Mavzu: birlamchi telekommunikatsiya signallari va ularning parametrlari




Download 87,96 Kb.
bet3/3
Sana09.01.2024
Hajmi87,96 Kb.
#132764
1   2   3
Bog'liq
abonent kirish tarmoqlari mi1
kommutatsiya mi2, kompyuter injiniringi suhbat uchun, 1-topshiriq
Aloqa kanallari Aloqa kanallari xuddi signallardek asosan uchta ko‘rsatkich bilan baholanadi. Bular: 𝑇𝑘 – kanal orqali xabar uzatilish vaqti; 𝐷𝑘 – kanal dinamik diapazoni; 𝐹𝑘 – kanal signal spektrini o‘tkazish kengligi. Kanal uchta asosiy ko‘rsatkichlari ko‘paytmasi 𝑇𝑘 • 𝐷𝑘 • 𝐹𝑘 = 𝑉𝑘
aloqa kanalining hajmi deb ataladi va kanalning xabar o‘tkaza olish imkoniyatini belgilaydi. Signalni aloqa kanali orqali uzatish uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim: 𝑇𝑘 ≥ 𝑇𝑠, 𝐷𝑘 ≥ 𝐷𝑠 va 𝐹𝑘 ≥ 𝐹𝑠 yoki 𝑉𝑘 ≥ 𝑉𝑠 (1.2) dan ko‘rinib turibdiki signalning yoki kanalning bir parametrini ikkinchisiga almashtirib aloqa kanali orqali signalni uzatish mumkin. Hozirda turli radioaloqa kanallari mavjud. Bular uzun va qisqa to‘lqinlardan foydalanadigan radioaloqa kanali; radiorele aloqasi kanali; sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa kanali; troposfera aloqa kanali; kosmik aloqa kanali; mobil aloqa kanali va boshqalar.
Har qanday aloqa kanallari quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 1. Aloqa kanallarini chiziqli tizim deb hisoblash mumkin, chunki kanal chiqishidagi signal kanal kirishidagi signallar yig‘indisiga teng, superpozitsiya prinsipiga bo‘ysunadi: 2. Har qanday aloqa kanalida foydali signal bo‘lish bo‘lmasligidan qat’iy nazar doimo xalaqit signali mavjud bo‘ladi, ya’ni 𝑥(𝑡) = 𝑠(𝑡) + 𝑛(𝑡). 3. Signal aloqa kanalidan o‘tganda u biroz kechikadi va uning sathi kamayadi. 4. Signal aloqa kanalidan o‘tganda har doim uning shakli buziladi. Shunday qilib kanal chiqishidagi signal quyidagicha ifodalanishi mumkin: 𝑥(𝑡) = 𝜇(𝑡)𝑠(𝑡 − 𝜏) + 𝑛(𝑡);
bunda 𝜇 va τ signal so‘nishi va kechikishini ko‘rsatuvchi kattaliklar. Agar 𝜇 va 𝜏 vaqt davomida o‘zgarmasa, bunday aloqa kanali doimiy ko‘rsatkichli aloqa kanali deb ataladi. 𝜇 va 𝜏 lardan biri yoki ikkalasi vaqt davomida o‘zgarib tursa, bunday kanal ko‘rsatkichlari o‘zgaruvchan kanal deb ataladi. Masalan: yer usti radioeshittirish va Televideniye kanali ko‘rsatkichlari o‘zgarmas kanalga misol bo‘la oladi. Harakatdagi aloqa tizimi kanallari: sotali aloqa; uchayotgan samolyot yoki kosmik kema bilan qisqa to‘lqinli radioaloqa kanali o‘zgaruvchan ko‘rsatkichli aloqa kanali sifatida qaralishi mumkin.
Download 87,96 Kb.
1   2   3




Download 87,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: birlamchi telekommunikatsiya signallari va ularning parametrlari

Download 87,96 Kb.