2.2. Gramatika va imlo darslarida zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish.
OYINLAR VA BARDAMLAShTIRUVChI MAShQLAR - kichik treninglar, o‘yinlar, qo‘shiq va she’rlar mazmuniga ko‘ra harakatlar qilish asosida amalga oshirilib, o'yin, o'qish, mehnat kabi faoliyat turlaridan foydalanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining asosiy faoliyat turi o‘qish bo‘lishiga qaramay, bir faoliyatdan to‘la ikkinchisiga o‘tish bolada qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli, dars jarayonida turli ta'limiy o‘yinlar qo‘llangan - holda darslar tashkil etiladi. Bular bilan bir qatorda, yuqorida ham to‘xtalib o‘tgan edik, o‘quvchini tetiklashtiruvchi mashqlar, dam olish daqiqalari o‘tkazish orqali ruhiy, jismoniy toliqishini oldini olib, darsga bo‘lgan diqqatini jamlashga olib keladi. O‘tkazilayotgan dam olish mashqlari avvalo, dars mavzusiga qolaversa. fanga mos bo‘lsa, yanada maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinflarda dam olish mashqlari asosan harakatli o‘yinlar, she'r, qo‘shiqlar mazmuniga ko‘ra harakatlar, kichik yoshdagi o'quvchilarga mos psixologik testlar, qiziqarli hangomalar, topishmoqlar ko‘rinishida bo‘lishi lozim.
Quyida bardamlashtiruvchi mashqlardan namunalar keltirib o‘tamiz. “Mevali salat” harakatli o‘yini. Sinf o‘quvchilari besh turdagi mevalar nomlari asosida guruhlarga birlashtiriladilar, ya'ni "olma", "nok", "shaftoli’ “behi", "anor". Boshlovchi qaysi mevalardan salat tayyorlashini aytsa, o‘quvchilar belgilangan meva nomlariga ko‘ra joylarini almashadilar va boshlovchi bo‘sh o‘rinlardan biriga tez o‘tirib olishi kerak. O‘tirolmay qolgan o‘quvchi boshlovchi vazifasini bajaradi. O‘yin shu zaylda 1-2 daqiqa davom etadi. Masalan, boshlovchi: "Men barcha mevalardan salat tayyorlamoqchiman". - deb aytsa barcha "mevalar o‘rinlarini almashtiradilar, yoki "Men olma va nokdan salat tayyorlamoqchiman”,- deb aytsa faqat boshlovchi aytgan mevalar o‘rinlarini almashtiradilar. “Shahzoda va malikalar” harakatli o‘yini
Sinf o‘quvchilari 3 tadan guruhchaga birlashtirilib, 2 tasi ark (bir-birining qo‘liga qo‘lini qo‘ygan holda, ark -saroy hosil qiladilar), o‘rtadagi o‘quvchi yo shahzoda yo malika vazifasini bajaradi. Boshlovchi "podshoh" vazifasida bo‘lib, farmonlar beradi, ya'ni, "Malika va shahzodalar sayrga chiqinglar!” Malika va shahzodalar farmonga ko‘ra arkdan chiqib, "sayr" qilishadi. "Malika va shahzodalar saroyga qayting!"- farmonidan so‘ng, barcha saroyga qaytishga harakat qiladi. Podshoh ham shahzoda yoki malikalardan birining o‘rniga kirib oladi. Saroydan tashqarida qolgan boshlovchi "podshoh" vazifasini o‘taydi va hokazo. Boshlang‘ich sinflarda savod o‘rgatish jarayonidan boshlab interfaol metod va texnologiyalar yordamida ta’lim jarayonini tashkil qilish, olib borish maqsadga muvofiq bo‘lishi bilan birga o‘qituvchi lug‘ati va nutqida yangi tushunchalarni shakllantiradi. Ya'ni, ta’lim jarayonida foydalanilayotgan metod va texnologiyalarda o‘quvchilar va o‘qituvchining bajarayotgan vazifasiga ko‘ra nomlanadi “Jajji muxbir” usulida tashkil etilgan dars ham eng samarali ta’lim usullaridan biri sifatida qo‘llaniladi. Bunda o‘quvchi chuqur mantiqiy fikrlashga, ziyraklikka, aniq va to‘g‘ri so‘zlashga, nutqning mantiqiyligi va ravonligiga hamda tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatilgan.Bu usul orqali o‘qituvchining o‘quvchini mustaqil va faol flkrlash jarayoniga olib kirishi hamda uning fikrlashidagi noto‘g‘ri jihatlami ziyraklik bilan aniqlagan holda, ularni tuzatish yo‘liga olib chiqishdan iborat usullar nazarda tutiladi. Bundan suhbat bosqichlarini quyidagicha soddalashtirib ifodalash mumkin:
