|
Birinchi yuqori darajali dasturlash tillari: Cobol ва Fortran
|
bet | 3/17 | Sana | 20.07.2024 | Hajmi | 0,56 Mb. | | #268028 |
Bog'liq 2-biletBirinchi yuqori darajali dasturlash tillari: Cobol ва Fortran.
O`tgan asrning 50-yillarida Greys Xopper boshchiligida yangi dasturlash tili va kompilyatori V-O ni ishlab chiqishga kirishildi. Yangi til dasturlashni ingliz tiliga yaqin tilda yuajarish imkonini berdi. 30 ga yaqin inglizcha so`zlar tanlandi.
1958 yilda V-O sistemasi Flow-Matic nomini va tijoriy ma`lumot-larni qayta ishlashga yo`naltirildi. 1959 yilda COBOL (Common Business Oriented Language – umumiy tijoratga yo`naltirilgan til ) tili io`lab chiqildi. Bu til mashinadan mustaqillikka ega bo`lgan yuqori darajali biznesga yo`naltirilgan dasturlash tilidir. Mashinadan mustaqillikka ega bo`lgan dasturlash tillarida yozilgan dasturlar istalgan turdagi EHM da maxsus kompilyatorlar vositasida bajarilaveradi. COBOL tilini yaratishda ham Greys Xopper maslahatchi bo`lgan.
1954 yilda FORTRAN (FORmula TRANslation) tili yaratilayotgani haqidagi xabar chop etildi. Bu dastur IBM kompaniyasining Nyu Yorkdagi shtab kvartirasida yaratildi. Uni a tuzuvchilardan biri Jon Bekus bo`ldi. U BNF(NFB - normalnaya forma Bekusa – Bekusning normal formasi ) muallifi bo`lib, bu forma ko`plab dasturlash tillarining sintaksisini izohlashda qo`llaniladi.
Bu vaqtda Yevropa davlatlarida mashhur til ALGOL edi. Xuddi Fortran kabi u ham matematik topshiriqlarga yo`naltirilgan edi. Unda o`sha davrning ilg`or texnologiyasi – tarkibli dasturlash amalda qo`llangan.
Ko`plab dasturlash tillari o`tgan asrning 60-70-yillarida paydo bo`ldi. Uzoq vaqt yashagan tillar sirasiga BASIC tilini kiritish mumkin. Bu dasturlash tili 1964 yilda Jon Kemeni va Tomas Kurs boshchiligida Dartmut universitetida ishlab chiqildi. Mualliflarining fikriga ko`ra bu til sodda, o`rganishga oson va murakkab bo`lmagan hisoblashlarni bajarishga mo`ljallangan. BASIC ko`proq mikro EHM va shaxsiy kompyuterlarda keng tarqaldi. Dastlab bu til tarkib(struktura)li bo`lgani uchun sifatli dasturlashni o`rganishga qiyin bo`ldi. 1985 yilda uning True BASIC ishlab chiqildi. Bu dasturni tuzganlarni fikriga ko`ra bu til PASCAL ko`ra mukammalroqdir. 1991 yilda Visual BASIC ning birinchi versiyasi paydo bo`ldi.
|
| |