• Siyohli printerlar.
  • Lazer printerlar.
  • modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar




    Download 356.76 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana07.04.2023
    Hajmi356.76 Kb.
    #49509
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    1 laboratoriya ishi
    halol-kasb-hunar-qut-baraka-keltirar[1], FIRE PROTECTION AND FIRE SAFETY, В.И. Бараз, geokniga-dengub-vm-edinicy-velichinslovar-spravochnik, 11-mavzu. Shaxsga yo’naltirilgan axborot psixologik, diniy va madaniy tahdidlar, 6-10, DASTUR LASH ASOSLARI 1-qism, 1-ma\'ruza, 4-Maruza.Shifratorlar va deshifratorlar analog, seminar 1, seminar 3, seminar 4, 1-Amaliy mashg\'ulot, 2-Amaliy mashg\'ulot, Lobarotoriya ishi-1
    modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar.
    Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, programma va ma’lumotlarni 
    bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va 
    rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: matritsali, 



    siyohli va lazerli. Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham 
    ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop 
    qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy 
    (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo’lib, albatta ignalar soni 
    ko’pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.
    Siyohli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo’li 
    bilan ishlagani uchun ular siyohli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati 
    tiniq va ravshan bo’lib, ularning kamchiligi - siyohining tez tamom bo’lib qolishi va uning 
    nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.
    Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer 
    hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo’ladi. 
    5-rasm. Lazerli printer 
    Modem. Modem modulatsiya, demodulatsiya so’zlaridan olingan bo’lib, uzluksiz 
    signallarni raqamli (modulatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulatsiya) signalga 
    almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U 
    o’zining kommunikatsion programmalariga ega bo’lib, bu programmalar yordamida uzoq 
    masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’lishi 
    mumkin. Hozirda ko’p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda. 
    6-rasm. Tashqi modem 7-rasm. Ichki modem. 8-rasm. USB modemlar 
    Skaner. Skaner-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun 
    xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko’rinishda chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida 
    HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan. 
    9-rasm. Skanerning ko‘rinishi 
    Uning asosiy tavsifi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo’lgan rangda (xususan qora rangli) 
    ko’rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi 
    nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi. Odatda bu xarakteristika misol uchun 300x600, 
    600x1200 ko’rinishda bo’ladi. Bu degani gorizontal chiziqlar bo’yicha nuqtalar (piksellar) soni 



    300 (600), vertikal bo’yicha piksellar soni 600 (1200)ta ekanligini bildiradi. Nuqtalar soni qancha 
    ko’p bo’lsa ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo’ladi. Tabiiyki, skanerni HP dan boshqa firmalar 
    ham ko’plab ishlab chiqaradi.

    Download 356.76 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 356.76 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar

    Download 356.76 Kb.
    Pdf ko'rish