|
Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi
|
bet | 6/8 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 62,82 Kb. | | #152912 |
Bog'liq Mavzu Ayollarning bayramona ko\'ylagini modellashtirish va maket-fayllar.org2.2Ayollar ko’ylagining chizmali ko’rinishi
1-eng o’miziga burma uchun bahyaqator yuritish va yeng qirqimlariga ishlov berish; 2-qaytarma manjetni o’ngini ag’darish va dazmollash; 3-manjetni chok haqini yeng tomonga bostirib tikish; 4-elka va yon qirqimlariga ishlov berish.
Ko’ylaklar bichimi yeng konstruksiyasi tuzilishiga va yeng o’mizining
o’yilishiga qarab o’tqazma yengli, reglan yengli, ort va old bo’laklari bilan yaxlit bichilgan yengli bo’lishi mumkin. Yenglar tor, keng, yeng uchi ulanma, qaytarma manjetli, manjetsiz, terib burma hosil qilingan, taqilmali, uzun, kalta bo’lishi mumkin. Ular bir, ikki va uch chokli bo’ladi. Bir choklining choki ostki tomonda, ikki choklining yeng oldi va tirsak chokli yoki ustki o’rta chok va ostki chokli bo’ladi.
Bukib tikiladigan yeng uchlari andaza yordamida bo’rlanadi. Yeng uchining qirqimi teskariga 0,7-1 sm buqilib va bukish chizigi bo’ylab yana bukib 0,1-0,2 sm kenglikda bostirib tikiladi Ipak va jun gazlamadan tikilgan bo’lsa yopiq qirqimli qilib yashirin baxyali mashinada bukib tikiladi Yeng uchi qaytarmali bo’lsa, belgi chiziq qaytarma kengligidan 2 baravar ortiq kenglikda chok haqi qo’shib belgilanadi. Yeng qirqimi teskari belgi chiziq bo’ylab bukiladi va sirma qaviq bilan ko’klanadi, yoki ko’klan-may maxsus igna bilan qadab qo’yiladi. Bukish haqi 0,5-0,7 sm. kenglikda teskariga bukiladi va ziyidan 0,1-0,2 sm. kenglikda bostirib tikiladi.
Eng uchida bukish haqi oldirmay bichiladigan yenglarning uchiga magiz
qo’yib tikiladi. Magiz agdarma chok bilan yeng uchiga tikiladi, chok haqi magiz tomonga qaytarilib, agdarma chokdan 0,1-0,2 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Qalin gazlamadan tikiladigan bo’lsa ochiq qirqimi yo’rmalanadi va maxsus yashirin baxyali mashinada tikiladi. Yeng uchini magiz chok bilan
tikishda, magiz buklagich yordamida buqilib, 1 ta baxyaqator bilan tikiladi. Yeng uchiga elastik tasma qo’yilsa, yeng uchi yopiq qirqimli qilib buqilib, bir yo’la ichiga elastik tasma qo’yib tikiladi . Yeng uchiga bezak yoki asosiy gazlamadan bichilgan beyka maxsus moslama yordamida, qirqimlari ichkariga 0,7 sm. buqilib, bostirib tikiladi.
Englar taqilmalarini tikish manjetli yenglarning taqilmalari tirsak chokining
davomida yoki yaxlit detalning kesimida tiqilishi mumkin. Yaxlit detalning kesimi bitta magiz qo’yib tikila o’ng tomonga bukiladi. So’ngra ular ustma-ust qo’yilib, taxlama hosil qilinadi va to’g’ri qismi to’g’ri burchak shaklida baxyaqator yuritib puxtalanadi).
Engning tirsak choki davomida taqilmani tikish uchun taqilma joyida ishlov haqi tashlab bichiladi. Ostki tomon qirqim shakliga bichilgan magiz bilan agdarma chok solib tikiladi, ichki qirqimi esa ochiq qirqimli buklama chok bilan tikiladi.