1. Savol-javoblar orqali o‘quvchining bilim darajasi va fikrlash qobilyatini umumiy tarzda aniqlash.
2. O‘rganilayotgan mavzuning mazmunini o‘quvchi motivlariga muvofiqlashtirish. Bu asosan, o‘quvchining qiziqish va qobilyatlariga mos bo‘lgan misollar, tanlash orqali amalga oshiriladi.
3. O‘quvchini faol muloqotga olib kirish. Bunda asosan rag‘batlantirish usullaridan foydalaniladi.
4. O‘qituvchi o‘zini bilmaydigan odamdek, o‘quvchidek tutib, savollar berib borishi.
5. O‘quvchining to‘g‘ri fikrlarini maqtash orqali uni yanada erkin va chuqurroq fikrlashga, so‘zlashga jalb qilish.
6. O‘quvchining xato fikrlarini aniqlab borish.
7. O‘quvchining xato fikrlariga nisbatan to‘g‘ri fikrni o‘qituvchi tomonidan yaqqol mantiqiy asoslangan sifatida bayon qilish yoki tushuntirish orqali o‘quvchi uchun muammoli vaziyat yaratilib, o‘quvchini o‘z xatolarini o‘zi tuzatishiga yo‘naltirish. Bundan ko‘rinib turibdiki, ushbu usul yuqori natija berishi shubhasizdir. Ammo, buning jiddiy shartlari ham mavjud. Bular o‘qituvchining keng bilimga va ijodiy fikr- o‘stirishda yod oldirish. So‘zlarning ma’nosini tushuntirish yoki qayta hikoya qildirish kabi usullardan foydalanibgina qolmay, balki ular uchun qiziqarli faoliyat bo‘gan o‘yinlardan foydalanish, ayniqsa, ko‘zlangan maqsad, yuqori natijalarni qo‘lga kiritishda katta yordam beradi. Chunki o‘yin kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar faoliyatida asosiy o‘rinni egallaydi. Bolalarning yosh va psixoligik xususiyatidan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, o‘yin dunyoni va o‘zlikni anglashda, bog‘lanishli nutqni o‘stirishda asosiy vosita hisoblanadi. Darslarda o‘quvchilar zo‘r qiziqish bilan ishtirok mahoratga ega bo‘lishi kabilardan iborat.“Hikoya” O‘qituvchi xattaxtaga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. Masalan: Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob kabi. O‘quvchilar mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. Bunda ularning lug‘at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to‘g‘ri tuzish, tovushlarni to‘g‘ri tallaffuz qilish. ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi. O‘qituvchi faol ishtirokchilarni vaqti - vaqti bilan rag‘batlantirib borishi o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini orttiradi va bundan - da faol bo‘lishiga undaydi. Mazkur o‘yinlar darsdan tashqari mashg‘ulotlarda va to‘garaklarda ham bemalol foydalanish mumkin.“Qarama-qarshi so‘zlar. ”Bu o‘yin mantiqiy tafakkuming hamda nutqnining rivojlanishiga yordam beradi. O‘yinni individual tarzda ham, guruh bilan ham o‘tkazish mumkin. O‘yin sharti quydagicha: o‘qituvchi bola yoki o‘quvchiga bir so‘zni aytadi, o‘quvchi shu so‘zning ma’nosiga qarama - qarshi bo‘lgan so‘zni topib aytishi kerak. Masalan: katta - kichik, issiq – sovuq, achiq – shirin, qorong‘u - yoruq, keng-tor, uzoq-yaqin va hokazo.
