Mavzu: Barometrik formula. Bolsman qonuni




Download 145.5 Kb.
bet1/2
Sana11.03.2023
Hajmi145.5 Kb.
#44943
  1   2
Bog'liq
Barometrik formula. Bolsman qonuni.
Савдогарлар устози(2) (1), Polimerlarning olinishi va tuzilishi Sopolimerlanish Polikondens, 5 topshiriq mt fani kril, Хукукий ахборот технологиялари - Ахборот хавфсизлиги ва ахборотларни химоялаш усуллари. Ахборотларни химоялашнинг техник ва дастурий воситалари. Ахборотларни химоялаш усуллари., tor tenglama x, DNK nukleotidlariga, fosfodiefirlarga oid masalalar, Тижорат мақолалар ва рекламалар чоп этиш тарифи, Olam. Osmon jismlari, Kaykovus va Alisher Navoiy asarlarida nutq madaniyati masalari, Презентация Microsoft PowerPoint, Dars-tahlili, Pedagogika, G aziyev A. Israilov, 2006 yil. Matematik analizdan misol va masalalar, Taqdimot



Mavzu: Barometrik formula. Bolsman qonuni.

Reja:


  1. Barometrik formulasining mohiyati haqida tushuncha.

  2. Bolsman taqsimoti (qonuni).

  3. Molekulalarning tezlik komponentalari bo`yicha taqsimoti.

  4. Molekulalarning tezliklar bo`yicha taqsimoti. Maksivell taqsimoti.

  5. Xulosa.

Gaz molekulalarining tartibsiz harakati tufayli uning zarralari idishning butun hajmi bo`ylab tekis taqsimlanadi. Va har bir hajm birligida o`rtacha bir xil sondagi zarralar bo`ladi. Shuningdek tashqi kuchlar ta`sir etmaganda muvozanat holatda gazning bosimi va temperaturasi butun hajm bo`yicha birday bo`ladi. Agar tashqi kuchlar ta`sir esa, idishdagi gaz molekulalarining tabiatini o`zgarishiga olib keladi. Masalan, og`irlik kuchi ta`sirida bo`lgan gaz (havo)ni ko`rib o`taylik.
Agar molekulalarning issiqlik harakati bo`lmaganda edi, ularning hammasi og`irlik kuchi ta`sirida yerga «qulab» tushar va butun havo yer sirti yaqinida yupqa qatlam hosil qilib to`plangan bo`lar edi. Agar og`irlik kuchi mavjud bo`lmay, molekulyar harakat mavjud bo`lganda edi, molekulalar butun olam fazosi bo`ylab tarqalib ketgan bo`lar edi.
Atmosfera ( yerning havo qobig`i o`zining hozirgi tarzida ayni bir vaqtda molekulalarning issiqlik harakati va yerga tortishish kuchi borligi tufayli mavjuddir. Molekulalarning balanlik bo`yicha taqsimlanishida, gaz bosimini balandlikka bog`liq holda o`zgarish qonuni amal qiladi. Bu qonunni mohiyatini qaraylik. 1-rasmda havoni yer sirtidagi h=0 bo`lgandagi bosimini Р0 га, h balandlikda esa R ga teng deylik. Balanlik dh ga ortganda bosim dp ga o`zgaradi.
Ma`lumki, biror balandlikka havoning bosimi yuzi bir birlikka teng bo`lgan shunday balandlikdagi vertikal havo ustuni og`irligiga teng. Shuning uchun dp yuzi bir birlikka teng bo`lgan havo ustunining h va h+dh balandliklardagi og`irliklari farqiga teng, ya`ni asos yuzi bir birlikka teng bo`lgan dh balandlikdagi havo ustuni og`irligiga teng:

bu yerda   havoning zichligi va g  og`irlik kuchining tezlanishi. Gazning ( zichligi, molekula massasi m ni ularning hajm birligidagi soni n ga ko`paytirilganiga teng:

Gazlar kinetik nazariyasidan ma`lumki, molekulalar soni ga teng. Shunga asosan n ni o`rniga qo`ysak,
ва (8.1)
ga teng bo`ladi. Bu tenglamani quyidagi ko`rinishda ifodalash mumkin:


(8.2)
Agar temperatura hamma balandlikda birday deb hisoblasak, u holda (8.2) munosabatni integrallab, quyidagi tenglikni olamiz:
(8.3)
bu yerda C-integrallash doimiysi. Bundan
(8.4)
С doimiy h=0 bo`lganda Р=Р0 ekanlik shartidan aniqlanadi. (8.4) formulaga h va Р ning bu qiymatlarini quyib yozsak:

Demak biz qaraydigan havo bosimining yer sirtidan balanlikka bog`liqligi quyidagi ko`rinishda bo`ladi.
(8.5)
,
yoki ekanligini nazarga olsak (bu yerda -molekulyar massa, ya`ni mol massasi, N0-Avagadro soni) quyidagi munosabatni hosil qilamiz:
(8.6)
Bosimning balandlik ortishi bilan kamayib borishini ko`rsatuvchi (8.6) tenglama Barometrik formula deyiladi. Tog` cho`qqilari, samolyotning uchish balandligini o`lchashga mo`ljallangan asboblar shkalalari bevosita metrlarda darajalangan maxsus barometrdan iborat bo`ladi. Ammo biz bu tenglamani keltirib chiqarishda balandlikni barcha sohalarida temperatura o`zgarmaydi deb hisobladik, shuning uchun formulaga temperatura tuzatmasini kiritish lozim bo`ladi.

Download 145.5 Kb.
  1   2




Download 145.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Barometrik formula. Bolsman qonuni

Download 145.5 Kb.