Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi




Download 31.4 Kb.
bet4/5
Sana04.04.2023
Hajmi31.4 Kb.
#48639
1   2   3   4   5
Bog'liq
Axborot kutubxona ondi
M Sharipov D Fayziho’jayeva, M Safarboyev Mantiq o\'quv qo\'llanma, Инвестиция фаолияти, loyihalar, 1-s2 0-s2212567116302866-main-1, kutubxonashunoslik zuhra berdiyeva разблокирован, Texnikaga oid adabiyotlarni targ`ib etish, @Respublika filologlari. o‘zbek tili 9-sinf chiqish testi, [@kitoblar1] Zamonaviy buxgalteriya 2-kitob, 6-sinf Biologiya 2019 , Qunut duosi, KELIShILGAN 2023 кординацион тад режаси, Mirzabek, Ilm sari yo‘l. Sharq akademiyalari. Referat, taqtiz, an, kitoblar olami
Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi.
Наг xil turdagi kutubxonalar fondini to‘ldirishda umumiy xususiyatlar mavjud. To‘ldirishning prinsiplari, ilmiy asoslangan shart-sharoitlari, turi va usullari hamma kutubxonalar uchun umumiy sanaladi. Lekin har bir turdagi kutubxona fondini to‘ldirishda o‘ziga xos xususiyatlarga amal qilinadi. Kutubxona fondini to‘ldirish va uni tashkil qilish nazariyasi va amaliyotida kitobxonlar tarkibini belgilaydigan kutubxona tipologiyasi(turi) dan kelib chiqiladi. Kutubxonaning turi fondning miqdori va tarkibini, ular oladigan nashr turi va tipini belgilab beradi. Masalan: universal kutubxonalarda ilmiy-ommabop, badiiy adabiyot, darsliklar, texnika adabiyotlari bo‘lsa, ilmiy kutubxonalar fondida monografiyalar, maxsus nashrlar, xorijiy tildagi kitoblar mavjud bo‘ladi. Har xil tip va turdagi kutubxonalar o‘z fondi uchun kitoblar tanlashda ham farq qiladi. Tanlab to‘ldirish fonddan foydalanish darajasini oshiradi. Masalan, respublika kutubxonalari yerli xalq tilidagi kitoblarni, viloyat kutubxonalari o‘lkashunoslik adabiyotlarini, tibbiyot kutubxonalari tibbiyotga doir kitoblarni to'liq olishga harakat qiladi. Adabiyotlarni tanlashda har bir tip va turdagi kutubxonalar turli tashkiliy-uslubiy usullarni qo‘llaydilar. Adabiyotlarni takroriy tanlashda ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. Ilmiy kutubxonalar takroriy tanlashni amalga oshira borib kitoblarni uzoqroq saqlashni hisobga olsa, universal kutubxonalar takroriy saralash orqali fondini tezroq yangilashga harakat qiladi. Ilmiy kutubxona o‘qilmaydigan kitoblarni depozitar kutubxonaga topshirsa, universal kutubxona uni tezroq hisobdan chiqarishga harakat qiladi. Fondni toidirish manbalari jihatidan ham ancha farq seziladi. Yirik ilmiy kutubxonalar uchun majburiy nusxa (pullik yoki bepul) asosiy manba bo‘lib hisoblansa, boshqa kutubxonalar kollektor yoki kitob do‘konidan oladilar.
Yuqoridagilardan ma’lumki, badiiy kitoblar fondning yarmidan ko‘pini tashkil qiladi, ularni ham tanlab, saralab kitobxon qiziqishiga mos keladiganini olish ma’qul. Kasaba kengashining kutubxonalari, bolalar kutubxonalarini to‘ldirishda shu kutubxonalarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Kasaba kengashi kutubxonasi, odatda biron-bir korxona, tashkilotga, alohida soha kishilariga xizmat qiladi. Ushbu kutubxonada ham nashrlarni ko‘p qismi badiiy adabiyot bo‘lib qolishi bilan birga, ushbu korxonaning profiliga oid kitoblar bo‘lishi mumkin. Kitob olishda ular boshqa kutubxonalar bilan muvofiqlashib, kelishib olishlari lozim.
Ilmiy kutubxonalar o‘z fondini butlashning xilma-xil yo‘llaridan foydalanadi. Yirik ilmiy kutubxonalar majburiy nusxa olish bilan birga qo‘shimcha ravishda o‘zi ham kitob xarid qiladi. Sohasiga qarab xorijiy kitoblarni oladi. Ayniqsa vaqtli, davom etadigan va ko‘p tomli nashrlarni to‘liq to‘plashi lozim.
Universal ilmiy kutubxonalar o‘zlarining murakkab tuzilishiga qarab kitob, jurnal, gazeta, xilma-xil atlaslar, kartalar, chizmalar va hokazolarni oladi. Strukturali bo‘limlar kitob taqsimlashning aniq rejasiga rioya qiladi. Bu kutubxonalar faqatgina yangi adabiyotlar olmasdan kitobxon talabiga ko‘ra ilgari nashr qilingan kitoblarga ham ko‘proq ahamiyat beradi.
