• Signallar va ularning parametrlari
  • Mavzu: birlamchi telekommunikatsiya signallari va ularning parametrlari




    Download 87,96 Kb.
    bet2/3
    Sana09.01.2024
    Hajmi87,96 Kb.
    #132764
    1   2   3
    Bog'liq
    abonent kirish tarmoqlari mi1
    kommutatsiya mi2, kompyuter injiniringi suhbat uchun, 1-topshiriq
    Axborot uzatish tizimi. Xabarni manbadan xabar iste’molchiga yetkazib berish uchun foydalaniladigan texnik qurilmalar aloqa tizimi deb ataladi .
    Aloqa tizimi: xabar manbai (XM), xabarni elektr signalga aylantirish qurilmasi (XSA), signal uzatish qurilmasi (SUQ), aloqa liniyasi (AL), signal qabullash qurilmasi (SQQ), elektr signalni xabarga aylantirish (SXA) qurilmasi va xabar iste’molchi (XI) dan iborat.
    Signallar va ularning parametrlari Har qanday signal 𝑢(𝑡) vaqt funksiyasi hisoblanadi. Signallarni vaqt funksiyasi sifatida quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan: – vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signal; – vaqt bo‘yicha diskret va sath bo‘yicha uzluksiz signal; – vaqt bo‘yicha uzluksiz va sath bo‘yicha diskret signal; – vaqt va sath bo‘yicha diskret signal.
    Vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signallar vaqt bo‘yicha chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lib, sathi ma’lum bir oraliqdagi qiymatlarni qabul qiladi. Bunday signallarga mikrofon, temperatura o‘lchagich, bosim o‘lchagich va boshqa shunga o‘xshash asboblar chiqishidagi signal misol bo‘ladi.
    Bu signallar fizik kattaliklarning elektrik modellari bo‘lganligi, unga mos ravishda o‘zgargani uchun bunday signallar “analog” (o‘xshash, mos) signallar deb ataladi. Signallar vaqt bo‘yicha diskret 𝑡 = 𝑘∆𝑡 (∆𝑡 – diskret vaqt oralig‘i bir xil qiymatli va turlicha bo‘lishi mumkin) va sath bo‘yicha ma’lum bir oraliqdagi har qanday qiymatlarga teng bo‘lishi mumkin.
    Bunday signallarni uzluksiz signallarning har bir ∆𝑡 vaqt oralig‘ida qiymatlarini belgilash orqali olish mumkin. Bu jarayon vaqt bo‘yicha diskretlash deb ataladi. Odatda diskretlash oralig‘i ∆𝑡 bir xil qilib, uzluksiz signalni uning vaqt bo‘yicha diskret oniy qiymatlari orqali qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi
    Uchinchi tur signallar sath bo‘yicha diskretlangan – kvantlangan bo‘lib, u 𝑘∆𝑡 yoki ma’lum bir uzluksiz vaqt 𝑡 da ma’lum bir diskret qiymatga ega bo‘ladi. Kvantlash natijasida signal sathining oniy qiymati unga eng yaqin bo‘lgan, ruxsat etilgan sath qiymati bilan almashtiriladi. Natijada, zinasimon signal hosil bo‘ladi. Kvantlash oralig‘i (qadami) bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Ikki eng yaqin ruxsat etilgan oraliq kvantlash oralig‘i (qadami) deb ataladi va odatda ∆𝑈 bilan belgilanadi. Kvantlash oralig‘i bir xil yoki turlicha qilib tanlanishi mumkin. Kvantlash oralig‘i bir xil bo‘lgan signalni qayta tiklashda yuzaga keladigan absolyut xatolik ∆𝑈/2 ga teng bo‘ladi. Ma’lum bir davomiylikka ega bo‘lgan uzluksiz signalni kvantlash natijasida hosil bo‘ladigan xatolikning o‘rtacha kvadratik qiymati ∆𝑈/12 ga teng bo‘ladi. Odatda ∆𝑈 – uzluksiz signalni uning kvantlangan qiymatlari asosida qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi
    To‘rtinchi tur signallar ma’lum diskret vaqt 𝑘∆𝑡 larda (𝑘 = 0, 1, 2, … , 𝑛) ma’lum bir diskret qiymatni qabul qiladi. Bunday signallar uzluksiz signallarni vaqt bo‘yicha diskretlash va sath bo‘yicha kvantlash natijasida olinadi. Vaqt va sath bo‘yicha diskret signalning qiymati kvantlash oralig‘i ∆𝑈 ga bog‘liq bo‘lib, kvantlash natijasida umumiy holda ruxsat etilgan 𝑁 ta oniy qiymatlardan birini qabul qiladi. Kvantlangan signal sathini ketma-ket butun sonlar bilan belgilab, bu sonlarni odatda ikkilik signal 1 va 0 lardan iborat signal bilan almashtirib, aloqa kanali orqali modulyatsiyalangan radiosignal orqali uzatiladi. Kvantlangan signalning oniy qiymatlarini diskret elementar signallar (odatda 1 va 0) bilan almashtirish natijasida hosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi.
    Vaqt funksiyasi bo‘lgan signal 𝑢(𝑡) haqiqiy yoki kompleks qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun signallarning haqiqiy va kompleks matematik modellari mavjud. Signallar determinant (o‘zgarish qonuniyati avvaldan ma’lum) va tasodifiy (o‘zgarish qonuniyati avvaldan ma’lum emas) bo‘lgan turlarga bo‘linadi.
