubit bo‘lgan kvant kompyuteriga ega bo‘lishadi. Bu insoniyat oldiga qo‘ygan maqsad sari juda ham ulkan qadam bo‘lar edi.
Inson miyasida “epifiz” yoki “shishsifat jism” deb atalgan kichkinagina a’zo bor. Buni “uchinchi ko‘z”, deb ataguvchilar ham topiladi. Uning o‘lchamlari uzunasiga 6 mm va diametri 4 mm atrofida bo‘lib, shakli konussimondir. Epifizning qanday vazifa bajarishi shu paytgacha noma’lumligicha qolib kelmoqda. Uning tarkibida juda ham mayda “qumlar” borligi aniqdangan, lekin bu “qumlar” nima vazifa bajarishi aniq emas. Okulistlar ushbu a’zo insonning ruhiy holatini boshqarib turishini bilishadi. Unda nurning ikkilanib sinish hodisasi kuzatilgan. Ayni choqda olimlarda epifiz inson miyasida joylashgan, hozirda kvant kompyuterlari zimmasiga yuklanayotgan vazifalarni bir qadar to‘kis bajaradigan a’zo, degan qarashlar ham paydo bo‘lgan.
|
| |