Kimyoviy formulalar. Molekulyar massa




Download 29,04 Kb.
bet3/7
Sana17.12.2023
Hajmi29,04 Kb.
#121102
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlang‘ich kimyoviy tushunchalarni o‘qitish metodikasi
c masala ish (1), 1-Mustaqil ish topshiriqlari (1), Mustaqil ish mavzulari 650-21, optronlar yangi, Analitik geometriyai (A.Narmanov), 2 yoshdan 6 yoshgacha bo\'lgan bolalarning konginitiv xususiyatlari, Mustaqil ish bo\'sh, 61b183be7cec82.12602101, Ersultan, 4-ameliy jumis, Yo\'ldosheva Gulshoda yozish va taqdimot ishi slayd, 16322244476104787, 1. REFERAT, MTA 1
Kimyoviy formulalar. Molekulyar massa
Atom-molekulyar ta’limot va kimyoviy birikmalar tarkibining doimiyligi bizda har qaysi moddaning molekulasi muayyan elementlarning bir xil sondagi atomlaridan tuzilgan bo‘ladi, degan ishonch hosil qiladi.
Molekulalarning tarkibini ifodalash uchun kimyoviy belgilardan foydalaniladi. Chunonchi, vodorod molekulasi vodorodning ikki atomidan tuzilgan, shuning uchun uni H-H ko‘rinishida ifodalash mumkin. Ammo ikkita belgi o‘rniga bitta belgi yozish qabul qilingan bo‘lib, uning o‘ng tomoni pastiga 2 raqami yoziladi, bu raqam vodorod molekulasi H2 dagi atomlar sonini ko‘rsatadi.
Bu raqamlar indeks (ko‘rsatkichlar) deyiladi: 2 raqamini kimyoviy belgi oldiga qo‘yib bo‘lmaydi, chunki 2H vodorod molekulasini emas, balki vodorodning ikkita alohida atomini bildiradi.
Shundan keyin o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan murakkab moddaning formulasini tuzish, eng yaxshisi, qand misolida tushuntiriladi. Avval o‘quvchilarga qand qanday uchta elementdan tuzilganligini (bu masala ilgari ko‘rib chiqilgan) eslash va ularning kimyoviy belgilarining nomini aytish (bu ham bir uy vazifasida bor edi) taklif qilinadi. Kimyoviy formulaning mazmuni haqidagi bilim o‘quvchilar ilgari uchratgan moddalar ustida mashq qilish yo‘li bilan puxtalanadi. Bu mashqlarni bajarishda ular oldinroq darslikdan doskaga ko‘chirib yozilgan jadvaldan foydalanadilar (jadvalni ko‘chirib yozishda vodorod, kislorod, uglerodni tushirib qoldirish mumkin). Molekuladagi har bir element atomlarining sonini aytib, kislorod, suv, simob (II)- sulfid, temir (III)-oksidning formulalarini tuzish taklif etiladi.
Birikma tarkibida metall bo‘lsa, uning kimyoviy belgisi birinchi o‘rinda yozilishini o‘quvchilarga aytib qo‘yiladi. Har bir shunday masala yechilganda tuzilgan formulalarning ma’nosi ilgari ko‘rib chiqilgan namuna bo‘yicha tushuntirib boriladi. Masalan: «Vodorod—oddiy modda, bir elementdan vodoroddan tuzilgan; vodorod molekulasi vodorodning ikki atomidan tuzilgan; qand — murakkab modda, uch elementdan: uglerod, kislorod va vodoroddan tuzilgan; qand molekulasi 12 atom uglerod, 22 atom vodorod va 11 atom kisloroddan tuzilgan». Bu o‘rinda yordamchi savollar, masalan, modda qaysi gruppaga kiradi (oddiymi yoki murakkabmi), u qanday elementlardan tuzilgan, uning molekulasi to‘g‘risida nimalar deyish mumkin? kabi savollar berib turishga to‘g‘ri keladi.
Moddaning kimyoviy formulasidan keltirib chiqariladigan bundan keyingi ma’lumotlar uning formulasidan bevosita kelib chiqmaydi, balki hisoblashni talab qiladi. Bu ma’lumotlardan birinchisi molekulyar massadir. Bu tushuncha oydinlashtirilib, ta’rifi yozdirilgandan keyin o‘quvchilarga formulalari chiqarilgan ba’zi moddalarning, masalan, qandning molekulyar massasini hisoblab topish taklif qilinadi. Xuddi shu o‘rinda molekulyar massaning fizik ma’nosini oydinlashtirish uchun 3- mashqdagi ikkita masaladan birini va 2- mashqdagiga o‘xshash masalani muhokama qilgan ma’qul. Masalan: qandning mana bunday: a) 200 u. b.; b) 500 u. b.; v) 1026 u. b. ga teng miqdorlari bo‘lishi mumkinmi? Darslikning oxiridagi mashqlar o‘quvchilarga uyga vazifa qilib beriladi.
Formula asosida moddaning protsent tarkibini hisoblash bilan tanishtirish o‘quvchilar tegishli mavzuga tayyorgarlikka ega bo‘lganlaridan metodik jihatdan qiyinlik qilmaydi. Buni aniq misolda, masalan: Fe2O3 formula bo‘yicha temir (III)-oksidning protsent tarkibini hisoblab toping, kabi misolda tushuntirib bersa bo‘ladi.
Temir (III)-oksidning protsent tarkibini hisoblash nima degan so‘z? Bu temir (III)-oksidning og‘irlik jihatdan necha protsenti temirga va necha protsenti kislorodga to‘g‘ri kelishini hisoblab topish demakdir.
Biz formulaga asoslanib temir (III)-oksidning miqdoriy tarkibi to‘g‘risida nimalar deyishimiz mumkin? Biz temir (III)-oksid molekulasida necha uglerod birligida temir, necha uglerod birligidagi kislorod bilan birikkanligini aytishimiz mumkin?
Masalani yechish rejasi: a) temir (III)-oksidning molekulyar massasini hisoblash; b) temir miqdori temir (III)-oksid molekulasi massasining necha protsentini tashkil etishini hisoblash; v) kislorod necha protsentni tashkil etishini hisoblash.

Download 29,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 29,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kimyoviy formulalar. Molekulyar massa

Download 29,04 Kb.