Odatda bolalar o‘yin boshida biroz qiynalshadilar, aytilgan so‘zga javoban antoni so‘zni emas, sinonim so‘z bilan javob beradi, masalan: katta – baland, uzun - uzoq kabi. Ammo o‘yinning mohiyatini tushunib olganlaridan so‘ng o‘quvchilar yaxshi o‘ynaydilar. O‘yin bir necha marta o‘tkazilganidan so‘ng o‘quvchilar abstrakt tushunchalami ham osonlik bilan tushunadilar va javob beradi, shunda o‘quvchilarning nutqi ham rivjlana boradi. Masalan: chaqqon - yalqov, ishchan - dangasa kabi so‘zlarga ham tez javob topa oladi.“To’gtins’hisi ortiqcha” Bu o‘yin rasmlarsiz o‘ynaladi. O‘quvchiga yoki bolaga bir guruhga kiruvchi uchta predmet va boshqa guruhga mansub bitta predmet nomi aytiladi. Masalan: atirgul, boychechak, binafsha, O‘quvchi ular orasidan ortiqchasini aytganidan so‘ng undan fikrini asoslab berishi so‘ralishi kerak. Bu o‘yinlar o‘quvchilarning tafakkuri rivojlanishiga yordam berishi bilan birga nutqning o‘sishiga ham yordam beradi.O‘yin individual tarzda o‘tkazilsa ham yaxshi samara beradi, guruhda musobaqa ko‘rinishida o‘tkazilsa o‘quvchilarni qiziqishi yanada ortadi.“O‘zaro bog‘liqlik”O‘quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Ular kartochkalar bilan tanishib chiqqach, o‘quvchi rasmdagi predmet haqida gapirib beradi.Masalan: “Bu olma. Olma bog‘da o‘sadi va mevalarga kiradi. Uni o‘quvchilar juda yaxshi ko‘rishadi”. Keyin ikkinchi bola ham o‘zidagi predmet haqida gapiradi va o‘zidagi predmet bilan birinchi o‘quvchidagi predmetni o‘zaro bog‘liqligini aytishi kerak.Masalan: “Bu quyosh. Quyosh chiqsa havo isiydi. Uni o‘quvchilar yaxshi ko‘rishadi. Quyosh istib tursa olma va boshqa mevalar pishadi”. Keyin uchinchi o‘quvchi o‘zidagi predmet haqida gapiradi va ikkinchi boladagi predmet bilan o‘zidagi predmet orasidagi bog‘liqlikni topishi kerak. O‘yin shu tartibda davom etadi.“O’YINIni qanday qo‘llash mumkin” O‘quvchilarga imkon qadar ko‘p hollarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan predmet nomini ayting. Har bir o‘quvchi o‘z uslubini taklif qilishiga erishing. Masalan: Siz qalam so‘zini aytishingiz mumkin. Uni ishlatish yo‘llari turlicha bo‘lishi mumkin: rasm chizish, yozish, ko'rsatkich sifatida va hokazo
“Umumiylikni izlash” O‘quvchilar aylana qurib o‘tiradilar. Olib boruvchi o‘quvchilardan biriga to‘pni otayotib, bir-biri bilan bog‘lanmagan 2 ta so‘zni aytadi. Masalan: maktab va o‘quvchi, kitob va javon, quyosh va gul va hokazo. To‘pni tutib olgan o‘quvchi so‘z juftligi orasidan umumiy belgini aytib to‘pni qaytaradi.“Safar” O‘quvchilarga maktabdan yoki uylaridan ma'lum bir joygacha bo‘lgan yo‘lini tasvirlash topshirig'i beriladi. O‘quvchilar bir necha kun davomida “obekt” ni mustaqil kuzatadilar va uni og‘zaki tasvirlab beradilar. Sinchkovlik, ziyraklik. kuzatuvchanlik, atrof - muhitga diqqat - e’tibor talab etiladigan bu o‘yib vositasida Vatanni sevish, tabiatga muhabbat, yon atrofga e’tiborli bo‘lish hislarini tarbiyalash mumkin. Bundan tashqari, mazkur o‘yinlardan foydalanganda o‘quvchilarning nutqi rivojlanad, lug'at boyligi vanada ortadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi. Yuqorida keltirilgan ta limiy o‘yinlar o‘quvchilarning darsda faolligini oshirish bilan birga bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yengillashtirish va mustahkamlash, nutq o‘stirishga yo‘naltitirilgan har bir mashg‘ulotni qiziqarli tashkil etishga xizmat qiladi.
