|
Bitiruv malakaviy ishning vazifasi
|
bet | 2/15 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 83,33 Kb. | | #264670 |
Bog'liq 1 Axborot xavfsizligining konseptual modeliBitiruv malakaviy ishning vazifasi -axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida’gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi’. Darhaqiqat, 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan bu qonunda axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi deb belgilangan. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni muhofaza qilishi deganda, uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda.
AXBOROT XAVFSIZLIGINING KONSEPTUAL MODELI.
Axborot xavfsizligi deganda axborot tizimlari, unda saqlanayotgan, aylanayotgan axborotni, axborot tizimi faoliyatini ta‘minlovchi infrastrukturani tasodifiy yoki ataylab uyushtirilgan, tabiiy yoki sun‘iy xarakterdagi shunday ta‘sirlardan himoyalanganligi tushuniladiki, qaysiki bu ta‘sirlar axborot munosabatlarining sub‘ektlari, xususan axborot egalari va foydalanuvchilarining manfaatlariga ular (ya‘ni sub‘ektlar) qabul qila olmaydigan zarar keltiradi.
Axborotni himoyalash – bu axborot xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan chora‑tadbirlar kompleksini amalga oshirishdir.
Axborot xavfsizligini ta‘minlashning 3 ta tashkil etuvchiga (aspektga) ajratish mumkin:
Axborot xizmatidan o`z vaqtida va to`liq hajmda foydalanishni ta‘minlash;
Ma‘lumotlarning butunligini ta‘minlash;
|
| |