Magizga chok solib puxtalanadi Tirsak choki davomida (yoki kiritma chokida) planka qo’yib yo’rmalab tikish mumkin. Bunda magiz detalga o’ngini pastga qaratib maxsus moslama yordamida ulanadi. Magizning taqilma yuqori tomonini hosil qiladigan qismini teskari tomonga bukib, butun eni bo’ylab taqilma ziyiga burchak ostida 2 ta baxyaqator yuritib puxtalanadi. Kesimdagi taqilmani magizsiz xam tikish mumkin. Bunda asosiy detal belgilangan chiziq bo’ylab tanda ipi yo’nalishida qirqiladi va oxirida tugri burchak ostida 0,5-0,7 sm. qirqma hosil qilinadi. So’ngra qirqimga parallel qalib 0,5-0,7 sm. naridan qirqmalar bukiladi.
Taqilmaning ustki tomonini hosil qiladigan cheti teskari tomonga, ostki tomonini hosil qiladigan cheti esa manjet tikish va yengga ulash. Manjetlar qotirma bilan yoki qotirmasiz tikiladi. Ulanma manjet tikishda kotirma buklama chok bilan ulanadi. So’ngra yon tomonlari agdarma chok bilan tikiladi. Burchaklaridagi chok haqidan 0,2 sm qoldirib ortikchasi qirqilib tashlanadi va manjet o’ngiga agdariladi.
Manjetga 0,5 sm. kenglikda bezak baxyaqator yuritiladi. Ulanma manjet choklash mashinasida yoki tikish-yurmash mashinasida yengga ulanadi. Manjetning ostki qismi yengga ulanib, chok manjet tomonga qaytarib qo’yiladi. Ustki manjet ulash baxyaqatorini yopadigan qilib 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi
Tikish-yo’rmash mashinasida manjet yeng uchi bilan o’ngini ichkariga qilib mashinada yo’rmalanib ulanadi Qaytarma manjetli yengni tikishda bitta bo’lakdan iborat menjetning yon tomoni biriktirib tikiladi. Choklar yorib dazmollanadi.
O’ngiga agdarilib ikki buklab dazmollanadi. Manjet yengning teskarisiga qo’yib ulanadi, chok qirqimi yo’rmalanadi. Chok haqi biriktirma chokdan 0,1-0,2 sm. masofada yengga bostirib tikiladi. Yeng uchi dazmollanadi. Engni yeng o’miziga o’tkazish qo’yimlarini to’grilab agdarma chok bilan tikiladi. Chok haqini magiz tomonga bukib, agdarma chokdan 0,1 sm. oraliqda magizga bostirib tikiladi. Magiz detal teskarisiga o’tkaziladi va asosiy detaldan 0,1-0,2 sm. kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki tomonidagi qirqimi universal mashinada 0,1 sm kenglikda bukib tikiladi, yoki maxsus 51-A kl mashinasida yurmalanadi.
Engni yeng o’mizi ichiga kiritib, ularning o’ngini ichkariga qaratib qo’yiladi
va yeng tomondan maxsus 302 kl mashinasida ustki materialdan qiyalama qismida solqi hosil qilib, yeng o’miziga 1,2-1,5 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi.
Hosil qilingan yeng solqilari dazmolda yoki pressda kirishtirib dazmollanadi (ip gazlamadan tikilgan bo’lsa kirishtirib dazmollanmaydi). Bir chokli yenglarni o’mizga o’tqazishda yeng choki yon chokiga to’gri keltirib o’tqaziladi, chok qirqimlari yurmalanadi.
