|
Mavzu: Borland texnologiyasi bajardi: saydaliyev asadbek
|
bet | 5/6 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #113582 |
Bog'liq BORLAND MI1View (Ko’rish) tugmasi.
Bu guruhga quyidagi tugmalar jamlangan (New Form) yangi forma hosil qiladigan, (ViewUnit) modullarni qurish, (ViewForm) formani qurish, (Toggle Form/Unit) formadan modulga, moduldan formaga o’tishni ta’minlaydigan tugmachalar.
Toggle Form Unit formadan kodni tahrirlashga, tahrirlashdan formaga o’tkazuvchi tugma. Agar ilovada bir nechta forma qatnashsa, ularni qurish uchun View Form (Shift+F12) tugmadan foydalaniladi.
Yangi forma hosil qilish uchun New Form tugma bosiladi. Bunda yangi forma dizayneri paydo bo’ladi. Odatda sarlavhasi Form2 kabi nomlangan bo’ladi. Yangi forma ilovada yangi oynalarni ko’rsatish va ifodalash uchun zarur bo’lishi mumkin.
Debug tugmasi.
Bu guruhdagi tugmalar ilovani ishga tushirish uchun mo’ljallangan. Run (F9) tugmasi ilovani bajarish va ishga tushirish uchun, Pause ilovani vaqtincha to’xtatib turish uchun, TraceInto (F7) va Stepover (F8) ilovani qadamba-qadam bajarish uchun mo’ljallangan.
Borland C++ Builder dasturining komponentalar palitrasi
Biz quyida Borland C++ Builder dasturlash tilining komponentalar kutubxonasida mavjud bo‘lgan hamda ko‘p foydalaniladigan komponentalar bilan tanishib chiqamiz. Ushbu komponentalar Borland C++ Builder tilini o‘rganish vaqtida guruhlarga ajratib o‘gatilgan. Ma’lum bir komponentalar to‘plamini komponentalar palitrasi (палитра компонентов) deb nomlaymiz.
Forma oynasi
Timer1 komponentasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz:
void __fastcall TForm1::Timer1Timer(TObject *Sender)
{
ProgressBar1->Position += 5;
ProgressBar2->Position += 5;
}
UpDown1 komponentasining Associate xususiyatiga Edit1 ni moslaymiz, Increment xususiyatiga 5 ni kiritamiz. Loyihani xotiraga saqlab F9 tugmasini bosamiz va ilova ishga tushadi.
Ilova oynasi
Misol. RichEdit komponentasidan foydalanish. RichEdit komponentasi matn muharrirlari (Word, WordPad …) ning ishchi sahifasi vazifasini bajaradi.
RichEdit komponentasidan foydalanib oddiy matn muharriri ilovasini tayyorlaymiz.
Quyidagi tartibda Forma oynasini tayyorlaymiz.
Forma oynasi va unda joylashgan komponentalar
Dastur kodi oynasi
Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va ishga tushiramiz.
Ilova oynasi
Xulosa
Ma’lumki, dastur mashina kodlaridagi qanday ketma–ketligi bo’lib, aniq bir hisoblash vositasini amal qilishini boshqaradi. Dastur vositasi yaratish jarayonini osonlashtrishi uchun yuzlab programalash tillari yaratilgan. Barcha dasturlash tillarini ikkita toifaga ajratish mumkin:
- quyi darajadagi dasturlash tillari;
- yuqori darajadagi dasturlash tillari.
Quyi darajadagi dasturlash tillariga Assembler tillari kiradi. Bu tillar nisbatan qisqa va tezkor bajariluvchi kodlarni yaratish imkoniyatini beradi. Lekin, Asssembler tilida dastur tuzish zahmatli, nisbatan uzoq davom etadigan jarayondir. Bunga qarama–qarshi ravishda yuqori bosqich tillari yaratilganki, ularda tabiiy tilning (ingliz tilining) cheklangan ko’rinishidan foydalangan holda dastur tuziladi. Yuqori bosqich tillaridagi operatorlar, berilganlarning turlari, o’zgaruvchilar va dastur yozishning turli usullari tilning ifodalash imkoniyati oshiradi va dasturni «o’qimishli» bo’lishini ta’minlaydi. Yuqori bosqich tillariga Fortran, PL/1, Prolog, Lisp, Basic, Pascal, C va boshqa tillarni misol keltirish mumkin. Kompyuter arxitekturasini takomillashuvi, kompyuter tarmog’ining rivojlanishi mos ravishda yuqori bosqich tillarini yangi variantlarni yuzaga kelishiga, angi tillarni paydo bo’lishiga, ayrim tillarni yo’qolib ketishiga olib keldi. Hozirda keng tarqalgan tillarga Object Pascal, C++, C#, C++ Builder, Php, Java, Asp tillari hisoblanadi. Xususan, C tilining takommillashgan variantlari sifatida C++, C++ Builder tillarini olishimiz mumkin. 1972 yilda Denis Ritch va Brayan Kernegi tomonidan C tili yaratildi. 1980 yilda Byarn Straustrop C tilining avlodi C++ tilini yaratdiki, unda strukturali va ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash texnologiyasiga tayangan holda dastur yaratish imkoniyati tug’ildi.
Ushbu kurs ishida C++ Builder muhitining Win32 komponentalar palitrasi imkoniyatlari o`rganildi. Win32 komponentalaridan foydalanilib ilovalar yaratildi
|
| |