Mavzu: Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish




Download 393.52 Kb.
bet1/2
Sana23.12.2023
Hajmi393.52 Kb.
#127582
  1   2
Bog'liq
5-amaliy
2 modellashtirish, Оз бетинше жумыслар темасы (3), savollar varaqasi nomeri, Guruh talabasi Narmatov Rustamning Elektronika va sxemalar fanid, Mustaqil talim boshlangich, Elektrodvigatellar (Diplom ishi), Do\'smurodova ma\'lumotnoma 111111, Uralova Feruza ma\'lumotnoma, To\'layeva Marjona ma\'lumotnoma dehqonobod, Poyonova Shaxnoza ma\'lumotnoma, Tilshunoslik nazariyasi oquv Qollanma (1), Reja R. Batning hayot yo’li-fayllar.org, Ma\'lumotlarning intellektual tahlili mustaqil ish, 1-chi va 2-chi tartartibli chekli ayirmali tenglamalar (A.Sharifov)

Mavzu: Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish
Mikroprotsessorlar ishlash faoliyati va imkoniyatlari
Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK) ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprocessor ulanadi).
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar - turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq).
Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan,u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.

Interfeys (interface) - kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plami bo’lib,ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.
Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash texnikaviyurasi bo’lib, mikroprotsessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.
Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash tezligini aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.
Tizimli shina — kompyuterning asosiy interfeysli tizimi bo’lib, u kompyuterning barcha qurilmalari orasidagi o’zaro ulanishni va aloqani ta’minlaydi.
Tizimli shina quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • qiymatlarning kodli shinasi (AQSH), u operand sonli kodining (mashina so’zi) hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulash sxemalarini o’z ichiga oladi;

    • adresning kodli shinasi (AQSH), u asosiy xotira yacheykalarining va tashqi qurilma kiritish - chiqarish portlarining adreslari kodining hamma razryadlarini parallel uzatish uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;

    • ko’rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), u mashinaning hamma bloklariga ko’rsatmalarni (boshqaruvchi signallarni, impulslarni) uzatish uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi;

    • ta’minot (tok) shinasi, u energota’minot tizimiga SHK ning bloklarini ulash uchun simlar va ulanish sxemalarini o’z ichiga oladi.

Asosiy xotira (AX) ma’lumotlarni saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan ma’lumotlarni almashish uchun mo’ljallangan. AX ikki xil eslab qoluvchi qurilmani o’z ichiga oladi: doimiy eslab qoluvchn qurilma (DEQQ) va tezkor eslab qoluvchi qurilma (TEQQ).
DEQQ, (ROM - Read Only Memory) O’zgarmaydigan (doimiy) dasturli va ma’lumotnoma axborotlarini saqlash uchun mo’ljallangan; O’zida saqlanayotgan ma’lumotni faqat tezkor o’qish imkonini beradi (DEQQdagi axborotni o’zgartirish mumkin emas).
TEQQ (RAM - Random Access Memory) SHK joriy vaqt oralig’ida bajarayotgan, bevosita axborot-hisoblash jarayonida qatnashayotgan ma’lumotlarni (dasturlar va ma’lumotlarni) tez yozish, saqlash va o’qish uchun mo’ljallangan.
Tashqi xotira SHK ning tashqi qurilmasi bo’lib, bu qachondir masalani echish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotirada kompyuterning butun dasturiy ta’minoti saqlanadi. Tashqi xotira turli xil eslab qolish qurilmalarini o’z ichiga oladi, lekin ulardan eng ko’p tarqalgani, deyarli istalgan kompyuterda mavjud bo’lgan va strukturali sxemada ko’rsatilgan qattiq (QMDY) vaegiluvchan (EMDY) magnit disklardagi yig’uvchilardir.

Download 393.52 Kb.
  1   2




Download 393.52 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanishish

Download 393.52 Kb.