Yoqalarning fasoni har - xil bo’ladi Yoqalar shartli ravishda yelkaga yopishib turadigan yoqa, qaytarma yoqa, tik yoqa, “shalka” yoqa, pidjak yoqa va boshqa turlarga bo’linadi. Yoqa o’mizining o’yigi dekolte deyiladi. Dekolte to’g’ri burchak, uzaytirilgan, dumoloq, oval va hakozo shaklida xilma-xil bo’lishi mumkin. Yoqa o’miz o’yig’ining har qanday shaklini chizish uchun oldin old va ort bo’lak konstruksiyasining yelka qirqimlarini bir-biriga to’g’ri keltiriladi. Ko’krak vitachka yon qirqimiga ko’chirilgan bo’lishi kerak. Old bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab dekolte chuqurligi, yelka qirqimi bo’ylab esa dekolte kengligi belgilab olinadi. Yelka qirqimi bo’ylab old bo’lakdan ort bo’lakka o’tgan dekolte chizig’i tekis bo’lishi kerak. Agar old bo’lakda yelka vitochka bo’lsa, u yeng o’mizi tomonga suriladi yoki yangi yoqa o’miz o’yig’ida hosil qilinadi. Dekoltening hamma chuqurlik va kenglik o’lchamlari fasonga binoan olinadi. Dekolte chiziqlari lekalo yordamida chiziladi. Dekoltening uzil-kesil shakli va katta-kichikligi kiydirib ko’rganda aniqlanadi. Yoqalarning fasoni juda turli bo’ladi, bo’lardan eng harakterlari tik yoqa, qaytarma yoqa, yassi yoqa va fantazi yoqa. Quyida eng ko’p tarqalgan yoqa turlarining konstruksiyasini soddalashtirib tuzish metodlari va fantazi yoqani texnik modellash presslari keltirilgan. Tik yoqa. Gorizontal to’g’ri chiziq o’tkazib unda AV kesmasi o’lchab qo’yiladi. AV=BkA+1. Ava V nuqtalardan perpendikulyar o’tkaziladi. Bu chiziqlarda yoqaning istalgan kengligi o’lchanadi. AD=VS=3,5÷8 sm D va S nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V nuqtadan VS chiziq bo’ylab 1,5 sm o’lchab, S1 nuqta qo’yiladi. A nuqtadan gorizontal bo’ylab AA1=13BnA÷0,5 o’lchab qo’yiladi. A1 va S1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. AA1S1chizig’i tik yoqa ko’tarma qirqimining chizig’i. S1 nuqtadan A1S1 chizig’iga perpendikulyar o’tkaziladida, unda yoqaning istalgan kengligini o’lchab, V nuqta qo’yiladi. D va V1 nuqtalar tekis chiziq bilan birlashtiriladi. Yoqaning old tomon kengligi V1S1 va yoqa uchlarining A1v chizig’iga ogish burchagi fasonga binoan har xil bo’ladi. To’qilmasi yuqorigacha bo’lgan kiyimlarning ko’tarmali qaytarma yoqasi. Bunday yoqa o’rtasida ko’tarmasi bor bo’lib, bu ko’tarma yoqa uchi tomon kamayib, yo’q bo’lib ketadi. Uchi O nuqtada bo’lgan to’g’ri burchak tuziladi. Yoqa ko’tarilishining balandligi –OV3 dan 12 sm gacha bo’ladi. Yoqaning ko’tarilish balandligi 1ka o’rtasidagi ko’tarmaning balandligi VV1 belgilaydi. Ovning miqdori qancha kam bo’lsa, ko’tarma shunchalik baland bo’ladi. Yoqa ko’tarmasining balandligi VV1 o’rta hisobda 2 dan 3,5 sm gacha bo’ladi. Yoqa qaytarmasining kengligi- V1 V2 modelga bog’liq bo’lib, 7 dan 14 smgacha bo’ladi. Yoqani yoqa o’miziga o’tkazish chizig’ining uzunligi Va