Mavzu: boshlang‘ich kimyoviy tushunchalarni o‘qitish metodikasi reja




Download 29,04 Kb.
bet4/7
Sana17.12.2023
Hajmi29,04 Kb.
#121102
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlang‘ich kimyoviy tushunchalarni o‘qitish metodikasi

Yechish. 1. Temir (III)-oksidning molekulyar massasini hisoblash:
M Fe2O3 = 56-2+16.3=112 + 48=16 (u. b.).
2. Temir (1P)-oksidda temir necha protsentni, ya’ni 112 u. b. 160 ning necha protsentini tashkil qiladi?
3. Temir (III)-oksidda necha protsent kislorod bor?
O‘quvchilarga temir (III)-oksiddagi temirning protsent miqdorini hisoblab topilganidek yo‘l bilan kislorodning protsent miqdorini topishni taklif qilish mumkin. Bu narsa birinchi hisobning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishga imkon beradi.
J a v o b i: temir (III)-oksidda 70% temir va 30% kislorod bor.
Kimyoviy formulalarni o‘qish, shuningdek, kimyoviy formula nimani bildirishini gapirib berish hamda moddalarning protsent tarkibini hisoblab topish malakasiii hosil qilmoq uchun mashq qilish zarur. Darslikning 15- paragrafida topshiriqlar keltirilgan. Bularni o‘quvchilar qanchalik to‘g‘ri bajara olishini tekshirib ko‘rish uchun mashqlarning bir qismini darsda ishlatish kerak.
Endi, darslikda tavsiya etilganidek, modda haqida uning kimyoviy formulasidan keltirib chiqarilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni biror misolda yakunlashga to‘g‘ri keladi.
O‘qituvchi paragraf oxiridagi masalalardan bir nechasini {darsda ishlanmaganlarini) tanlab o‘quvchilarga uyda yechish uchun vazifa qilib topshiradi, 1, 2, 5, 6- masalalarni ham uy vazifasiga qo‘shish zarur. Qolgan mashqlardan mavzuga oid topshiriqlarning bajarilishi tekshirib ko‘rilgandan keyin o‘tkaziladigan so‘roq paytida foydalanish yoki ularni yozma ish uchun qoldirish ham mumkin
Kimyo o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning umumlashtirilgan bilim va tushunish shakli tushunchalar orqali bo‘ladi. Tushunchalar element, modda, kimyoviy reaksiya, kimyoviy qonuniyatlar bo‘lishi mumkin.
Kimyo o‘qitishning asosiy vazifasi kimyoviy qonunlarni va o‘zgarishlarni tushuntirishdir. Birinchi tushunchalar maktabda tajriba orqali o‘rganiladi, keyin esa ularning sifat va miqdoriy o‘zgarishlari o‘rganiladi. Kimyoviy tushunchalarni mukamallashtirish uchun moddalarning sifat o‘zgarishlariga xarakteristika va reaksiyalarga e’tibor berish kerak, bu yerda stexiometrik qonuniyatlarga e’tibor berish nazariy va emperik bo‘ladi.
Metodist kimyogarlar quyidagilarni taklif etadilar: atom, elementning davriy jadvaldagi o‘rni, element belgilari va xossalari va hakazo.
Modda haqida tushuncha: moddalar tarkibi, tuzilishi, xossasi, ishlatilishi, tarqalishi, ularni aniqlash, moddalar klassifikasiyasi. Dispers sistema mavzular va holatlar tushunchasi toza modda va aralashmalar, faza holatlar, eruvchanlik va dissotsiatsiya, erituvchilar, qotishmalar, muvozanat kiradi.
Kimyoviy reaksiyalar tushunchalari energetika haqida ko‘rsatkichlar, mexanizmlar, tezlik, tiplar va kimyoviy reaksiyalar xillari haqida.
Kimyoda analogiya va gomologiya.
Kimyoni o‘rganishda quyidagilarga e’tibor berish kerak:
1. Kimyoviy elementlar haqida umumiy bilimlar sismavzusi, ularni hosil kilgan birikmalar va ularni o‘zgarishi, ayrim kimyoviy o‘ziga xosligi, kimyoviy bilimni bilishda atrof-muhit va ularning qonunlarini o‘rganish.
2. Tabiatning kimyoviy surati uni ilmiy demokratik bilimlar asosida bilish.
3. Kimyoviy texnologik va sanoatning asosiy komponentlari, politexnik tarbiya.
4. Mamlakatni kimyolashtirish, sanoat va fan orasidagi bog‘liklikni tushuntirish.
5. Kimyoviy reaksiya, modellashtirish, tahlil va sintezlar.
Kimyoviy labaratoriyada tajriba bajarish va o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash.
O‘quv jarayonida asta-sekinlik bilan murakkablashtirib borish kerak, o‘quvchilarda mustaqil ishlashga, qiziquvchanlikka hamda faollikka undash kerak.
Kimyoviy reaksiya tushunchasini rivojlantirish bilimlarni sismavzulash va umumlashtirish uchun katta yordam beradi.
Buning uchun quyidagilarga to‘xtalib o‘tish kerak:
1. Kimyoviy hodisalar va ularning mohiyati;
2. Kimyoviy reaksiyalarning fizik hodisalarga o‘xshashligi va farqi;
3. Kimyoviy reaksiyalarning turkumlanishi;
4. Kimyoviy o‘zgarishlarning mexanizmi.
5. Kimyoviy reaksiyalarning qaytarligi va kimyoviy muvozanat.
6. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi.
7. Kataliz va katalizatorlar.
8.Kimyoviy reaksiyalarning shartlari.
9.Kimyoviy reaksiyalarning qonuniyatlari.
Bu reaksiyalar to‘g‘risida metodistlar quyidagicha takliflar kiritishi mumkin:
1.Kimyoviy reaksiyalarning tabiatdagi roli, kishi hayotidagi hamda ishlash jarayonidagi roli.
2.Kishilar tomonidan kimyoviy o‘zgarishlarni o‘rganilishi, bilimlarni mukammallashtirilishi va uning mohiyatini baholashga o‘tishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3.Kimyoviy reaksiyalar mohiyati va tashqi ko‘rinishi va bilimlarni chuqurlatilishi.

Download 29,04 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 29,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: boshlang‘ich kimyoviy tushunchalarni o‘qitish metodikasi reja

Download 29,04 Kb.