• Evristik suhbat usuli
  • Mavzu: boshlang'ich sinf grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish




    Download 36,64 Kb.
    bet4/11
    Sana10.12.2023
    Hajmi36,64 Kb.
    #115032
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    BOSHLANG\'ICH SINF GRAMMATIKA VA IMLO DARSLARIDA QIZIQARLI O\'YINLARDAN FOYDALANISH

    Suhbat usuli grammatika o‘qitish va orfografiyaga, to‘g‘ri yozishga o‘rgatishda ta’lim maktabida keng ishlatiladigan usullardan biridir.
    Ona tilidan o‘rganiladigan material o‘quvchilarga qisman oldingi sinfdan tanish bo‘lsa yoki yangi mavzu biror tomoni bilan oldin o‘tilgan materialga bog‘lansa, darsda suhbat usulidan foydalanish mumkin. Suhbat o‘quvchilarning faolligini oshiradi. Ular o‘qituvchi raxbarligida berilgan faktlarni kuzatadilar, o‘zaro qiyoslaydilar va muxokama qiladilar, so‘ng umumlashgan xulosa chiqaradilar. Suhbat o‘quvchilarning nutq madaniyatini o‘stirishda muhim omillardan biridir.
    Suhbat uch xil bo‘ladi: axborot xarakteridagi suhbat, evristik suhbat, o‘tilgan mavzuni mustaxkamlash maqsadida o‘tkaziladigan suhbat. Bu usul avval savol-javob usuli deb nomlangan. Bunda o‘qituvchi savol beradi, o‘quvchilar o‘z kuzatishlari asosida darslik ustida ishlab, muxokama yuritib savolga javob topadilar va xulosa chiqaradilar, shu yo‘l bilan yangi bilim oladilar. Bu usul o‘quvchilarning faolligini oshiradi, ularni fikrlashga undaydi. , mustaqil ravishda xulosalar chiqarishga o‘rgatadi.
    Evristik suhbat usuli ba’zan yangi mavzu o‘tilayotganda qo‘llanadi. So‘z yasash usullari, so‘z turkumlari, ot yasovchi qo‘shimchalar, fe’l nisbatlari, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi kabi va boshqa mavzularni o‘rganish vaqtida o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib bir necha yordamchi, yetaklovchi savollar tuzadi, topshiriq beradi. Topshiriqni o‘quvchilar o‘zlari bajarishga urinadilar. O‘qituvchi bevosita raxbarlik qiladi. Masalan «Sifat haqida ma’lumot» mavzuini tushintirishda metodist Ashrapov M. evristik suhbat usulidan foydalanishni tavsiya etib, ishni kuyidagicha tashkil etishni ko‘rsatgan.
    O‘qituvchi darsga qadar doskaga anor haqidagi topishmoqni kuyidagicha yozib qo‘yadi:
    …, …, …, mayda, yoqutday, qizil,
    …, …, …, shirin, nordon, xilma-xil
    …, …, … . hamma yerda do‘sti bor.
    Suhbat uchun kuyidagi savol va topshiriqlardan foydalaniladi: chap tomonda berilgan gaplarni o‘qing (O‘ng tomondagi yozuv berkitib qo‘yiladi. )
    Nimani tushundingiz? Bunda siz gap qaysi meva ҳақида borayotganini bila oldingizmi? Javobini topa olasizmi? Endi o‘ng tomondagi topishmoqni o‘qing. Topishmoqning javobini aniqlashingizga yordam bergan so‘zlarga savol bering.
    O‘quvchilar so‘roqni aniqlaganlaridan so‘ng o‘qituvchi «qanday»? yoki «qanaqa?» so‘rog‘iga javob beradigan so‘zlar nimani bildirayapti, savolini beradi. O‘quvchilar anor(narsaning) rangini (qizil), mazasini (shirin, nordon), shaklini (mayda, qalin) va xususiyatini (xilma-xil) bildirishini o‘zlari o‘qituvchining yordami bilan topadilar. Shundan so‘ng o‘quvchilar «Belgi deganda nimani tushunasiz?» so‘rog‘iga javob topadilar. O‘qituvchi o‘quvchilar javobini umumlashtirib, qo‘yilgan muammoni quyidagicha hal qilib beradi: Demak, sifat deb narsa belgisini bildiradigan qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob beradigan so‘zlarga aytiladi. Narsa belgisi deganda uning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini tushunar ekanmiz. Chiqarilgan xulosaning to‘g‘riligi darslikdagi qoidani o‘qib, tasdiqlanadi.
    Ta’lim maktabda yangi pedagogik texnologiyalar, muammolarni xal etish usullaridan aqli zaif o‘quvchilarning yoshi, bilimi, tayyorgarligi, tajribasi, o‘zlashtirish qobiliyati, va boshqa shu kabi dastur talabi, vaqt masalalari va boshqa shu kabilarni hisobga olgan xolda foydalaniladi.
    Suhbat ko‘p xolda o‘quvchilarga ma’lum bo‘lgan grammatik material yuzasidan o‘tkazilib, ular bilganlari asosida o‘qituvchining savol va topshiriqlari yordamida o‘tkazilsa o‘quvchilar zarur xulosa chiqarishga, umumlashtirishga harakat qiladilar. Beriladigan savollar puxta o‘ylab tuzilishi, yaxlit javob berishga yo‘naltirilishi maqsadga muvofiqdir.

    Download 36,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 36,64 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: boshlang'ich sinf grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish

    Download 36,64 Kb.