yoy bo’ylab aniqlanadi. Buning uchun ort bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 va old bo’lak yoqa o’miz uzunlgi A6A7 sm li lentaning qirrasini qo’yib o’lchanadi. V nuqtadan AA4 ÷ A6A7 ga teng radius bilan gorizontalga bo’lgi qo’yib, A nuqta hosil qilinadi. V va A nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq o’rtasida 1 dan 3 sm ga teng egiklik 1-2 hosil qilinadi. Bu egiklikning miqdori yoqa o’tqazma chizig’ining shakliga ta’sir qiladi. Egiklik qancha kam bo’lsa, yoqa o’tqazma chizig’i shunchalik to’g’ri bo’lib, yoqa bo’yinga yopishib turadi va, aksincha, egiklik 1-2 ko’proq bo’lsa, yoqa bo’yinga yopishmay qochib turdi va yoqa o’miz uzunligi bo’ylab tekis joylanadi. Yoqa qaytarmai bilan yoqa uchlarining shakli modelga binoan chiziladi. Yoqa uchining shaklini chizish uchun VA chizig’iga o’tkazilgan AA1 perpendikulyar taxminiy ariyentir bo’ladi. Yoqa kengligi AA1 va yoqa uchi A1A2 xoxishiga qarab olinadi va u yoqa uchi hamda qaytarmasi puktir chiziq bilan ko’rsatiladi. Apash yoqa Ayollar kiyimining ko’pchiligida ko’ylaklarda, bluzkalarda, kostyumlarda va boshqalarda apash tipidagi yoqa ko’p uchraydi. Yoqa old bo’lak konstruksiya asosining chizmasida A7 nuqtasidan boshlab tuziladi. Yoqa o’miz o’yig’ining chuqurligi A7G ’ 6 modelga binoan belgilanadi. Tipavoy yechimda A7G ’ 6=14 sm bo’ladi. Lekin bu miqdor 14 sm dan ortiq bo’lshii ham mumkin. G ’ 6 nuqta va yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A6 to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladida, bu chiziq old bo’lak yoqa o’miz uzunligi AA4 ga teng bo’lgan A6A ’ 6 miqdorda uzaytiriladi. A6G ’ 6 chizig’i yoqani bukush chizig’i A6A ’ 6 chizig’iga perpendikulyar chiziq o’tkazib unga A62=7 sm o’lchab qo’yiladi. Yoqa uchlarini va tipavoy shakldagi qaytarma chizig’ini tuzish uchun A7 nuqtadan gorizontal chiziq o’tkaziladi. Bu chiziqda A73=5 sm o’lchab qo’yiladi. 3 va 1 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu chiziq davomida 1-2=0,8 sm o’lchab qo’yiladi. Hamda 2 va A’ 6 nuqtalar tekis egri chiziq bilan birlashtiriladi. Bu yoqaning 3-1 chizig’idagi o’rtasi bo’ladi. 3-1 chiziqdagi 3 nuqtadan 3-4=1,5 sm bo’lak o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining 1-4 chiziq markazidagi egiklik 0,5 sm bo’ladi. Yoqa qaytarma chizig’i tekis egri chiziq bilan chiziladi. A73 gorizontalni ikkiga bo’lib, nuqta 5 hosil qilinadi. 4,5 va G’ 6 nuqtalarni birlashtirib, yoqa uchi bilan bort chizig’ining shakli chizib olinadi. Apash yoqa konstruksiyasini tuzishda A7G ’ 6, A75, A73, A’ 61 bo’laklarning katta kichikligi o’zgarib turishi va modelga binoan istalgancha olinishini yodda to’tish kerak. Fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i kattalashtirilgan sayin A7 nuqtaning holatini vertikal bo’ylab suriladi. Ustki apash yoqa G’ 6 A6 A ’ 6 2 4 5 G’ 6 kontur