• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Axborot-kutubxona fondini modellashtirish




    Download 31.4 Kb.
    bet5/5
    Sana04.04.2023
    Hajmi31.4 Kb.
    #48639
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Axborot kutubxona ondi
    M Sharipov D Fayziho’jayeva, M Safarboyev Mantiq o\'quv qo\'llanma, Инвестиция фаолияти, loyihalar, 1-s2 0-s2212567116302866-main-1, kutubxonashunoslik zuhra berdiyeva разблокирован, Texnikaga oid adabiyotlarni targ`ib etish, @Respublika filologlari. o‘zbek tili 9-sinf chiqish testi, [@kitoblar1] Zamonaviy buxgalteriya 2-kitob, 6-sinf Biologiya 2019 , Qunut duosi, KELIShILGAN 2023 кординацион тад режаси, Mirzabek, Ilm sari yo‘l. Sharq akademiyalari. Referat, taqtiz, an, kitoblar olami
    Axborot-kutubxona fondini modellashtirish.
    Mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda bolgani kabi kutubxonachilikda, jumladan, kutubxona fondini tashkil etish sohasida ham katta o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Axborotkutubxona fondini modellashtirish yuqoridagi va boshqa bir necha masalalarni aniqlashda, yoritib berishda kutubxonachiga katta yordam beradi. Modellashtirishning ahamiyati shundaki, u fondning izchil va samarali ishlashini ta’minlaydi.
    Kutubxona fondini yaxshi tashkil qilishning ilmiy asoslaridan biri uni modellashtirishdir. Model o‘zining oddiyligi va aniqligi bilan olingan obyektni o‘rganishni yengillashtirib beradi.
    Kutubxonachi modelni ishlab chiqar ekan, o‘ziga xos o‘zgarishlar kiritilishiga moslangan konstruksiya yasaydi va hali bunyodga kelmagan tizimni o‘rgana boshlaydi. O‘zi yasamoqchi bo‘Igan modelning xarakteristikasini tuzadi, sharoitni aniqlaydi, xizmat qilish jarayonlarini ishlab chiqadi. So‘ngra o‘z kutubxonasiga mos keladigan samarador modelni vujudga keltiradi. Kutubxonada mavjud bo'lgan fondga real modelni, hali mavjud bo‘lmagan kutubxonaga esa ideal modelni ishlash mumkin. Bundan tashqari modellarni xilma-xil oraliq fondni xususiyati, xarakteri o‘rganilib, undan qanday natija chiqishi aniqlanadi. Ushbu natija yaxshi chiqishi uchun shu xususiyat yoki xarakter o‘zgartiriladi.
    Shuning uchun ideal modelni tuzishdan oldin kutubxona fondi immitatsiyali modellashtiriladi, so‘ngra kelgusida ishlatiladigan haqiqiy model yasaladi.
    Model va modellashtiriladigan obyekt o‘rtasida ichki bog‘lanish bo‘lmasa ham modelni asosiy belgilaridan biri originalga o‘xshashligidir. o‘xshashlikni 100% ga yetkazish ancha mushkul. Model kutubxona fondining hamma tomonlarini hisobga olgan bo‘lishi mumkin, lekin uni amalga oshirish ancha qiyin bo'ladi. Model oddiy va ko‘rgazmali bo'lishi mumkin, lekin u fondning hamma tomonlarini hisobga olmasligi ham mumkin.
    Shuning uchun birinchi navbatda model tuzayotganda uning imkoniyat darajasini aniqlash lozim. Modellashtirishda ma’lumotlar yozma tavsif sifatida, grafik (grafik model), formulalar sifatida berilishi mumkin. Kutubxonachi o‘z oldiga qo‘ygan vazifasiga qarab modellarning xohlagan xilini tanlab oladi. Agar biror bo‘lim yoki umuman kutubxona fondi qanday optimal bo'lishi, qaysi holatda, qancha nusxa kitob olishi mumkinligi, qancha kitobni hisobga olish va qancha chiqarib tashlash kerakligini bilmoqchi bo‘lsak, unda matematik modeldan foydalangan ma’qul. Natijada, shu birgina fond bir necha modellarda kompleks ifoda etiladi. Model kutubxona fondining mohiyatini, mazmunini qanchalik chuqur ifodalasa, u shuncha ko'proq yashaydi, lekin vaqti-vaqti bilan ularni isloh qilib, yangilab borishga to‘g‘ri keladi. Kutubxona fondi modelini tuzish bir necha bosqichdan iborat. Boshlang‘ich davrda fondning miqdori va tarkibi, undan foydalanish, talabga javob berish kabi ma’lumotlar yig‘ilib tahlil qilinadi. Bunda fond pasporti ishlatiladi. Ikkinchi bosqichda olingan ma’lumotlarga tayanib fondning rivojlanish tendensiyasi aniqlanadi. Bu holat ma’lum vaqt ichida qancha kitob olish mumkinligini belgilab beradi. Fondning umumiy va xususiy parametrlari, ya’ni umumiy fond, bo‘limlaridagi kitoblar, kitob bilan ta’minlash, aylanishi va hokazo ma’lumotlar matematik modelda aks etadi. Uchinchi bosqichda fondning struktura modeli tuziladi, ya’ni tematik-tipologik butlash rejasi vujudga keladi. Tuzilgan modelning loyihasi kutubxona kengashi va rahbari tomonidan tasdiqlanib, to'rtinchi bosqichda u haqiqiy hujjatga aylanadi. Beshinchi bosqichda alohida modellar asosida bir sohaga oid fond yoki regional fondning yagona yig‘ma modelini vujudga keltirish mumkin, ya’ni kutubxonalar fondini butlashning yagona muassasalararo rejasini tuzish mumkin. Masalan: Xorazm, Jizzax viloyati va hokazo. Kerak bo‘lsa kelgusida fonddan foydalanishga qarab bu modellarga joriy o'zgartirishlar kiritish mumkin.

