• II BOB DINAMIKA QONUNLARI" MAVZUSIDA O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH.
  • XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH
  • Harakatlar strategiyasi”
  • Dinamika qonunlari




    Download 72,96 Kb.
    bet1/11
    Sana12.01.2024
    Hajmi72,96 Kb.
    #135440
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Dinamika qonunlari-fayllar.org


    Dinamika qonunlari

    UMUMTA'LIM MAKTABINING FIZKA KURSIDA"DINAMIKA QONUNLARI" MAVZUSIDA O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH.
    REJA.
    I BOB. UMUMTA'LIM MAKTABINING FIZKA KURSILARI.
      1. Umumta’lim maktablarda fizika o‘qitish metodikasi


      2. “O‘qituvchi- o‘quvchi” tizimida


    1.3, O‘quv materialini generalizatsiyalash.


    II BOB DINAMIKA QONUNLARI" MAVZUSIDA O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH.
    2.1. Dinamika qonunlari
    2.2.Dinamika nazariy mehanika
    2.3. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari.
    XULOSA.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

    KIRISH
    Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida:
    SH. Mirziyoyev
    Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.
    O'zbekiston Respublikamizning o'ziga xos taraqqiyot strategiyasi — “o'zbek modeli” mustaqil o'tgan yillar mobaynida biz erishgan barcha muvaffaqiyatlar, keng ko'lamli islohotlar, aholi farovonligini ta'minlash, xalqimiz genofondini sog'lomlashtirish, yuksak ma'naviyatli, har tomonlama barkamol avlodlarni tarbiyalash maqsadimizning asosiy tayanchiga aylandi. Qolaversa, jahonning taraqqiy topgan mamlakatlari qatoridan joy olishdagi sa'y-harakatlarimiz bosh mezoni bo'lib, dunyo jamoatchiligida katta qiziqish hamda zo'r havas uyg'otmoqda. Ma'lumki, har yurtning kuch-qudrati, erishgan muvaffaqiyatlari zamiridagi buyuk mohiyat, avvalo, shu zamin aholisining intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, yuksak ma'naviyati bilan o'lchanadi, qadr topadi.1-Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolimizning ilk yillaridanoq yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik bugun biz erishgan barcha yutuq va marralar debochasi, deyish mumkin. Darhaqiqat, istiqlol yillarida mamlakatimiz ta'lim tizimi tubdan isloh qilindi. Bu jarayon ta'lim sohasi bilan aloqador barcha jabhalarda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz bo'yicha xalq ta'limi tizimida 9765 ta maktab, 4962 ta maktabgacha ta'lim muassasalari, 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari, 299 ta musiqa va san'at maktablari, 445 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari, 27 ta mehribonlik uylari, 16 ta pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, 5 ta pedagogika institutlari faoliyat ko'rsatmoqda.
    Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishi, global dunyoda raqobatning ortishi sharoitida har bir davlat va jamiyatning bu jarayonda raqobatbardoshligi yoshlarning intellektual rivoji hamda ularning iste`dodi va qobiliyatlarini to'liq amalga oshirishga e`tibor berishga bog'liq bo'ladi.
    Shuning uchun bu masala har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanishini ta`minlashga qaratilgan barcha strategiyalarda aks ettirilgan. O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha “Harakatlar strategiyasi” ham bu borada istisno bo'lmadi. Unda alohida bo'lim davlatning yoshlar siyosatini takomillashtirishga bag'ishlangan. U O'zbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini tashkil etuvchi yoshlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi.
    Shu nuqtai nazardan, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqini tashkil etish zarurati hayotning o'zi tomonidan belgilab qo'yildi, u tashkilotdan yoshlar hayotidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni talab etadi, ayniqsa uyushmagan yoshlar hayotda o'z o'rnini topishi uchun munosib sharoitlar yaratish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo'naltirish va bandligini ta`minlash, ularning tashabbuslarini rag'batlantirish shular jumlasidan. Mana shu tuzilgan strategiya bu yil ya’ni 2022-yilga qadar o’z samarasini ko’rsatdi, bunga ko’ra juda ko’p strategiyadagi yo’nalishlar bo’yicha ko’plab ishlar olib borildi. Bu ishlar zamirida albatta faqat va faqat albatta yoshlarni ilm-fanga yo’naltirish ishlari ustuvor hisoblandi. Buning natijasiga misol qilib “Yosh Kitobxon” tanlovini olsak bo’ladi. Bu tanlov natijasida juda ko’p yosh avlod farzandlari kittob o’qishni sevimli mashg’ulot deb oldilar. Zero, yoshlikdan kitob bilan bo’g’langan insongina albatta hayoti davomida ko’plab ilmiy yutuqlarga erishadi.
    O’zimizning sohamizdan kelib chiqadigan bo’lsak, 2030-yilga qadar fizika fanini rivojlantirish yili deb belgilandi. Bunga ko’ra bizlar ham o’z sohamizga sidqidildan xizmat qilishimiz va yurtimiz kelajagi yoshlarimiz ertasi uchun yaxshi farovon kunlarimiz, qolaversa millatimiz xalqimiz turmush tarzini, xalqaro o’rnini yuqoriga ko’tarish uchun qo’limizdan kelgan barcha ishlarni qilishimiz jozidir. Yurtboshimiz biz yoshlarga juda kata ishonch bildirmoqdalar biz yoshlar shu ishonchga munosib bo’lib o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. Ta’lim to’g’risidagi yangi qonunni bunga misol qilib olishimiz mumkin. Negaki shu qonun biz pedagoglar uchun juda kata o’zgarish bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yurtboshimiz “Kelajak-yoshlar qo’lida” deb bejizga aytmaganlar. Shunday ekan biz yoshlar o’zimizga bildirilgan ishonchga munosib bo’lishimiz muhim hisoblanadi.

    Download 72,96 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 72,96 Kb.