bo’ylab, ostki yoqa 5 A7 A ’ 6 A ’ 6 2 4 5 kontur bo’ylab bichiladi. G! 6A5 7 joyi old bo’lak bilan birga yaxlit bichiladi. Ustki yoqa ostki yoqa konturidan yoqa qaytarmasi, yoqa uchi va bort bo’ylab 0,3 sm ortikroq bo’lishi kerak. Pidjak tipidagi yoqa. Bunday tipdagi yoqalar erkaklar komtyumiga o’xshash ayollar kostyumida ham, shuningdek ko’ylaklarda va bluzkalarda ham keng tarqalgan. Pidjak tipidagi yoqalarning konstruktiv jihatdan tuzilishi biroz murakkabroq bo’ladi. Yoqa chizmasi old bo’lak konstruksiyasi asosida tuziladi. Oldin bortning qaytariladigan chizig’i belgilab olinadi. Buning uchun bort kengligi va yuqori petlya o’rni aniqlanadi. Bortning qaytarma chizig’ining boshlanishi L nuqta yuqori petlyadan 1,5-2 sm balanda bo’ladi. Yoqa o’mizining yuqori nuqtasi A6 dan yelka qirqimining davomida yoqa qaytarmasining kengligi A6 V o’lchanadi: A6 V = 2÷3 sm. VV1 = AA4 bo’lak o’lchab qo’yiladi, bunda AA4 ort bo’lak yoqa o’mizi bo’lib, u L va V nuqtalarni to’g’ri chiziq bilan birlashtirib, davomiga ni ort bo’lak chizmasiga santimetrli lentani qirrasi bilan qo’yib AA4 chiziq bo’ylab o’lchanadi. LV chizig’ining old bo’lak yoqa o’miz chizig’i bilan kesishgan joyi F harfi qo’yib belgilanadi. F nuqtadagn FV1 radiusli yoy o’tkaziladi. Bu yoyda yoqa qaytarmasining kengligiga ta’sir etuvchi V1 V2 bo’lagining katta-kichikligi gavdaning qomatrasoliga bog’liq bo’ladi. Masalan, to’pa –to’g’ri kekkaygan gavda uchun u 5 sm, normal tipovoy gavda uchun 6 sm, bukchaygan gavda uchun 7 sm bo’ladi. V va V2 nuqtalar to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi. V2 nuqtadan shu to’g’ri chiziqka perpendikulyar o’tkazib, unda yoqaning ko’tarma kengligi V! 2 V3 = 2÷3 sm va qaytarma kengligi V! 2 V2 o’lchab qo’yiladi. Yoqa qaytarmasining kengligi fasonga binoan belgilanadi. Keyin yoqa qaytarmasining chizig’i V4 V5 yoqa uchlari burchagining chizig’i V4 V5 A 1 7 va adip qaytarmasining chizig’i A! 7 V ! 5 L modelga binoan chizib olinadi. A! 7 nuqtaning holati ham ixtiyoriy belgilanadi. Yoqa o’mizining o’yilishi A7A » 7 fasonga bog’liq bo’ladi. Yassi yoqalar va fantazii yoqalar. Yassi (ko’tarmasi yo’q) yoqalar bo’yinga emas, yelkaga yopishib turadi. Bu yoqalarning yoqa o’miziga o’tkaziladigan chizig’i yoqa o’miz o’yig’ining chizig’iga mos keladi. Va uch xil tipdagi yassi yoqalar ko’rsatilgan : a) motroska tipidagi yoqa, b) o’zbekcha ko’ylakdagi shol yoqa, v) bo’yinga salgina yopishib turadigan uzun yassi yoqa. Har qanday shakldagi yassi yoqa konstruksiyasini hosil qilish uchun ort bo’lak bilan oldindan ko’krak vitachkasi ko’chirilgan old bo’lak andazalarini yelka qirqimlar bo’ylab birlashtiriladi. Yoqa fasoniga binoan yoqa o’miz o’yig’ining chizig’i belgilanadi. Motroscha yoqa qaytarmasining chizig’i uzluksiz chiziq bilan ko’rsatilgan. Yoqaning ort tomonidagi kengligi, yelka qirqimlar bo’ylab