    Xulosa.
    Men Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki axborot-kutubxona fondi. Kutubxona fondini tashkil qiladigan materiallarning mustahkam bolishiga ularni himoya qatlami bilan ta’minlash orqali erishiladi. Odatdagi qalin muqova, super muqova, papka, quti, g‘ilof, muqovani o'raydigan kleyonka, kitob tashiladigan idish ana shunday qoplamlar vazifasini o‘taydi. Nashrlarning normal fizik holati asrashning to‘g‘ri usullari bilan saqlanadi. Kitoblarning aksariyat turlari tikka qo‘yiladi, ularning orasida, albatta, havo o‘tib turadigan tirqish bo‘lishi shart. Stelaj tokchalarida bo‘sh joy bo‘lsa, turli xil tuzilgan tutqichlardan foydalaniladi. Faqat katta kitoblar gazeta va boshqa katta hajmli materiallar uchun yotqizilib saqlashga ruxsat beriladi.
    Fondlarning umrini uzaytirish qator omillar bilan belgilanadi. Ulardan muhimlari — tabiiy va kutubxona fondi turadigan tashqi muhit vujudga keltiradigan sun’iy omillardir. Tashqi'muhitning asosiy ko‘rsatkichi bu havo va uning fizik xossalari (namlik, harorat) qismlarning doimiy kimyoviy tarkibi va tashqi gaz, mexanikaviy aralashmalar (chang, tutun, qurum), mavjud bakteriyalar bilan ifloslanishdir.

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. О. Alimova. Kutubxonashunoslik. 3 jildli. Т., «ILM ZIYO», 2007.

    2. E. Yo’Idoshev. Kutubxona va yosh kitobxon. Т., 2003.

    3. B.I. Ganiyeva Axborot-kutubxona katologi va fondi. T 2017 “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiryoti”

    4. O. Qosimova, T. Yesimov. Umumiy kutubxonashunoslik. Т., « O’qituvchi», 1994.

    Internet saytlari:



    1. https://ziyouz.uz/

    2. https://n.ziyouz.com/

    3. https://e-library.namdu.uz/

    Download 31.4 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 31.4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot-kutubxona fondini modellashtirish

    Download 31.4 Kb.