• Mavzuning maqsadi
  • Adabiyotlar.
  • Mavzu: amaliyotchi psixologning faoliyat sohalar




    Download 47.5 Kb.
    Sana05.09.2023
    Hajmi47.5 Kb.
    #80318
    Bog'liq
    3 AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING FAOLIYAT SOHALAR
    4- лоборатория, ASLIDIN 3, Prezident stipendiatlari 2022, 1-mavzu. Axborot – kommunikatsion texnologiyalarining tushunchas, Презентация1.pptx Tarbiya Metodlarining, maths-weekly-planner, Yarmatov Suvon Totlibayevich 264-269, 1-amaliy, 4-Amaliy mashg\'ulot Aksiz solig\'i. Qo\'shilgan qiymat solig\'i, BIOFIZIKA fizikadan laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko\'rsatma, Bo\'riyev Ubaydulla, 4-chorak yakuniy o`qish, Кредит-модуль тизими, Крнференция Париж Замбуруглар, Mikrokredit bank Qumqurg\'on

    MAVZU: AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING FAOLIYAT SOHALAR


    REJA:

    1. Maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar.

    2. Oilaga psixologik yordam va ota-onalar guruhlari bilan ishlash.

    3. Oilalar bilan psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarning o’ziga xosligi.

    4. Ota-ona va o’qituvchilarning muloqot uslubini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar.



    Mavzuning maqsadi: Ma’ruzada maktab psixologining faoliyat sohalari yuzasidan tushunchalar berilgan. Psixologning Xalq ta’limi bo’g’inida psixologik xizmatning asosiy muammolari, psixologning oilalar bilan olib boradigan ishlari ham asosli yoritilgan.


    Tayancha tushunchalar: psixologik maslahat, o’smirlik psixologiya, shaxslararo muloqot, psixologik bilim.


    Mavzu yuzasidan savollar.

    1. Xalq ta’limi bo’g’inida psixologik xizmatning asosiy muammolari nimalardan iborat?

    2. Psixologning oilalar bilan olib boradigan ishlarini nimalar tashkil etadi?

    Adabiyotlar.
    1.Karimova V. M. «Psixologiya» T.Sharq 2002y.
    2.G‘oziyev E. G‘. «Umumiy psixologiya» 1-2 tom. Toshkent-2002y.
    3.Ivanov P.I., Zufarova M. «Umumiy psixologiya» T.: O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2008 yil
    4.Xaydarov F.I., Xalilova N.I. «Umumiy psixologiya» T.: Fan va texnologiyalar 2010 yil

    Maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan olib boriladigan ishlar. Psixolog maslahat berish jarayonida ota-onalar bilan bir necha marta aloqada bo’ladi: birinchi marta uchrashganda qisqa suhbat tarzda, bolaning rivojlanishi tarixi bo’yicha butun tafsilotlari bilan batafsil suhbatlashilganda va oxirgi marta tekshiruv natijalari bo’yicha yakunlovchi suhbatda. Bu uchrashuvlarning har biri umumiy va maxsus vazifalarga ega bo’lib, ularni o’tkazishning o’z xususiyatlari mavjud. Psixologning ota-onalar bilan, bolaning qarindoshlari, o’qituvchilari, tarbiyachilari va yaqin kishilari bilan olib boriladigan ishlarni ham o’ziga xos xususiyatga egadir. Psixolog-maslahatchiga bola tarbiyasi bo’yicha murojaat qilgan shaxslar bilan o’zaro munosabatning ba’zi umumiy tomonlariga to’xtalib o’tamiz.


