• 2-topshiriqlar
  • Mavzu: Antivirus dasturiy vositalar, Kompyuter viruslarining xarakteristikalari




    Download 29.33 Kb.
    Sana23.03.2023
    Hajmi29.33 Kb.
    #46394
    Bog'liq
    malumot almash, Mustaqil ish

    15 - amaliy mashg’ulot.

    Mavzu: Antivirus dasturiy vositalar, Kompyuter viruslarining xarakteristikalari.


    Ishning maqsadi: Antivirus dasturiy vositalar, Kompyuter viruslarining xarakteristikalari. mavzusi bo’yicha amaliy ko’nikmalarni egallash.


    Kerakli jihozlar: Kompyuter. Proektor.Mavzu bo’yicha dasturiy ta’minotlar.


    Nazariy qism.


    Viruslardan himoyalanishda axborotni himoya qilishning umumiy vositalaridan foydalanish kifoya qilmaydi. Buning uchun maxsus dasturlardan foydalanish zarur bo'ladi. Bu dasturlarni bir necha turga ajratish mumkin: detektorlar, vaksinalar (immunizatorlar), doktorlar, revizorlar (fayl va disklarning tizimli sohalaridagi o'zgarishlarni nazorat qiluvchi dastur­lar), doktor revizorlar va filtrlar (virusdan himoyalanish uchun mo'ljallangan rezident dasturlar). Ularning xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.
    Revizor dasturlar — dastlab dastur va diskning tizimli sohasi haqidagi ma'lumotlarni xotiraga oladi, so'ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga ma'lum qiladi. Masalan, CRCLIST va CRCTEST dasturlar.
    Doktor revizorlar— revizor va doktorning aralashmasi, boshqacha aytganda, fayl va diskning tizimli sohasidagi o'zgarishlarni nafaqat aniqlaydigan, balki o'zgargan holda ularni dastlabki holatga qaytarishi mumkin bo'lgan dasturlardir.
    Filtr dasturlar yoki rezident dasturlar kompyuterning tezkor xotirasida rezidentday joylanadi va viruslar tomonidan zararni ko'paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion tizimga qilinayotgan murojaatlarni ushlab qolib, ular haqida foydalanuvchi­ga ma'lum qiladi. Foydalanuvchi ushbu amalni bajarish yoki bajarmaslikka ko'rsatma beradi. Masalan, Flushot Plus va Antirus dasturlari.
    Virusga qarshi dasturlar quvvatiga qarab bir necha turga bo'linadi. Quyida eng ko'p tarqalgan virusga qarshi DSAV 2.0 («Dialog-nauka A.B.») kompleksi bilan tanishamiz. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
    AIDSTEST — viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun mo'ljallangan virusga qarshi ko'p qirrali dastur (har haftada yangilanib turadi).
    Doctor WEB (Dr Web) -- yangidan yaratilgan, ma'lum va noma'lum viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun ishlatiladigan virusga qarshi dastur. U arxivlangan va vaksiyalangan fayllarda ham viruslarni aniqlay oladi (har oyda o'rtacha 2 marta yangilanadi).
    ADINF — diskdagi barcha o'zgarishlarni nazorat qiluvchi, disklarning virusga qarshi revizor dasturi (bir yilda bir necha marta yangilanadi). Diskdagi barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Diskning tizimli sohasini va fayllar holatini eslab qoladi va qayta yuklashda diskdagi o'zgarishlarni aniqlaydi, agar biror xavfli o'zgarishlar aniqlansa, foydalanuvchiga bu haqda xabar beradi.
    ADINF CURE MODVLE - - ADINF disklar revizoridagi davolash moduli bo'lib, revizor tomonidan zararlanganligi aniqlangan fayllarni avtomatik holatda tiklaydi (yiliga bir necha marta yangilanadi).
    SHERIF -- qattiq diskdagi operatsion tizim, dasturlar va ma'lumotlar faylini 100% kafolat bilan himoyalovchi resident dastur.
    Bu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi (ularni Windows muhitiga moslash ham mumkin).
    Amalda yuqoridagilarning bittasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Biror dasturni o'rnatib, uni doimiy ravishda yangilab borilsa, foydaliroq bocladi.
    Kompyuterlarga virus yuqqanda (yoki yuqqanlik haqida gumon bo'lsa) quyidagi qoidalarni esda tutish va qo'llash lozim:
    Dastlab, qarshi kurash qarorlarini qabul qilishga shoshmaslik kerak. O'ylamasdan qilingan harakatlar tiklash mumkin bo'lgan fayllarning bir qismini yo'qotishgina emas, balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga olib kelishi mumkin.
    Virus o'zining buzg'unchiligini davom ettirmasligi uchun kompyuterni o'chirish lozim.
    Kompyuter kasallanishi va davolash ko'rinishini aniqlashga mo'ljallangan barcha amallarni yozishdan himoyalangan operatsion tizimli disk bilan kompyuterni ishga tushirish orqaligina bajarish mumkin.

    Amaliy qism.


    Topshiriqlar.
    Siz ishlayotgan kompyuterga qanday antivirus dasturi o’rnatilganligini aniqlang.
    2. Antivirus dasturining boshqaruv darchasini oching. (“Pusk” bosh menyusi yoki masalalar paneli ko’rsatkichlari orqali);
    3. Antivirus dasturi haqida umumiy ma’lumotlar va o’rnatmalari bilan tanishib chiqing;
    4. Antivirus dasturining ishlash rejimini tanlang.
    5. Tekshirish maqsadida mantiqiy C: diskni tanlang;
    6. Tekshiriluvchi ob’ektlar va harakatlar ko’rsatilsin;
    7. Tozalash yoki tekshirish buyrug’i berilsin;
    8. Vazifaning bajarilishini nazorat qiling;
    9. Disk virusdan tozalangach bu rejimdan chiqing.
    10. Fayl boshqaruvchisi (Provodnik) yoki Total Commander dasturi yordamida biror disk, papka va fayllarni antivirus dasturi nazoratidan o’tkazing;
    11. Fayl boshqaruvchisini (Provodnik) ishga tushiring;
    12. Biror papka yoki faylni tanlang va sichqoncha o’ng tugmasi orqali kontekst (suzuvchi) menyusini oching;
    13. Kontekst (suzuvchi) menyusidan antivirus dasturini ishga tushiring;
    14. Vazifaning bajarilishini nazorat qiling.


    2-topshiriqlar:



                1. Kompyuter virusi nima?

    1. Viruslarning fazasi va turini sanang va izoh bering?

    2. Antiviruslar (yoki antivirus dasturi) nima?

    3. Qanday antivirus dasturlarini bilasiz?

    Download 29.33 Kb.




    Download 29.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Antivirus dasturiy vositalar, Kompyuter viruslarining xarakteristikalari

    Download 29.33 Kb.