SO‘Z O‘YINI
Bu mashq orqali oquvcilar topqirlikka, izlanuvchanlikka yo‘naltiriladi.Bunda berilgan so‘zning oxirgi
Bo‘g‘inigayangi bo‘g‘inqo‘shib,shubo‘g‘in bilan boshlanadigan yangi so‘z tuzish talab qilinadi.
Ras+som+sa ku+mush+kul bay+ram+ka
Me+va+za for+ma+shina
Kek+sa+lom lo+la+gan Di+yor+dam
Shifo+kor+xona tabi+at+las Ak+mal+la
Yan+gi+lam dos+ka+mon sum+ka+rim
Va+tan+tana bi+lan+gar qis+qa+chon
Shijo+at+las so+at+tang g‘ala+ba+liq
Navo+iy+mon yo+qa+lam likop+cha+na
Sho+ir+moq nina+chi+nor his+sa+na
O‘zbekis+ton+na kam+zul+fiya Dos+ton+na Boshlang’ich sinfda grammatika, imlo va nutq o`stirish dasturining o`quvchilar bilimiga qo`yiladigan talablaBoshlang‘ich ta’limda ona tili fanining maqsad va vazifalari Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta’limi standarti ko‘rsatkichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilanadi.
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’limi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrli standart mezon orqali aks ettiriladi: o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o‘quvchi tomonidan yaratilgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:
- fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;
- mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, aniq va h.k.);
- tavsifning mavzuga muvofiq va mukammal bo‘lishi;
- tavsifda tilning ifoda vositalaridan foydalana bilishi;
- imloviy (yozma) savodxon bo‘lishi.
Ta’lim mazmunini belgilovchi ko‘rsatkichlar
Boshlang‘ich ta’limda ona tili ta’limi mazmunining negizi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:nutq va gap, nutq tovushlari, ona tilining fonetik tizimi: tovushlar va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);bo‘g‘in va bo‘g‘in tuzilishi, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish;so‘z va so‘z ma’nolari (lug‘aviy tahlil - bir ma’noli so‘zlar, qarama-qarshi ma’noli so‘zlar, ko‘p ma’noli so‘zlar);so‘z tarkibi: o‘zak va qo‘shimcha (turlovchi va yasovchi), o‘zaklarda tovush o‘zgarishi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi;so‘z nomlarini mazmuniga ko‘ra guruhlash: predmetlar nomini bildiruvchi so‘zlar, predmetlarning harakatini, belgisini, sanog‘ini bildiruvchi so‘zlar, predmetga ishorani ifodalovchi so‘zlar (shaxsga nisbatan–kishilik olmoshi);gap, gapning fikr bildirish maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi gaplar), gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so‘roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar : vergul, qavs, ikki nuqta, ko‘p nuqta;gapning tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo‘laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to‘ldiruvchi bo‘laklar (ikkinchi darajali bo‘laklar – ularning turi va nomlaridan mustasno);gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishi, so‘z birikmasi, gapning uyushiq bo‘laklari, ularning o‘zaro bog‘lanishi (ohang, bog‘lovchi so‘z yordamida);gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog gaplar, bayon, kichik insho;xabarnoma, xat, maqola, tabriknoma, taklifnoma, e’lon, ro‘yxat tuzish.
3. O‘quvchining o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
II sinf Bilim:
Tovush va harf, ularning belgilari; unli va undosh tovushlar; jarangli va jarangsiz
undoshlar;ketma-ket kelgan bir xil unli va undoshlar; so‘z oxirida tushib qoladigan undoshlar; bo‘g‘in; gap; so‘z (shaxs, narsa, belgi, harakat, sanoq va tartibni bildiruvchi so‘zlar).