kengligi istalgancha ixtiyoriy belgilanadi. Shol yoqalarda va uzaytirilgan yoqalarda kichkinagina ko’tarma qilish mumkin. Bunda yoqaning tashqi ko’rinishi yaxshiroq bo’ladi. Masalan, o’zbekcha ko’ylakka shol yoqa qilish uchun old va ort bo’lak koketkalarining detallarini bir-biriga to’g’rilab, old va ort bo’laklar yoqa o’mizlarining yuqori nuqtasini ustma-ust keltirishigina kifoya bo’ladi. Ort bo’lak yelka qirqimi old bo’lak yelka qirqimidan yeng o’miz qirqimi bo’ylab 2÷4 sm o’tib turishi kerak. Yoqa o’miz o’yig’idan boshlab, ort bo’lak o’rta chizig’i bo’ylab yoqaning istalgan kengligiga kichkina ko’tarma balandligi uchun ya’na 1,5 sm qo’shib o’lchab qo’yiladi. Agar yoqani bo’yniga ko’proq yopishib turadigan qilmoqchi bo’lsa, bunda yoqaning ko’tarma qirqimi bir oz to’g’riroq qilinadi. Buning uchun yoqani bo’laklarga kesib, ularni soat millariga qarshi yo’nalishda burib, yoqaning asosiy bo’lagi ustiga 2-bo’lagi 1-bo’lagi ustiga, 3-bo’lagi 2-bo’lak ustiga va hakozo o’tadigan qilib suriladi. Yoqa bo’laklarning qanchaga surilishi yoqa yaxshi turadigan bo’lguncha ixtiyoriy davom etadi..Yoqa konstruksiyasi bunday hal etilganda yoqa ko’tarmasi kengayadi, shuning uchun yoqa qaytarma chizig’i aniqlanishikerak bo’ladi.Hosil qilingan yoqa shaklini maketlik xom surp gazlama parchasida tekshirib ko’rilsa yomon bo’lmaydi. Shunday yo’l bilan olinishi mumkin bo’lgan o’zbekcha ko’ylak yoqa shaklining variantlari turli chiziqlar bilan berilgan. Uchli yoqa ham shunday yo’l bilan hosil qilingan. Fantazii yoqa yassi yoqa chizmasining asosida hosil qilinadi. Buning uchun fasonga binoan yoqa o’miz o’yig’i o’zgartiriladi-da yoqani yoqa o’miziga o’tkazish chizig’i hosil qilinadi. Yoqa qaytarmasi chizg’ning shakli modelga binoan chiziladi. Yoqani o’mizga har xil usulda tikish mumkin. Quyidagi usul eng ko’p qo’llashadi, yoqa o’mizidan pastga,oldingi o’rta chiziq bo’yicha gazlama 0,5g’1 sm chuqurlikda kertiladi; bort osti (ilgak haqini ko’rsatib turgan chiziq bo’yicha) kiyimning o’ng tomonga qayirib qo’yiladi, so’ngra bort ostining bukilgan joyi (taxi)dan oldingi o’rta chiziqqacha mashinada tikib chiqiladi, bort osti teskarisiga qayirib qo’yiladi. Bortning cheti sirma qaviq solib tikiladi, so’ngra yoqaning bir kavati o’mizga ko’klab chiqiladi, keyin bir tomondagi kertikkacha mashinada tikiladi; yoqa osti qatlamining qirqilgan cheti ostiga 0,5-1 sm qayriladi (bukiladi) va o’mizdagi baxya iplaridan ilib olib, ko’rinmaydigan qaviq soldirib tikiladi. Yoqani qiya adip solib tikish usuli quyidagicha; yoqaning o’rta chizig’i o’mizning o’rta chizig’iga to’g’ri keltirilgan, yoqa o’miziga ko’k solib tikiladi; bunda yoqaning uchlari tikish chizig’i bo’yicha kiyimning oldingi o’rta chizig’iga to’g’ri kelib turishi, bort osti ilgak chizig’i bo’yicha teskarisiga qayrilishi (buqilishi) lozim. Shundan keyin tayyor