|
Mavzu: Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash
|
bet | 3/7 | Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #109330 |
Bog'liq 4-laboratoriya ishi (3-kurs Sirtqi) Mavzu: Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash
Texnik shartlar - GOST 9128-2013
Sinash usullari - GOST 12801-98
Ishning maqsadi:
Namunalar tarkib tanlash jarayonida yoki yotqizilgan qoplamalar sifatini tekshirish maqsadida tayyorlanadi.
Tarkib tanlash jarayonida tayyorlangan namunalarning fizik mexanik xususiyati aniqlanib ularni GOST talabiga solishtir gan holda tanlanayotgan tarkibga aniqlik kiritiladi. Yotqizilgan qoplama sifatini baholash jarayonida tayyorlangan namunalarning aniqlangan fizik-mexanik xususiyatlari qoplamadan olingan kernlarning xaqiqiy xususiyatlariga solishtirib qoplamaning sifatiga baho beriladi.
Zaruriy jixozlar: 1. Gidravlik press, 2.elektr plitka, 3. namuna tayyorlanadigan qoliplar, 4. texnik tarozi, 5. quritish javoni, 6. qorishma tayyorlash uchun idish, 7. shtangen sirkul, 8. termometr.
9.1.-rasm. laboratoriya ishini bajarishda kerakli jixozlar
Chaqiqtosh, qum va mineral kukunlar quritilgan bo‘lishi hamda bitum qizdirib suvsizlantirilgan bo‘lishi lozim.
Loyihalangan tarkibda va miqdorda olingan mineral to‘ldiruvchi (material)lar idishga solib isitiladi va talab qilingan miqdordagi bitum ma’lum haroratgacha isitish manbaida qizdirilgan holda qo‘shiladi.
Mineral to‘ldiruvchilar qorishmasi bitum bilan aralashtiriladi, bir xil rangdagi qora massa hosil bo‘lgandan keyin ushbu qorishmadan namunalar tayyorlanadi. Namunaning o‘lchami va miqdori gost 12801 ga binoan bo‘lishi kerak (4-tablitsa).
9.2- jadval.
O linadigan namunalarning o‘lchami va miqdori
Qorishma tayyorlangandan keyin 30 minut o‘tgach namunalar tayyorlana boshlanadi. Qolip va uning vkladishlari 90-100 C gacha isitiladi va yog‘lanadi. Keyin gidravlik pressning maxsus tagligiga pastki vkladish o‘rnatiladi va ustiga qolip o‘rnatilib, qolipga oldindan tayyorlangan qorishma 650 g qorishma solinadi.
9.2.-rasm Qolipga qorishma solish jarayoni.
Qolipga qorishma solinadi, so‘ngra ustki vkladish kiydiriladi. Pressning ustki plitasi ustki vkladishga tekkuncha tushiriladi, elektro dvigatel yoqiladi va siquvchi kuch 40 MPaga yetkaziladi so‘ngra 3 minut shu kuch ostida ushlab turiladi.
Keyin gidravlik press o‘chirilib qolip namuna chiqaruvchi uskuna ustiga qo‘yiladi va press yordamida namunalar qolipdan chiqarib olinadi hamda namunaning balandligi 0,1 mm. aniqlikkacha shtangen sirkul yordamida o‘lchanadi.
Namunaning balandligi diametriga teng bo‘lishi lozim. Agar namunaning balandligi kichik bo‘lsa, bu namuna qorishmasining kerakli hajmda bo‘lmaganligini anglatadi.
Bunday holda namunaga qo‘shimcha qorishma qo‘shib qayta zichlanadi.Namunaga qo‘shiladigan qo‘shimcha qorishmaning massasi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
,
|
| |