Ko‘nikma:Tinish belgilarini o‘rinli qo‘llay bilish; ketma-ket kelgan bir xil unlilar imlosini farqlay olish; ketma-ket kelgan bir xil undoshlar imlosini ajrata bilish; so‘z oxirida talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni qo‘llay olish; so‘z ma’nolarini farqlash va ularga so‘roq bera olish; qarama-qarshi ma’noli, shakldosh, uyadosh so‘zlar guruhini tuza olish; so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay olish; salom xat, tushuntirish xati yoza olish; alifbo tartibida ro‘yxat tuza olish.
Malaka:30-40 so‘zdan iborat matn asosida diktant va bayon yozish; o‘zlashtirilgan bilimlar doirasida imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik; ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilish; o‘quvchiga tanish bo‘lgan narsa, buyumlarni tasvirlash; iltimos, uzr, minnatdorchilik, ruxsat so‘rash kabi nutq madaniyatiga doir so‘zlarni bilish.Ona tili fanidan o‘quv dasturiUqtirish xati“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’limning ravnaqi, uning insonparvarligi, ta’lim va tarbiya tizimining uzluksizligi, ilmiyligi va dunyoviyligi, ta’limda umuminsoniy va ilmiy qadriyatlarning ustuvorligi, davlat ta’lim standartlari doirasida hammaning bilim olishi uchun imkoniyat yaratilishi ta’kidlab ko‘rsatilgan.Uzluksiz ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim muhim bosqich hisoblanadi va unda ona tilini o‘qitish asosiy o‘rin egallaydi.
Ona tili dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish, nutq o‘stirish.
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Boshlang‘ich sinflar ona tili ta’limi o‘quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o‘stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‘zda tutadi:Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiladi.
Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga ko‘maklashishi lozim.
Maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rang – barang jabhalarida, muloqot va munosabatning barcha turlarida o‘zbek tilidan bemalol – erkin, samarali va to‘g‘ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to‘laqonli bahramand bo‘lish, zaruriy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari kerak.«Ona tili» darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u asosida yaratilajak darsliklarda grammatik qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad qilib olindi.Ona tili ta’limi oldida quyidagi bosh maqsad turadi: ona tili mashg‘ulotlari bolalarda ijodiylik, mustaqil fikrlash, ijodiy fikr mahsulini nutq vaziyatiga mos ravishda og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim. Savod o‘rgatish, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirishSavod o‘rgatish davri sentabrdan dekabrgacha davom etadi. Savod o‘rgatish jarayoni ikki davrni: alifbogacha tayyorlov davri va alifbo (asosiy) davriga ajratiladi. Tayyorlov davri ikki bosqichga bo‘linadi:
Tovush – harf o‘rganilmaydigan bosqich;
Unli tovushlar va harflar o‘rganiladigan bosqich.
Alifbo davri o‘rganiladigan tovush va harflar, so‘zlarning va bo‘g‘inlarning tuzilishi, murakkablik darajasiga ko‘ra 3 bosqichga bo‘linadi.Bu davrda bolalarning fonematik eshitish qobiliyatlari o‘stiriladi, o‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari boyitiladi.Savod o‘rgatish darslari o‘quvchilarning umumiy kamolotiga, ularda do‘stlik, o‘rtoqlik kabi xislatlarni milliy qadriyatlarni shakllantirish, jamoa ichida o‘zini boshqarish, mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik, o‘qishga ongli munosabatda bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlarni tarbiyalashga ko‘maklashuvi lozim.