    Maslahat berishda muvaffaqiyatning dastlabki majburiy sharti tekshirilayotgan bolaning ota-onasi (yoki o’qituvchilari) bilan psixolog ishonchli va ochiqchasiga munosabatni yarata olish kerak. Ishonchli munosabatda aslida maslahat bilan murojaat qilgan kishilarning bolaga nisbatan xavotirlanishlarini tan olish va hurmat qilish yotadi. Maslahatchining ota-onalarga bolaning qiyinchiliklarini yo’qotishga chin dildan qiziquvchi sifatida, uni tushunuvchi va chuqur biluvchi shaxs sifatida munosabatda bo’lishi ular bilan ishonchli aloqa o’rnatishda juda ham yordam beradi. Bunday munosabat ota- onalarning harakatlarini to’g’ridan-to’g’ri yoki kinoya bilan tanqid qilish, ularning pedagogik chuqur bilimga egaligi haqida shubhalanishga qarama-qarshidir. Teskari aloqaning bu kabi barcha zarur turlari tekshiruv unda ham maxsus shaklda foydalanishni talab qiladi. Dastlabki uchrashuvda harakatini qo’llab-quvvatlamaslik haqidagi har qanday luqma ham, ularda kuchli himoya reaksiyalarini vujudga keltiradi va muammoni hap tomonlama ochiqchasiga muhokama qiladigan yo’llarni yopib qo’yadi.
    Shu bilan birga ota-onalar bilan birinchi va ikkinchi uchrashuvlarda maslahat berishning maqsad, vazifalarini tushuntirishga e’tibor berish zarur. Shuni hisobga olish zarurki, respublikamiz sharoitida, psixologik xizmat endigina tashkil topayapti va aholining amalda psixologik yordam olish tajribasi yo’q, ko’pchilik ota-onalarda psixologik xizmat haqida noto’g’ri tasavvurlar paydo bo’lgan (maslahat berish jarayonining murakkabligi va ko’p vaqtni olganligi uchun noto’g’ri baholash, tayyor tashxis (diagnoz) olishga ehtiyoj va boshqalar). Shuning uchun ota-onalar bilan dastlabki uchrashuvlardagi muhim vazifalardan biri bola muammolarini birgalikda va har tomonlama tahlil qilishga tayyorlikni (ustanovkani) shakllantirish, tekshiruvning maqsadlarini, maslahat berish ishining vazifalarini tushuntirishdan iborat. Bolaga boshqa mutaxassislarga maslahat uchun yo’llanma berish ham maxsus tushuntirishni talab qiladi. Maslahat berish ishining har bir bosqichida psixolog muammoni har tomonlama qarab chiqishi va o’zining qiziqarli munosabati balan ota-onalarni og’ir hissiyotlardan ozod qilishga intilishi, muammoning ijobiy tomonlariga e’tiborni qaratishi, uni hal qilish yo’llarini faol izlashi zarur.
    Ota-onalar tuzatish dasturini o’tkazish jarayonida uchraydigan to’siqlar, qiyinchiliklar, asoratlar haqida ogohlantirilishi lozim. Ularda qiyinchiliklarni hal qilishning oson yo’li haqida tasavvur paydo qilmasligi kerak, chunki bunday tasavvur psixologik yordam imkoniyatlaridan barvaqt ko’ngil sovishiga olib keladi.
    Psixolog ota-onalarni (o’qituvchilarni) tekshiruv natijalari tez tayyor bo’lmasligi haqida ogohlantirishi lozim. Istalgan natijaga erishishda, psixolog o’ylaganday bo’lib chiqishiga ishontirmasligi ham mumkin, ba’zan birovlarning umidi puchga chiqishi ham mumkin. Zaruriyat tug’ilganda ota-onalarga yoki o’qituvchilarga qayta maslahatlar berish psixologning vazifasiga kiradi. Ko’pincha uzoq psixoterapevtik ishlar va ko’p martalab uchrashuvlar amalda qo’llaniladi.
    Psixolog hodisani har tomonlama o’rganish natijalari haqida o’tkaziladigan suhbat bir necha maqsadni ko’zlaydi:
    1) bola psixik taraqqiyotining umumiy holati haqida to’liq muhokama, aniqlangan qiyinchiliklarning sababi, darajasi, xarakteri haqida shartli oldindan aytib berish;
    2) ko’rsatiladigan yordamning aniq sistemasini yoki maxsus tuzatish dasturini birgalikda ishlab chiqarish;
    3) ota-ona muammolarini, ularning bola qiyinchiliklariga munosabatini muhokama qilish;
    4) keyingi uchrashuvlarni (zaruriyat tug’ilsa) rejalashtirish.
    Qator amerikalik olimlar ota-onalar bilan maslahatchining so’nggi suhbatida 4 asosiy bosqichni ko’rsatadilar va ularni o’tkazish bo’yicha quyidagicha tavsiflar beriladi. Bir vaqtning o’zida ham ikkala ota-ona bilan suhbat o’tkazish maqsadga muvofiq, chunki bu bola hayoti haqida har tomonlama va to’g’ri ma’lumot olishga yordam beradi, bundan tashqari ota-onalarga bola taqdiri uchun umumiy javobgarlikni his qilish imkonini beradi.
