|
Mavzu: boshlang'ich sinf grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish
|
bet | 1/11 | Sana | 10.12.2023 | Hajmi | 36,64 Kb. | | #115032 |
Bog'liq BOSHLANG\'ICH SINF GRAMMATIKA VA IMLO DARSLARIDA QIZIQARLI O\'YINLARDAN FOYDALANISH
Mavzu: BOSHLANG'ICH SINF GRAMMATIKA VA IMLO DARSLARIDA QIZIQARLI O'YINLARDAN FOYDALANISH
Reja:
Kirish
|
I.BOB.MAKTABDA GRAMMATIKA VA IMLOGA O‘RGATISH USULLARI.
|
1.1 Maktabda grammatika o‘qitish va to‘g‘ri yozuvga o‘rgatishning vazifalari, mazmuni va olib boriladigan ishlar tizimi.
|
1.2 Maktabda grammatika va imloga o‘rgatish usullari.
|
II.BOB.TO‘G‘RI YOZUVNI O‘RGATISHGA OID ISHLARNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI, USULLARI.
|
2.1 Boshlang’ich sinflarda grammatik mashqlar va ularning turlari, uyushtirilishi.
|
2.2 To‘g‘ri yozuvni o‘rgatishga oid ishlarni tashkil etish yo‘llari, usullari
|
Xulosa
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Boshlang`ich sinflarda ta`lim-tarbiyaning zamon talablari darajasida takomillashtirilishi, yoshlarning ma`naviy barkamol shaxslar bo`lib yetishida asosiy omillardan hisoblanadi. Buning uchun o`qituvchilarning ilmiy-pedagogik va metodik tayyorgarligini oshirish, darslarni ilmiy jihatdan takomillashtirish, ilg`or va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga to`liq joriy qilish to`grisida ko`plab fikrlar bayon etilmoqda.
Bugungi kunda xalq ta`limi hodimi oldida turgan eng muhim masala bu– yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Buning uchun salohiyatli, zamonaviy ilm-fan sirlarini puxta o`zlashtirgan kadrlarga ehtiyoj sezilmoqda.
Yurtboshimiz alohida ta`kidlaganidek, ―Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo`lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko`ra kuchli, bilimli dono va albatta baxtli bo`lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz bu borada ma`naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi‖.1
Zero, boshlang`ich sinf ona tili darslarida o`quvchilarning ham ta`limiy ham tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi dars maqsdiga erishishda o`quvchilarning imloviy savodxonligi, uni yanada takomillashtirish usulllaridan foydalanish va darslarni tashkil qilish o`ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilar nutqiy va imloviy savodxonlikka ega bo`ladigan ona tili ta`limida o`quvchi o`z fikrlarini ravon bayon qila oladigan bo`lishi va to`g`ri savodli yoza oladigan bolishi kerak. Shu jihatdan, boshlang`ich sinflarning ona tili darslarida o`quvchilarning imloviy bilimlarini bosqichma- bosqich, tadrijiy ravishda takomillashtirib borish lozim. Shunga ko`ra, ona tili darslarida o`quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirishning eng samarali usul va metodlarini qo`llash bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchisi oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Ta`limning takomillashgan turlaridan foydalanish har jihatdan xususan, ona tili darslarida ham o`ta dolzarbdir. Kurs ishning predmeti. Umumiy o`ta ta`lim maktablarida keng qo‘llanilayotgan eng samarali metodlar asosida darslarni tashkil qilish, noan`anaviy usullardan o`rinli foydalanish metodlarini ishlab chiqish va uni hayotda tadbiq etishdir. Vaholanki, boshlang`ich sinflar ona tili darslarida o`quvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlashda turli-tuman qiziqarli texnologiyalarni qo`llash o`quvchilar faolligini ta`minlaydi. Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida imloviy bilimlarni yanada takomillashtirish uchun har jihatdan samarali bo`lgan dars uslublarini ishlab chiqish, tajriba –sinov darsida ko`proq samarali deb baholangan usullarni tadbiq qilish mazkur ish alohida alohida turgan eng muhim maqsaddir. Kurs ishining ob’yekti. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda 3-sinf o`quvchilari uchun tushunarli bo`lgan materiallar asosida imloviy bilimlarni takomillashtirish samarali deb topilgan uslublarni to`pladik va bu usullarni dars jarayonida qo`llash metodikasini bayon qildik. Kurs ishining ahamiyati: Bunday usullar jumlasiga grammatik o`yinlar, testlar, diktant turlari, boshqotirmalar mansub bo`lib, ulardan ona tili darslari uchun maqsadga muvofiqlarini tanlab olish lozim. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kiris qismi, ikkita bob, to’rta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat
|
| |