Boshlang‘ich ta’limda o‘qish va yozishga o‘rgatish tilshunoslik, pedagogika, adabiyotshunoslik va metodika sohasida erishilgan yutuqlarga asoslangan, takomillashgan hozirgi zamon analitik-sintetik tovush metodi vositasida amalga oshiriladi hamda o‘quvchilar nutqini rivojlantirishni nazarda tutadi. Darsda o‘quvchilar gapni so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inni tovushlarga ajratadilar, so‘zdagi tovushlarni tartibi bilan aytishni o‘rganadilar, o‘rganilgan tovushlarni o‘zaro bog‘lab so‘z tuzish va o‘qish yuzasidan mashq qiladilar. Bolalar tovushlarni yozuvda harf bilan ifodalash, harflardan bo‘g‘in va so‘z tuzishga, ularni o‘qishga o‘rganadilar. Gap va bog‘lanishli matnni ongli, to‘g‘ri, bo‘g‘inlab ravon o‘qish, so‘ngra so‘zni butunicha sidirg‘a o‘qish malakasini egallaydilar.O‘quvchilarni o‘qish va yozishga o‘rgatish baravar olib boriladi. Yozuvda tovushlarni harflar bilan belgilashga, harflar va bo‘g‘inlardan so‘z tuzishga, so‘z va gaplarni yozma to‘g‘ri shakllantirishga, talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni va qisqa gaplarni eshitib yozishga, gapning birinchi so‘zini, kishilarning ismini, shahar, qishloq, ko‘cha nomlarini, ayrim hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harf bilan yozishni bilib oladilar.Savod o‘rgatish darslarida o‘quvchilarning boshqalar nutqini diqqat bilan tinglash va nima haqida gapirayotganini tushunib olish ko‘nikmalari o‘stiriladi. Bolalar sinfdoshlari oldida gapirishga, o‘qituvchining savollariga javob berishga, topshiriqlarni mustaqil bajarishga, bilmagan va o‘zlari qiziqqan narsalar to‘g‘risida so‘rab bilib olishga, o‘qiganlarini qayta hikoyalashga, o‘zlari kuzatgan, ko‘rgan kinofilmlar hamda eshitgan va o‘qigan hikoya, ertaklari, kuzatgan rasmlari haqida hikoya qilib berishga o‘rganadilar.Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar olgan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar birgalikda o‘qish jarayonida maxsus sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirishga tatbiq etiladi. Savod o‘rgatish davrida sinfdan tashqari o‘qish haftada bir marta o‘tkaziladi va unga o‘qish darslarining ikkinchi qismidan 15- 20 daqiqa ajratiladi. O‘qish va yozishga o‘rgatish darslarida bolalar ruhiyatini hisobga olgan holda ish turlarini mukammallashtirish talab etiladi, dam olish mashqlari o‘tkaziladi. “Alifbe”, kartoteka va metodik qo‘llanmalarda berilgan didaktik o‘yinlardan foydalanib, bir turidan boshqa turiga o‘tiladi va o‘quvchilar toliqishining oldi oladi.
Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida tabiatdagi o‘zgarishlar, kishilarning turli mavsumda bajaradigan mehnatlarini kuzatadilar va shular asosida hikoya tuzishni o‘rganadilar. Bu davrda olib boriladigan barcha ishlarda oila va maktab hamkorligining uzviyligi, o‘zaro muomala madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘quv dasturining mazmuni
II sinf fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish (136 soat)
1. Birinchi sinfda o‘tilganlar yuzasidan takrorlash (6 soat)
2. Tovushlar va harflar (56 soat)
Unli va undosh tovushlar, ularning bir-biridan farqi. Tovushlarni harflar bilan belgilash. Unli tovushlar va harflar. O‘zbek tilidagi olti unli tovushning olti unli harf bilan belgilash. [A] va [o] , [u] va [i] , [ye] , [o‘] unli tovushlarining talaffuzi va undosh tovushlar portlovchiF va p, h va x hamda harf birikmasi bilan ifodalanilgan ng tovushining talaffuzi va imlosi. Tutuq belgisi (,) va uning ishlatilishi. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi.Berilgan so‘zni lug‘atdan topa olish. Tavsiya etilgan 3-6 so‘zni alifbo tartibida yozish.Bo‘g‘in. So‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismini keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirish. So‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘lishi. Bo‘g‘in tarkibi unli tovushdan, bir unli va bir undosh tovushdan tuzilishi.Bo‘g‘in ko‘chirish. So‘zning bir yo‘ldan keyingi yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi. Bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni oldingi yo‘lda qoldirib yoki keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmasligi. Bir bo‘g‘inli so‘zlar, ona, ahil, o‘rik, elak kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarni ko‘chirish uchun bo‘linmasligi. Tutuq belgisi qo‘yib yoziladigan so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish uchun bo‘linishi, tutuq belgisining oldingi bo‘g‘inda qoldirilishi (va’-da, mash’- al, ta’-lim). Harf birikmali so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi (si-ngil, ko‘-ngil, tong-gi kabi), yonma-yon kelgan bir xil undoshli so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi (ik-ki, kat-ta, is-siq kabi). Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar, ularning imlosi, bunday so‘zlarning yozilishini so‘z oxiriga unli tovush qo‘shib aytib tekshirish (maktabim – maktab, kitobim-kitob, maqsadim – maqsad, umidim – umid kabi). Aytilishda tushib qoladigan undoshlar. (Farzand, daraxt, do‘st kabi) ularning imlosi.
