|
Mavzu: Asfaltbeton qorishmasi tarkibini tanlash va hisoblash 1-qism Asfaltbeton xossalarini aniqlash Asfaltbeton
|
bet | 2/7 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #109330 |
Bog'liq 4-laboratoriya ishi (3-kurs Sirtqi)- yirik donali, eng kata o‘lchamli zarrachasi – 40 mm gacha;
- mayda donali, eng kata o‘lchamli zarrachasi – 20 mm gacha;
- qumli, eng kata o‘lchamli zarrachasi – 10 mm gacha.
3. Asfaltbetonlar qoldiq g‘ovaklik kattaligi bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi:
- yuqori zichlikdagi, qoldiq g‘ovakligi – 1,0 % dan 2,5 % gacha;
- zich, qoldiq g‘ovakligi – 2,5 % dan 5,0 % gacha;
- g‘ovak, qoldiq g‘ovakligi – 5,0 % dan 10,0 % gacha;
- yuqori g‘ovaklikdagi, qoldiq g‘ovakligi – 10,0 % dan yuqori.
4. Chaqiqtosh va shag‘alli issiq qorishmalar va zich asfaltbetonlar tarkibidagi chaqiqtosh (shag‘al) miqdoriga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
- A tur, chaqiqtosh (shag‘al) miqdori – 50 % dan 60 % gacha;
- B tur, chaqiqtosh (shag‘al) miqdori – 40 % dan 50 % gacha;
- V tur, chaqiqtosh (shag‘al) miqdori – 30 % dan 40 % gacha.
Asfaltbeton qorishmasi tarkibini tanlash va hisoblash (2-qism, mineral qism tarkibini hisoblash)
Asfaltbeton mineral qismining donadorlik tarkibini aniqlash
1. Berilgan turdagi asfaltbeton qorishmasi mineral qismining donadorlik tarkibi GOST 9128 (4, 5-jadvallar) talablariga muvofiq bo‘lishi zarur.
2. Mavjud materiallardan (chaqiqtosh yoki shag‘al, qum va mineral kukun) mineral qism tarkibini tanlash 5 mm dan katta bo‘lgan (chaqiqtosh yoki shag‘al donalari) va 0,071 mm dan kichik bo‘lgan (maydalangan mineral kukun zarrachalari) fraksiyalar miqdoriga me’yoriy chegaralarni o‘rnatishdan boshlanadi.
Masalan, mayda donali B tur qorishma uchun 5 mm dan katta bo‘lgan fraksiyalar me’yoriy chegara 40–50 %, 0,071 mm dan kichik bo‘lgan fraksiyalar uchun esa 6–12 % ni tashkil qiladi (5-jadvalga qarang).
3. Har doim mavjud chaqiqtosh (shag‘al) tarkibida 5 mm dan katta va kichik zarrachalar, mineral kukun tarkibida esa 0,071 mm dan katta va kichik zarrachalar bo‘ladi. Shu sababdan chaqiqtosh (shag‘al) tarkibidagi 5 mm dan katta zarralar va mineral kukun tarkibidagi 0,071 mm dan kichik zarralarning haqiqiy miqdori 100 % dan kam bo‘ladi.
4.3-bandda bayon etilganlarni hisobga olib chaqiqtosh (shag‘al) va mineral kukun miqdori uchun me’yoriy chegaralarni hisoblash zarur.
Masalan, mavjud chaqiqtosh tarkibida 10 % miqdorda 5 mm dan kichik zarralarga, mineral kukun esa 20 % miqdorda 0,071 mm dan katta zarralarga ega. Bunda B turdagi qorishmalar uchun hisobiy chegaralar quyidagiga teng bo‘ladi:
Chq = 100x40/90 = 44,4% Chy = 100 x 50/90 = 55,6 %
MKq = 100 x 6/80 = 7,5 % MKy = 100 x 12/80 = 15,0 %,
Bu yerda: Chq, Chy, MKq, MKy – 5 mm dan katta (chaqiqtosh) va 0,071 mm dan kichik (mineral kukun) zarrachalar miqdorining quyi va yuqori chegaralari, mineral qism massasi bo‘yicha, %.
O’z-o‘zidan og‘irlik bo‘yicha qumning miqdorini Q quyidagi formula bilan hisoblash mumkin, %:
Q = 100 – Ch – MK (1)
Mineral qism tarkibining mumkin bo‘lgan variantlari quyidagi tarzda olish mumkin. Chaqiqtosh (shag‘al) va mineral kukun miqdorining hisobiy chegaraviy qiymatlari intervalini bir nechta qadamga bo‘lamiz. Masalan, 4-bandda keltirilgan hisobiy chegaralar uchun komponentlar miqdorining hisobiy qiymati quyidagilarga teng bo‘ladi:
∆ Ch = (55,6 – 44,4) / 2 = 5.6%; ∆ MK = (15,0 –7,5) / 2 = 3.75%;
1. Ch = 44,4%, 1. MK = 7,50%;
2. Ch = 50,0% 2. MK = 11,25%;
3. Ch = 55,6%. 3. MK = 15,00%.
Yuqorida topilgan chaqiqtosh va mineral kukunning hisobiy qiymatlari mineral qism tarkibini ifodalovchi 3x3=9 kombinatsiyasini tuzish imkonini beradi. Qumning miqdori (1) formula orqali aniqlanadi.
5. Mineral qismning har bir optimal tarkibi tanlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
– mineral qism donadorlik tarkibining har bir variant uchun hisoblashlarni bajaramiz (5-jadvalga qarang). Buning uchun:
a) donadorlik tarkib komponentlarini (chaqiqtosh yoki shag‘al, qum, mineral kukun) elakdan to‘liq miqdor ko‘rinishida ifodalaymiz, og‘irlik bo‘yicha %;
b) har bir komponentning to‘liq elakdan o‘tgan miqdorini uni qorishma tarkibidagi og‘irlik birligida ifodalangan miqdoriga ko‘paytiramiz;
d) har bir elakdagi barcha komponentlarni to‘liq elakdan o‘tgan miqdorini qo‘shamiz;
– har bir variant uchun olingan donadorlik tarkibni fraksiya miqdorlariga qo‘yilgan chegaraviy talablar bilan solishtiramiz va donadorlik tarkibi egriligini tegishli chegaraviy egrilar grafigiga chizamiz;
– olingan natijalarni tahlil qilib donadorlik tarkibi egriligi chegaraviy egriliklar sohasida yotmaydigan variantlarni chiqarib tashlaymiz;
– qolgan har bir mineral qism tarkibi variantlari uchun to‘kma holatida eksperimental tarzda zarrachalar orasidagi g‘ovaklikni aniqlaymiz (12-jadval).
6. Mineral qism tarkibining eng maqbul varianti sifatida eng kam zarralar orasidagi g‘ovaklikka ega bo‘lgan va ushbu ikki shartni qanoatlantirgan variant qabul qilinadi: donadorlik tarkibi berilgan sohaga tushishi va yuqori zichlikka ega bo‘lishi (eng kam g‘ovaklikka ega bo‘lishi). Agar bir nechta raqobatdosh variantlar mavjud bo‘lsa, unda bitum tarkibini aniqlashda maqbul tanlov amalga oshiriladi.
Mineral qism tarkibi variantlariga misol
(6-bo‘lim 2-5 bandlari ma’lumotlari asosida)
9.1-jadval
M ineral qism tarkibi variantlariga misol
|
| |