    Har qanday 𝑡 yoki 𝑘∆𝑡 vaqtda qiymatlari avvaldan birga teng ehtimollik bilan ma’lum bo‘lgan signallar determinant signallar deb ataladi. Har qanday 𝑡 yoki 𝑘∆𝑡 vaqtda qiymatlarini avvaldan birga teng ehtimollik bilan aniqlab bo‘lmaydigan signallar tasodifiy signallar deb ataladi. Axborot tashuvchi hamma signallar tasodifiy signallar hisoblanadi. O‘zgarish qonuni avvaldan ma’lum bo‘lgan signallar hech qanday axborot tashish (eltish) imkoniyatiga ega emas.
    U go‘yoki hech bir yozuvi yoki belgisi bo‘lmagan oq qog‘oz kabidir. Determinant signallarni aloqa kanali orqali uzatmasdan qabullash tomonida shakllantirish mumkin.
    Determinant signallardan turli radiotexnik funksional qism, qurilma va tizimlarni sinovdan o‘tkazishda foydalaniladi.
    Ulardan turli chiziqli, nochiziqli va parametrik radiotexnik zanjirlarni tahlil etishda, tadqiqot ishlari olib borishda foydalaniladi.
    Odatda determinant signallar sifatida birlik sakrash impulsi, sinusoidal signallardan, delta funksiya signali 𝛿(𝑡), to‘rtburchaksimon va boshqa ko‘rinishda bo‘lgan signallardan foydalaniladi. Har qanday signal ma’lum bir 𝑇𝑠 vaqt davomiyligida uzatiladi .
    Signal 𝑇𝑠 vaqt oralig‘ida o‘zining eng kichik oniy qiymati 𝑈𝑚𝑖𝑛 bilan eng katta oniy qiymati 𝑈𝑚𝑎𝑥 oralig‘ida o‘zgaradi. Signal eng katta qiymati Umax ning uning eng kichik qiymati 𝑈𝑚𝑖𝑛 ga nisbati, ya’ni 𝑈𝑚𝑎𝑥/𝑈𝑚𝑖𝑛 = 𝐷𝑠 signal dinamik diapazoni deb ataladi. Signal 𝑇𝑠 vaqt davomida o‘zining 𝑈𝑚𝑎𝑥 qiymatidan 𝑈𝑚𝑖𝑛 qiymati oralig‘ida tez va sekin o‘zgaradi.
    Signalning o‘zgarish tezligi uning spektri kengligi 𝐹𝑠 ga bog‘liq, ya’ni keng spektrli signal tor spektrli signalga nisbatan tez o‘zgaradi va aksincha. Shunday qilib signal asosan uchta ko‘rsatkichi bilan baholanadi: 𝑇𝑠 – signal davomiyligi; 𝐷𝑠 – signal dinamik diapazoni; 𝐹𝑠 – signal spektri kengligi. Signal asosiy uch ko‘rsatkichlarining ko‘paytmasi 𝑇𝑠 • 𝐷𝑠 • 𝐹𝑠 = 𝑉𝑠 (1.1) signal hajmi deb ataladi.
    Radio yoki televideniye suhandoni nutq signali dinamik diapazoni 25-30 dB, uncha katta bo‘lmagan ashula guruhi 45-55 dB va simfonik orkestr signali diapazoni esa 65-75 dB ga teng. Har qanday aloqa kanalida foydali signal bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar doimo xalaqit bo‘ladi. Signalni qoniqarli sifat bilan uzatish uchun foydali signal quvvati xalaqit quvvatidan katta bo‘lishi kerak. Shuning uchun ba’zi hollarda signal dinamik diapazoni 𝐷𝑠 o‘rniga, signal quvvatini xalaqit quvvatiga bo‘lgan nisbati 𝑃𝑠/𝑃𝑥 = 𝑞 dan foydalaniladi.
    Signal spektri odatda juda keng bo‘ladi. Bu holda signal spektri kengligi qilib signal quvvatining asosiy qismi joylashgan spektr kengligi olinadi.
    Ba’zi hollarda signal spektri kengligi uni uzatish sifatiga qo‘yilgan texnik talab asosida aniqlanadi.
    Masalan, telefon orqali aloqada quyidagi ikki talab asosida spektr kengligi aniqlanadi: birinchisi – nutqning dona-donaligi va ikkinchisi – telefon orqali so‘zlashayotgan ikki shaxs bir-birini tovushidan tanib olishi.
    Bu talablarga tovush spektrining 300÷3400 Hz oraliqdagi qismini uzatish orqali erishish mumkin. Televideniye tizimida asosiy talab tasvirning tiniqligi hisoblanadi.
    Tasvir bir kadrini 625 qatorga yoyish va bir qator o‘tkazib tasvirni yoyish usulidan foydalanilganda, televizion signal spektri 6,25 MHz ga yaqin bo‘ladi.
    Televideniye signalining spektri telefon va radioeshittirish tizimi signali spektridan juda katta,
    bu televizion signal uzatish tizimini bir necha bor murakkablashtiradi.
    Telegraf signali spektr kengligi signal uzatish tezligiga bog‘liq bo‘lib 𝐹𝑠 = 1,5𝑣 ifoda orqali aniqlanadi, bunda 𝑣 – telegraflash tezligi bodlarda baholanadi
    va vaqt birligida uzatilgan telegraf elementar signallari soni bilan aniqlanadi. Agar 𝑣 = 50 Bod bo‘lsa 𝐹𝑠 = 75 Hz bo‘ladi.
    Ko‘p hollarda modulyatsiyalangan signal spektri modulyatsiyalovchi – uzatiladigan xabar signali spektridan keng bo‘ladi.

    Download 87,96 Kb.
    1   2   3




    Download 87,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: birlamchi telekommunikatsiya signallari va ularning parametrlari

    Download 87,96 Kb.