3. So‘z ( 54 soat)
So‘zlarning ma’no bildirishi, kishilar va narsalar nomini bildirgan so‘zlar, kishilarning nomini bildirgan so‘zlar (kim?, kimlar?), narsalar nomini bildirgan so‘zlarga nima?nimalar? so‘rog‘ining berilishi. Kishilarning ismi – familiyasi, hayvonlarga berilgan nomlar, shahar, qishloq, ko‘cha va daryoga qo‘yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi.Nima qildi?, Nima qilyapti? so‘roqlariga javob bo‘lishi, narsa va shaxslarning harakatini bildirgan so‘zlar. Qanday?, Qanaqa?, so‘roqlariga javob bo‘lishi shaxs va narsalarning belgilarini (rangi, mazasi, shakli, xil- xususiyatini) shaxs va narsalarning sanog‘ini, tartibini bildirgan so‘zlar va ularning so‘roqlari;
Lug‘aviy mashqlar: qarama-qarshi ma’noli so‘zlar: (rohat-azob, oq-qora uyg‘otmoq-uxlatmoq, boshlamoq-tamomlamoq, katta-kichik (kichkina), baland-past) va ma’nodosh so‘zlar, (orzu, istak, havas, tilak; sevinmoq, shodlanmoq; aybsiz, gunohsiz, begunoh kabi) shakldosh so‘zlar, uyadosh so‘zlar va ko‘p ma’noli so‘zlar.
4. Gap (20 soat)
Gaplarning darak, so‘roq, buyruq mazmunini bildirishi hamda so‘zlardan tuzilishi;
Gapda birinchi so‘zning bosh harf bilan yozilishi va oxiriga tinish belgisining qo‘yilishi; Gapdan kim?, kimlar?, nima?, nimalar? haqida aytilganini bildirgan so‘zlar (ega va kesim atamasi berilmaydi). So‘roqlar yordamida gapdagi o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlash.Nutq va matn
Nutq. Nutqning ahamiyati: Og‘zaki va yozma nutq haqida tushuncha.
Matn. Matnning o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki yoki bir necha gaplardan tuzilishi; savollar yordamida uncha katta bo‘lmagan matn asosida bayon yozish; rasmlarga qarab savollar yordamida gaplar tuzish.
Bir mavzuga oid 2-3 ta gap tuza olish: Bolalarning o‘yinlari, kattalar mehnatiga yordami, o‘qishlari, qiziqishlari haqida o‘qituvchi rahbarligida hikoya tuzish va yozish.
Husnixat
Bir chiziqli daftarda o‘xshash unsurli harflarni yozish va harfni bir-biriga to‘g‘ri tutashtirish; o‘xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan bo‘g‘inlar va so‘zlarni yozish, o‘xshash unsurli bosh harflar va ularni o‘zidan keyin kelgan kichik harfga tutashtirish.Ayrim yozuv qoidalari. Daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‘krak o‘rtasining qarshisiga to‘g‘ri qo‘yish; daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish; boshini bir oz pastga egib, to‘g‘ri o‘tirish; oyoqni bo‘sh tutib, yerga qo‘yib o‘tirish; qo‘lning tirsagini parta ustida tutish. Ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash. Har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g‘in va so‘zlarni aniq yozishga harakat qilish; harf va harf birikmalarini to‘g‘ri va aniq shakllantirish; shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish; har bir mashqni uch-to‘rt marta takrorlash.O‘quv yili davomida imlosi qiyin bo‘lgan quyidagi so‘zlarning talaffuzi va yozilishini bilib olish: avgust, baland, baho, bahor, behi, Buxoro, dars, daftar, do‘st, farzand, fasl, havo, hikoya, jahon, juft, karam, kaft, konki, lavlagi, loviya, lug‘at, mashina, minnatdor, moslama, navbatchi, no‘xat, oktabr, payvand, palto, paxta, qo‘ng‘iroq, quyosh, sabzi, Samarqand, sentabr, sinf, singil, soat, Toshkent, traktor, vazifa, vatan, xalq, xursand, yomg‘ir, yostiq, o‘qituvchi, o‘quvchi, shahar kabi.