qiya adip o’mizga tepchib qo’yiladi, uning uzunligi aylanasi uzunligiga teng bo’lishi lozim. So’ngra yoqa o’mizi va adip juftlashtirilib, ustidan mashinada baxyalab tikiladi, tepchib qo’yilgan ip sugurib tashlanadi, adip va bort osti kiyimning teskarisiga qayirib bukiladi va baxya chizig’i bo’yicha hamda adip chetidan sirmalab tikiladi. Adip ko’rinmaydigan qaviq solib tiqilishi lozim. Bo’yinga yopishib turadigan qaytarma yoqa Buklangan qaytmali V4 V3 V1 V2 V5 A6 A7 A4 V F1 F2 F L Buklangan qaytarmali yoqalar. V4 V3 V1 V2 F5 V A4 F4 F A7 V5 L Buklangan qaytmali yoqalar Apash tipidagi yoqa V2 V1 V3 A4 A5 A3 O L Ayollar ko’ylagining yoqalari konstruktiv jixatdan qaytarma yoqa, shal yoqa, tik yoqa va matroscha yoqalarga ajratiladi. Gazlama to’riga qarab ularga qayirma qo’yiladi yoki qo’yilmaydi. Yoqa o’miziga ulanish usuliga qarab o’tqazma va yaxlit bichilgan (old bo’lak bilan va adip bilan) bo’lishi mumkin. Yoqa tayyorlash 2 bosqichdan iborat: 1. Yoqa tayyorlash; Yoqani yoqa o’miziga o’tqazish. Yoqalar ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo’yiladigan bezak yoqalar to’rlariga bo’linadi. Erkaklar va o’g’il bolalar ko’ylagining ustki va ostki yoqasi orasiga qo’shimcha qatlam qo’yiladi. Yanada qattiqroq bo’lishi uchun yana bir qavat qo’shimcha qatlam yopishtiriladi. Keyingi qo’shimcha qatlamning chetlari yoqaning agdarma chokiga kushib tikilmasligi kerak, Yoqalarning qaytarma qismi bilan ustki va ostki qismi alohida bichilgan, yalang qavat va olib qo’yiladigan bezak yoqalar to’rlariga bo’linadi. Ko’tarma qismi alohida yoki yaxlit bichiladi. Ustki va ostki qismi alohida bichilgan yoqani tikish. Ustki va ostki yoqa alohida bichilgan bo’lsa ularni o’ngini ichkariga qaratib qo’yib, yoqa burchaklarida ustki yoqadan 0,4 sm. solqi xosil qilib - 0,5 sm. kenglikdagi agdarma chok bilan tikiladi. Yoqa burchaklaridagi chok haqi chokka 2 mm. yetkazmay qirqiladi, o’ngiga agdarib, ustki yoqadan 0,2 sm. kant xosil qilib ko’klanadi, dazmollanadi va yoqachetlariga bezak baxyaqator yurgiziladi. Qaytarma va ko’tarma qismi alohida bichilgan yoqani tikish Yoqaning qaytarma qismi bilan ko’tarma qismi alohida bichilganda, tayyor yoqa qaytarmasini yoqa ko’tarmasi 2 qismi orasiga to’grilab qo’yiladi va o’tkazilib ayni vaqtda ko’tarmaning yon chetlari agdarma chok bilan tikiladi. Ko’tarma o’ngiga agdarilib, ostki ko’tarma yoqa o’miziga o’tkaziladi, ustki ko’tarmaning pastki qismi ostki ko’tarma o’tkazilgan chokni yopib, buklangan ziydan 0,1 sm. naridan bostirib, ko’tarmaning yuqori cheti ham tikiladi. Qaytarma va ko’tarma qismi yaxlit bichilgan yoqani tikish. Qaytarmasi bilan ko’tarmasi yaxlit bichilgan yoqa agdarma chok bilan tikib olgandan keyin qo’shimcha qatlamga yoqa qaytarmasining ko’tarmaga ogish chizigi bo’ylab, yoqa uchlariga 3- 4 sm yetmaydigan qilib elimlab qo’yiladi. Ustki