    Suhbat boshida bola muammosini, ularni qiziqtiruvchi masalalarni erkin, ochiqchasiga muhokama qilishga undash zarur. Bola qiyinchiliklarining sabablari, ularni hal ish vositalari, qanday yordam ko’rsatish, bola oldiga qanday maqsad qo’yish mumkinligi, kelajakda nima bilan shug’ullanishi mumkinligi haqida ularning fikrlarini, tasavvurlarini ham aniqlash muhim. Suhbatning ikkinchi bosqichida psixologik tekshiruv natijalari bilan tanishtiriladi. Aniq, olingan malumotlar bola qiyinchiliklarining xarakteri va darajasi haqidagi noto’g’ri tasavvurlarni yengib chiqishga yordam beradi. Bola qiyinchiliklari haqida to’g’ri tasavvur hosil qilishga intilish lozim. Shundan so’ng (uchinchi bosqich) harakatlarning maxsus dasturi muhokama qilinadi. Suhbat so’ngida ota-onalarning bola muammolariga munosabati muhokama qilinadi va keyingi uchrashuvlar rejalashtiriladi. Suhbat jarayonida ularga nisbatan hurmat, tushunish, iliq munosabatda bo’lishi muhim. Suhbatning mahsuldorligi, ota-onalarning maslahatchidan olgan tavsiya va ma’lumotlari asosida harakat qilishlari bilan baholanadi. Tajribalarning ko’rsatishicha, ota-onalarning u yoki bu aniq tarbiyaviy harakatlarni psixolog-maslahatchi tomonidan ijobiy baholash ularning o’z kuchlariga ishonchini oshiradi. Suhbatgacha ota-onalarda paydo bo’lgan noto’g’ri tasavvurlarni o’zgartirishga bir suhbatning o’zi yetarli emas. Buning uchun bir necha uchrashuvlar talab qilinadi. G’arb davlatlarining psixologlari aniq vaziyatlarni, o’zaro munosabatlarni muhokama qilishi uchun mijozlarning uylariga borib maslahat beradilar. Shu bilan birga ota-onalar bilan mashg’ulotlarning har xil guruhiy turlari ko’proq qo’llaniladi.
    U yoki bu kamchiliklari bor bola, bolaligicha qolishini, uning yoshidagi barcha bolalar singari ehtiyojlarga egaligini ota-onalarga tushuntirish juda muhimdir. Bu yerda noto’g’ri tarbiyaning turli shakllari juda zararlidir. Bu bilan bog’liq ravishda maslahat berish amaliyotida har bir muammo bo’yicha taraqqiyot jarayoni yosh davriga mosligi, uning yetakchi faoliyati va boshqalar haqidagi masalani muhokama qilish zarur. Mavjud qiyinchiliklarni yengishga qaratilgan faollik bolaning ehtiyojlari va qiziqishlarini man qilish hisobiga amalga oshirilmasligi kerak. Ota-onalarga bunday holatni tushuntirish, bola uchun og’ir oqibatlarga olib keladigan keng tarqalgan pedagogik xatolarning oldini olish imkonini beradi. (Masalan, kichik maktab o’quvchisi yoki o’smirni tengdoshlari bilan o’ynatmasdan, faqat o’qish bilan shug’ullanishga majburlash).
    Psixolog maslahat berish jarayonida muammoni faqat mulohazaga asoslanib tahlil qilish bilan chegaralanmasligi kerak. Bolaning yaqinlaridan, uning uchun qo’rqish, xavotirlanish hissini yo’qotish va bir vaqtdan bola ehtiyojlariga sezgirlikni kuchaytirish, uning qiyinchiliklarini chuqur tushuntirish psixologning asosiy vazifasi hisoblanadi. Psixolog ota-onalarda xavotirlanish, aybdorlik, ruhiy siqilish hislari mavjudligini sezgirlik bilan payqash va bu hissiyotlarni ifodalashga ularga imkon berishi lozim.
    Aybdorlik hissini yo’qotishga qiyinchiliklarni tahlil qilish yo’li bilan yordam berish eng yaxshi yo’l hisoblanadi. Kasallikning vujudga kelishidan aybdor bo’lmasalarda, kasal bolalarning ota-onalarida yashirin aybdorlik hissi mavjudligini nazarda tutish kerak. Iliq, ochiqchasiga suhbatlasha olmaydigan psixoterapevtlargina emas, maslahatchi-psixologlar ham bemorlarning holatini yomonlashtirishi mumkin. (Bu faqat bolalarga emas, ularga g’amxo’rlik qiluvchi kattalarga ham tegishlidir).
    Har qanday psixoterapevtik suhbat ham, maslahatchining ota-onalari bilan suhbat ham bola shaxsini, uning muammolarini har tomonlama, chuqur va to’g’ri tushunishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. Bu bilan bog’liq ravishda ota-onalar bilan ishlashda quyidagi tavsiyalar bildiriladi: bolani tekshirish chog’ida olingan aniq natijalarni chuqur muhokama qilish- bu ko’pincha maslahatchi xulosalariga katta ishonch tug’diradi; ota-onalar aniq, tushunarli tilda yozilgan psixologik xulosani qo’llariga olishlari kerak, yoki xulosa va tavsiyalarni o’zlari yozib olishlari mumkin, chunki bu maslahat natijalarini o’ylashga, xulosalardan kelib chiqib, aniq choralar izlashga, ularning to’g’riligini bolaning keyingi xulq-atvorida tekshirishga imkon beradi.
    Download 47.5 Kb.




    Download 47.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: amaliyotchi psixologning faoliyat sohalar

    Download 47.5 Kb.