Bir chiziqli daftarda chiroyli yozish malakalarini hosil qilish: o‘xshash unsurli kichik va bosh harflarni yozish; harflarni bir-biriga tutashtirish.O‘xshash unsurli kichik harflar:
1-guruh i, u, n, m, t, l, y
2-guruh h, j, k, f
3-guruh o, o‘, q, a, g, g‘, p
4-guruh e, b, x
5-guruh r, v, s, sh, ch
O‘xshash unsurli bosh harflar:
1-guruh U, L,Z, I
2-guruh M, H, K, N, A
3-guruh O, O‘, Q, X, Ch
4-guruh E, S, Sh, Z
5-guruh V, G, G‘, Y
Boshlang‘ich sinflarda darslarni tashkil etishda umumiy o‘rta ta’lim maktab-larida bir necha usullardan foydalaniladi. Ammo, ularning tuzilishi asosan darsdan ko‘zlangan maqsadga bog‘liq. Pedagogik nuqtai nazaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan hamkorlikda ishlash mazmunining takroriy umumlashtiruvchi dars tuzilishida, birinchidan, darsning tashkiliy qismi, ikkichidan, darsning maqsad va vazifalarini belgilab olish, uchinchidan, o‘quv materiallarini umumlashtirish va tizimlashtirish, to‘rtinchidan esa dars yakuni va uyga vazifalarga ahamiyat berish zarur.Boshlang‘ich sinf darslarini tashkil etishning murakkab jihati shundaki, unda o‘quv materiallar aniq belgilab olinishi, asosiy g‘oya, tushuncha, qoida, unga mos mashq topshiriqlarini ajratib olish lozim. Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, darsda nutqning ega, kesim, ikkinchi darajali bo‘laklari qaytariladi. Vaqtning chegaralanganligi sababli, ularning har biriga alohida to‘xtalib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham tanlangan mashq va topshiriqlarda nutqning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqador shaklda bo‘lishi kerak.Qaytarish jarayonida darsning tarbiyaviy jihatiga e’tibor kuchaytiriladi. Bunda o‘quv materiallari ko‘proq qiziqarli hodisa, voqea va dalillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda pedagogik hamkorlikning mazmunini tizimlashtirish va umumlashtirish darsining o‘ziga xos hususiyatlaridan biri shundaki, o‘qituvchining o‘zi tushunib, o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqaradi. Asosan har bir o‘quv predmetining materiallari boblarga, qismlarga, bo‘laklarga va alohida mavzularga bo‘lib o‘rganiladi. Umumlashtiruvchi darslarni esa tarkibiy qismlarga bo‘lib, o‘rganilgan materiallarni umumlashtirishga, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va yaxlitlikni anglab yetishga yordam beradi. Bundan ko‘rinib turibdiki o‘quvchilarda idrok, tasavvur, mantiqiy, dunyoqarashi kengayadi, murakkab topshiriqlarni bajara olish ko‘nikmalari rivojlanadi.Boshlang‘ich sinf darslarini to‘g‘ri tashkil etishda pedagogik maqsad va vazifalarni chuqur tushungan holda didaktik qoidalarga va darsning asosiy vazifalariga rioya qilib, har bir dars jarayonida ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshirishga qaratish asosiy o‘rinni egallaydi.6-guruh T, F, R, B,
XULOSA.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradiYangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi.
Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashqurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydilar.Maqbullik me'yori o‘qituvchi va talabaning natijaga erishish uchun sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.Natijalilik o‘qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi. Tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasinitekshirish;yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish. O‘qituvchini innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. Tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiybartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.
|