|
rasm. Loyiha shablonlarini tanlashga oid muloqot oynasi
|
bet | 2/3 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 1,49 Mb. | | #250081 |
Bog'liq Kobirova Yulduz 5-topshiriq rasm. Loyiha shablonlarini tanlashga oid muloqot oynasi
AutoPlay dasturi oynasining tuzilishi
Biz yaratayotgan ilovamiz tabiatiga qarab, muloqot oynasida mavjud loyiha- lardan birini tanlashimiz yoki o„zimiz. Istagan yangi loyihani tashkil qilishimiz mumkin. Quyida “Audio” deb nomlangan loyiha tanlangan (3-rasm):
Mavjud loyihani tanlashning ijobiy tomonlaridan biri shundaki, unda Web- sahifa uchun ba’zi ssenariylar tayyor yozilgan holatda bo„ladi. Ba’zi obyektlar3- rasm. uchun bajariladigan funksiyalar esa tayyor holatda berilgan
bo„ladi. Bunday imkoniyat qisqa vaqtda murakkab tuzilmali katta loyihani yaratishda amaliy yordam beradi.
AutoPlay dastur oynasi quyidagi tuzilmaga ega:
Dastur oynasining darlavha satri.
Dastur oynasining menyu satri.
Instrumentlar paneli satri.
Project Explorer muloqot oynasi.
Properties muloqot oynasi.
Holat satri.
AutoPlay dasturining imkoniyatlarini amaliy jihatdan “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” faniga elektron
ta’lim resursi ishlab chiqish misolida ko’rib chiqamiz
AutoPlay dasturida Elektron ta’lim resurslarini yaratish uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Dastur ishga tushiriladi. Hosil bo’lgan muloqot oynasidan “Create new Project” bandi tanlanadi. 3-rasm
3-rasm.
Create new Project” oynasidan kerakli fondagi sahifani tanlaymiz yoki bizning elektron ta’lim resursimiz uchun mos bo’lgan fon bo’lsa uni yuklaymiz. Ya’ni bunda ixtiyoriy fonni “Create new Project” oynasidan tanlab o’chiramiz va Object Properties uskunalar panelining “New Image Object” buyrug’i orqali kompyuter xotirasidagi fonni yuklaymiz. Properties oynasidan fonni balandligi va enini o’lchamlarini beramiz. 4-rasm.
4-rasm.
Ta’lim resursining muqova qismini tayyorlashda rasm yoki video animatsion fallarni ham shu tariqa qo’shimcha yuklash mumkin. 5-rasm
5-rasm
Elektron ta’lim resursiga matn yozish uchun New Label Object
buyrug’idan foydalanamiz. 6-rasm.
6-rasm.
Dasturni ishga tushirish uchun Toolbar Options uskunalar panelining
Preview buyrug’idan foydalanamiz. 7-rasm.
7-rasm.
Natijada dastur kompilyatsiya qilinadi va ishga tushiriladi. 8-rasm.
8-rasm.
Autoplay dasturida sahifalarni bir biriga bog’lash uchun New Button Object buyrug’i ustida bir marta sichqoncha chap tugmasini bosamiz. Natijada sahifada Check Here nomi bilan tugma hosil bo’ladi. 9-rasm.
9-rasm.
Ushbu tugmani ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosamiz. Natijada quyidagi oyna hosil bo’ladi. Quick Action maydonini tanlab kerakli sahifani tanlaymiz. Natijada sahifalar bir biriga bog’lanadi. 10-rasm.
10-rasm
Dasturdan foydalanib elektron ta’lim resursiga turli matn yoki nazorat savollarini yuklash uchun New Paragraph Object buyrug’idan foydalanamiz. 11- rasm.
11-rasm.
Dasturga video fayl New Video Object buyrug’I orqali yuklanadi. Bundan tashqari dastur Ispring dasturi orqali yaratilgan test savollari bazasini ham oladi buning uchun Quick Action oynasidan open dakument bandini tanlash kifoya. 12-rasm.
12-rasm.
Bajarilgan ishlar File menyusining Save As bandi orqali amalga oshiriladi.
|
| |