Vizual komponentalar palitrasi. Vizual komponentalar palitrasini bir qismi monitorda ko’rinib turadi, qolganlarini o’ng va chapga siljituvchi tugmachalar vositasida ko’rishimiz mumkin.
Bu bo’lg’usi dasturning interfeysini hosil qiluvchi oynadir. Oynaning nomi va sarlavhasi uning tepasida yozilgan bo’ladi. Odatda, Form l (Form 2, Form 3, Form 4) va shuningdek oynani berkituvchi va kichraytiruvchi tugmachalar ekranning o’ng tepasida joylashgan bo’ladi. Oynaning sathiga vizual dastur uchun zarur bo’ladigan VCL komponentalar joylashtiriladi.
Forma (shakl ) dizayneri
Forma (shakl) dizayneri ostida dastur kodi muharriri joylashgan, odatda u Unit1.cpp sarlavha bilan beriladi. Bu oyna dastur kodini kiritish va tahrir qilish uchun mo’ljallangan.
Ekranning chap past qismida Obyektlar inspektori oynasi joylashgan. Bu oyna Object Inspector kabi sarlavxa bilan beriladi. Bu oynada vizual komponentalarga xususiyatlar o’rnatiladi. Bu oynani dasturchi o’zi xoxlagan ekran sathiga joylashtirishi mumkin.
Dastur kodi muharriri
Obyektlar inspektori oynasi
Obyektlar inspektori oynasi ostida Obyektlarni daraxtsimon ko’rinishi oynasi joylashgan. Bu oynada ilovadagi barcha obyektlar daraxt strukturasi shaklida ifodalangan bo’ladi. Formalar, dastur kodi va boshqa dastur tarkiblari fayllari berilgan bo’ladi.
6-rasm. Obyektlarni daraxtsimon ko’rish oynasi
Bu interfeys ilova tuzatayotganda eng asosiy foydalanayotgan qurolimiz bo’ladi.
Borland C++ Builder 6 muhiti asosiy menyu buyruqlari
File buyruqlari guruhi
Menyuning birinchi File (Fayl) buyrug’i guruhi berilgan.
File buyrug’i guruhi
Bu menyu buyruqlari fayllar bilan ishlashga mo’ljallangan va qo’yidagi amallarni bajaradi: (New) yangi fayl hosil qilish, forma (oyna) ochish, mavjud fayllarni (Open) ochish, fayllarni saqlash (Save) va (Close) yopish, ilova dastur kodi matnini (Print) chop qilish mumkin.
Edit buyruqlari guruhi
Edit (Muharrir), ifodalangan.
Edit buyruqlari guruhi
Menyuning bu buyruqlari guruhi tahrir qilish uchun zarur bo’lgan buyruqlardir. Masalan inkor qilish (Undelete) va (Redo) takrorlash, qirqib olish(Cut), nusxa olish (Copy), nusxa olinganni qo’yish (Paste) va o’chirish (Delete) kabi amallarni o’z ichiga olgan.
|