ARXIV VAZIFASI VA FUNKSIYALARI




Download 22.64 Kb.
bet2/3
Sana27.09.2023
Hajmi22.64 Kb.
#84872
1   2   3
Bog'liq
Bank hujjatlarini saqlash tartibi va arxivlash
Baxodirova Gulhayo Mustaqil ish, 2-oraliq, Issiqlik uzatish va uning turlari. (issiqlik o’tkazish, konveksi-fayllar.org, IIBOB (1), 1-O\'z betinshe Jalg\'as, 7-22 guruh, 325681, Эпилепсия ва тутқаноқ синдромлари, 1-13 shppi, Geografik nomlarning imlosi – yozilishi, nomlar transkriptsiyasi, tarjima qilinadigan va tarjima qilinmaydigan nomlar, 0 ‘QISH DARSLARIDA MUSTAQIL ISHLAR, 25134, Базарова Р таржимага, portal.guldu.uz-ESHITISHIDA NUQSONI BO`LGAN BOLALAR.
2. ARXIV VAZIFASI VA FUNKSIYALARI
2.1. Bank arxivida jamlanadigan hujjatlar tarkibiga va hujjatlarni idoraviy saqlashni amalga oshiradigan tashkilotlarning davlat majburiyatlariga qarab quyidagi turdagi arxivlarni tashkil etish mumkin:
faqat bitta bankka tegishli hujjatlarni saqlovchi arxiv;
markaziy apparat hamda bank qaramog‘idagi tashkilotlar hujjatlarini saqlovchi markaziy arxiv.
2.2. Bank arxivining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
arxiv to‘g‘risidagi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘zda tutilgan tartibda hujjatlarni arxivlarda jamlash;
arxivda saqlanayotgan hujjatlarning butligini, ularning hisobini to‘g‘ri yuritishni, sifatli qayta ishlashni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash;
banklarda ish yuritish hujjatlarini tashkil etish, shuningdek, arxiv hujjatlarini tashkil etishda rahbarlik va tekshirishlarni amalga oshirish.
2.3. Bank arxivining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
mazkur Qoidaning 3.48-3.53-bandlariga muvofiq banklar tarkibiy bo‘linmalari hujjatlarini saqlashga qabul qiladi;
arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarni hisobga oladi va ularning butligini ta’minlaydi;
hujjatlarni tayyorlaydi va saqlash uchun davlat arxiviga topshiradi;
doimiy saqlanadigan jildlarning yig‘ma ro‘yxatlarini bo‘limlar bo‘yicha yillarda ko‘rsatish va tuzishni tashkil etadi yoki amalga oshiradi;
yig‘majildlar ro‘yxatiga muvofiq tutilgan va bank arxiviga o‘z vaqtida kelib tushmagan jildlarni izlashda muassasa (devonxona, kotibiyat) ish yuritish xizmatiga uslubiy va amaliy yordam beradi;
bank rahbariyatini arxivdagi hujjatlar tarkibi va mazmuni haqida xabardor qiladi, bank rahbariyati topshirig‘iga binoan hujjatlarni aniqlaydi;
arxivda saqlanuvchi hujjatlardan foydalanish hisobini yuritadi;
saqlanishi va saqlash muddati o‘tganligi sababli yo‘q qilish uchun tanlab olingan yig‘majildlarga dalolatnoma tuzish lozim bo‘lgan hujjatlar jamlanma ro‘yxati yillik bo‘limlarini ko‘rib chiqishda, maxsus ekspert komissiyasida ishtirok etadi;
bank ishlarini yuritishda hujjatlar butligi, to‘g‘ri shakllantirilishi va rasmiylashtirilishini tekshiradi;
arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlarni (yo‘riqnomalar, tavsiyanomalar, nizomlar va b.) ishlab chiqish va ish yuritishda hujjatlarni tashkil etadi;
arxiv va ish yuritish xizmati xodimlari malakasini oshirishga doir o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda qatnashadi.
2.4. Bankning markaziy arxivi arxiv ishlari va banklarda ish yuritishda hujjatlarni tashkil etish va ular ustidan nazoratni amalga oshirishda ishtirok etadi.

Download 22.64 Kb.
1   2   3




Download 22.64 Kb.