Maxsus ilmiy kutubxonalar tipiga ko‘p sohali akademiyalar, oliy o‘quv yurtlari, ilmiy-texnika kutubxonalari kiradi. Ular fantexnika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo‘yicha ilmiy axborot berish markazlari bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p sohali ilmiy kutubxonalar fondini butlashning xususiyatlaridan biri— har bir mavzu bo'yicha kerakli kitoblarni olishdir. Chunki mazkur kutubxonalar mana shu sohadagi kitobxonlarga axborot markazi sifatida xizmat qiladi. Masalan: Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi yoki Kibernetika instituti kutubxonasi va hokazo. Bunday kutubxonalar nafaqat axborot beradi, balki faktografik ma’lumotlar ham berishga qodir. Natijada bu kutubxonalar mutaxassislar uchun katta axborot tizimiga ega bo‘lgan oz tirajli buyurtmali va bepul nashrlarga ham alohida ahamiyat beradilar. Shunga muvofiq kitob va jurnal fondidan tashqari ko‘p sohali kutubxonalar maxsus sanoat kataloglarini, xorijiy ilmiy va ilmiy-texnika adabiyotlar tarjimalarining, idoraviy adabiyotlarning, algoritmlar hamda dasturiy mahsulotlarning, ba’zan e’lon qilinmaydigan materiallarning kam nusxali fondlarini ham tashkil etadilar. Oz nusxali majburiy nusxalar (pullik va bepul) ko‘p sohali kutubxonalarni butlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi kutubxonalarni butlash xususiyatlari shu bilan belgilanadiki, bu tarmoq bir necha o‘n yilliklar davomida markazlashgan sharoitda ishlamoqda. Akademiya muassasalari barcha fan va bilim sohalarini qamrab oladi va bu unga kiradigan kutubxonalardan olinadigan kitoblar mavzusini puxta chegaralab olishni talab qiladi. Fanlar akademiyasi institutlari har bir kutubxonasining o‘z butlash sohasi bo'lib, u olimlarning faol ishtirokida ishlab chiqiladi. Butlashning bunday takomiliga boshqa kutubxonalar erishgan emas. Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi fondida umumiy xarakterdagi ilmiy adabiyotlar, ayniqsa asl manbalar, ilmiy konferensiya, kengashlar materiallari, ma’lumot va noyob nashrlar, qo‘lyozmalar jamlanadi. Alohida institutlarning kutubxonalari esa markaziy kutubxonadan farq qilib, o‘z sohasiga oid va ma’lumot xarakteridagi adabiyotlarni oladi.Akademiya kutubxonalari tizimi xorijiy nashrlar bilan butlashda qator o‘ziga xoslikka ega. Bu ancha murakkab jarayon, chunki juda katta miqdordagi jahon bosma adabiyotlari bilan ish olib borishga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, vaqtli bosma nashrlarni sotib olish butlashda katta qiyinchiliklar tug'diradi. Xorijda har yili hamma sohalarga oid 150—200 yangi nomda jurnallar paydo bo‘ladi, ularning ichidan keragini tanlab olish ancha mushkul.
Oliy o‘quv yurti kutubxonalarining fondlarini butlashda mazkur kutubxonalarning o‘ziga xos vazifalari o‘quv-tarbiya jarayoni, talaba va o‘qituvchilarni zarur kitoblar bilan ta’minlash zarurati bilan belgilanadi. Bundan tashqari mazkur kutubxonalar talabani komil inson va yaxshi mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun ham qayg‘uradi. Mazkur kutubxona fondida shu o‘quv yurtining sohasi bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, ko‘rgazmali manbalar ham to‘planadi. Bundan tashqari mazkur kutubxona maxsus, ilmiy, texnika, badiiy hamda m a’lumot nashrlarini ham oladi. Keyingi yillarda bu kutubxona fondlari sezilarli ravishda o‘zgarmoqda, ya’ni mazkur sohaga oid ilmiy nashrlar bilan birgalikda axborot vositalari ham olinmoqda. Ayniqsa, o‘quv adabiyotlariga katta ahamiyat berilmoqda. Odatda, har bir talabaga o‘quv predmeti bo‘yicha bittadan (1:1) kitob, qo‘shimcha adabiyotlar (1:2) bo‘lishi lozim.


Download 31.4 Kb.
1   2   3   4   5




Download 31.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot-kutubxona fondini tashkil qilish texnologiyasi

Download 31.4 Kb.