yoqa qo’shimcha qatlam bilan birga yoqa o’miziga o’tkaziladi. Ostki yoqaning 0,1 sm oraliqda bostirib tikiladi va yoqa tayyor bo’lgandan keyin qaytarmaning ko’tarmaga o’tish chizig’I bo’ylab baxyaqator yurgiziladi Adip qaytarmali yoqani tikish. Adip qaytarmali yoqani o’tkazayotganda, adip bilan old bo’lak o’ngi ichkariga qaratilib juftlanadi va ular orasiga yoqani o’ngini, o’ngigaga qaratilib, adip tomondan yelka chokigacha tikilishi bilan birga bort ham ag’darma chok bilan Germaniya "Tekstima" firmasining 8332 kl mashinasida tikiladi. Ustki yoqaning chok haqi kertilib, qaytarib qo’yiladi va ostki yoqa ort bo’lak o’miziga o’tkaziladi. Ustki yoqa qirqim tomonga buqilib, ort bo’lak yoqa o’miziga bostirib tikiladi Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’y lak yoqasini tikish. Taqilmasi yoqagacha yetgan ko’ylak yoqasini o’tqazishda ostki yoqa asosiy detal bilan ung tomonlari ichkariga qaratilib juftlanadi va qirqimlari tekislanib, kertimlari to’g’ri keltirilib, ostki yoqa tomonidan 0,7-1 sm. kenglikdagi chok bilan o’tkaziladi. Ustki yoqaning qirqim tomondagi cheti ichkariga buqilib, ostki yoqa o’tqazilgan chokni yopadigan qilib, bostirib tikiladi Yalang qavat yoqalarni tikish. Yalang qavat yoqalarni to’rlicha tikish mumkin. Ularning yon va qaytarma qirqimlariga to’r qo’yib, siniq baxyaqator mashinada qo’yma chok bilan, magiz chok bilan yoki yoqa qirqimlarini teskariga bukib, bostirib tikish mumkin Olib qo’yiladigan bezak yoqalarni tikish. Bunday yoqalarning ko’tarma qismining qirqimi yo’rmalanadi yoki to’rtala tomoni tikiladi, shu ochikq joydan o’ngi-ga ag’dariladi va ochiq joyi chok qirqimlari ichkari tomonga bukilib, ziylaridan 0,1-0,2 sm. oraliqda tikiladi .Yoqaning ko’tarma qirqimiga magiz qo’yib tikish xam mumkin Yoqasiz kiyimlarning yoqa o’mizini tikish. Yoqasiz buyumda yoqa o’mizi qirqimlarini shu yoqa o’mizi shaklida bichib yoki qiya (tanda ipiga nisbatan 45° S burchak ostida) bichib olingan magiz yoki beyka bilan agdarma chok solib, kant hosil qilib tikish mumkin. Avval magiz pastki cheti 0,7 sm bukiladi va ustki yoqa o’tkazilgan chokni yopadigan qilib, bukilgan ziydan bo’laklari biriktirib tikiladi, chok haqi yorib dazmollanadi, keyin asosiy detal o’ng tomonga o’ngini pastga qilib tugrilanadi va agdarma chok bilan tikiladi. Chok magiz tomonga buqilib, magizning o’ngidan agdarma chokdan 0,1-0,3 sm oraliqda bostirib tikiladi. Keyin magiz buyumning teskari tomoniga qaytarilib, 0,1-0,2 sm kenglikda kant hosil qilib dazmollanadi. Magizning ichki qirqimlari buklab tikilgan), yoki maxsus mashinada yurmalangan bo’ladi,. Keyin asosiy detalga 7-8 sm oraliqda yashirin qaviq bilan qo’lda chatiladi yoki maxsus mashinada tikib qo’yiladi. Qalin gazlamalardan tikilgan kiyimning yoqa o’mizini magizli chok bilan va ikki ignali mashinada beyka qo’yib tikish mumkin.
|
| |