|
Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi
|
bet | 14/15 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 83,33 Kb. | | #264670 |
Bog'liq 1 Axborot xavfsizligining konseptual modeliKompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi
Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi
Ish joyini to’g’ri tashkil qilish
kuchlanish kabellarini, ulovchi o’tkazgichlarni, rozetka, shtepsel vilkalarini sozligini tekshirish
mashinani shunday o’rnatish kerakki, tebranish ( vibratsiya ) va chayqalish turlari bartaraf etish imkoni bo’lsin;
mashinaning hamma bloklarini sozligini va kompyuterni butun ishga tayyorlik darajasini tekshirish
kompyuterda begona shaxslarni ishlashiga yo’l qo’ymaslik
begona buyumlarni mashinaning ishlayotgan bloklariga tushib qolmasligini nazorat qilib turish
Ish mobaynida quyidagilar taqiqlanadi:
kiyimning yuqori cho’ntaklarida begona metall buyumlar, ayniqsa o’zining tarkibida magnitlangan temirga ega bo’lgan buyumlarni saqlash
malakasi ikkinchi toifadan past bo’lgan shaxslarni xonada bir o’zi ishlashi
mashinaning tok oqib o’tadigan qisimlariga teginish
.
manbaga ulangan kompyuterdan platalarni olish va qo’yish;
shuningdek, ajralishi yoki bog’lanishli ulanishlarni ajratish yoki ulash;
tarmoqqa ulangan kompyuterning ustki qopqog’ini yechish
axborotni tasvirlovchi modul ( monitor ) qopqog’ini ochish, chunki electron nur trubkaga yuqori kuchlanish beriladi
ventilatsion tirqishlarni berkitish
malakaviy mas’uliyatga ega bo’lmagan foydalanuvchilarga kompyuterda paydo bo’lgan nosozliklarni sozlashga ruxsat berish
boshqa nominalga ega bo’lgan saqlagichlarni ishlatish
nosoz mashinalar bilan ishlash
ish vaqtida uzoq tanaffuslarga mashinani yoqiq holda tashlab ketish
Kompyuter bilan ishlaganda har bir ishga ma’suliyat bilan yondoshib, texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish mashinaning ham, insonning ham havfsizligini ta’minlaydi. Bu esa ikki tarafga ham omadli ish yuritishga imkon yaratadi.
Xulosa
Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari, shuningdek dasturiy va texnik vositalar yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy, jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari xavfsizlikning qo„shimcha choralari sifatida yuzaga keldi. O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrdagi ‘Axborotlashtirish va ma‟lumotlar uzatish sohasida qonunga xilof harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida’gi qonunga 1 asosan O’zbekiston Respublikasi JK va MJTKlariga o„zgartirishlar kiritildi va axborotlarni himoya qilish masalalari yanada mustahkamlandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ‘Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarining kompyuter xafvsizligini ta‟minlash borasidagi qo„shimcha choratadbirlar to„g„risida’gi 2005 yil 5 sentabr 167-sonli qaroriga muvofiq kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi ‘O’zinfokom’ huzurida ‘Kompyuter hodisalariga chora ko„rish xizmati’ (UZCERT) tashkil etilgan. UZ-CERT xizmati milliy axborot tizimlari va Internet resurslari foydalanuvchilarini xabardor qiladi. Bundan tashqari, guruh axborot tahdidlarini oldini olish bo’yicha maslahatlar va texnik yordam beruvchi yagona markazdir. Shunday qilib axborot texnologiyalarini, xususan, kompyuter tizimlarini kasbiy faoliyatda har qanday ko„rinishda qo„llash bilan bir qatorda axborot xavfsizligini ta‟minlash ishlariga ham alohida e’tibor qaratish zarur.
|
| |