, O‘quv materialini generalizatsiyalash




Download 72,96 Kb.
bet5/11
Sana12.01.2024
Hajmi72,96 Kb.
#135440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dinamika qonunlari-fayllar.org

1.3, O‘quv materialini generalizatsiyalash.
O‘quv materialini generalizatsiyalash o‘quv materialini yanada chuqur o‘zlashtitrishni taqozo qiladi, esda saqlab qolish darajasidan ijodiy o‘zlashtirish darajasiga o‘tishni va o‘zlashtirilgan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo‘llashgacha bo‘lgan darajada o‘zlashtirishga olib keladi. Ushbu holatni yuqorida aytilgan ideal gaz xossalarini o‘rganishda namoyon qilamiz.

Ushbu mavzuni odatdagi bayon qilishda Boyl-mariott, Gey- Lyussak va Sharl qonunlari asosidagi empirik qonunlarga asoslanganini bilamiz, va so‘ngra ular umumlashtirish sifatida Mendeleyev-Klapeyron tenglamasiga asoslanishini bilamiz. Shuni aytish kerakki, fanda ushbu qonunlar gazlarning turli holatlarda o‘zini tutishini ifodalab, ular turli tadqiqotchilar tomonidan turli vaqtlarda kashf qilingan, ammo ushbu qonunlar orasidagi bog’lanishlar topilmagan. Fizikaning rivojlanishidagi ushbu holat to‘la holatda maktab fizika kursiga o‘tkazilgan. Ular tabiatni empirik tadqiqot qilishga asoslanigan. Yuqoridagi qonunlarning har biri alohida o‘rganish predmeti bo‘lgan.


Yangi dasturda, yuqoridaa aytilgandek, bilim katta generalizatsiyalash kuchiga ega ekan. O‘quvchilar, hozirda mustaqil ravishda oldin noma’lum bo‘lgan gaz parametrlari orasidagi bog’lanishlarni nazariy jihatdan “kashf” qiladi, Bu yerda asosiy ish bayon qilishni induktsiya va deduktsiya asosida qayta bayon qilish emas, bu narsa metodistlar tahlilida uchraydi, bu yerda gap pedagogik maqsadlarni generalizatsiya asosida amalga oshirish yotadi, buning uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar kam kuch sarflab, katta samaraga erishishi zarur. Haqiqatda, Babanskiy Yu.K. o‘qitishni maqbullashtirish nazariyasini yaratishda, quyidagicha ta’rif beradi: “O‘quv –tarbiyaviy jarayonni maqbullashtirish uchun o‘qituvchini maqsadga yo‘naltirilgan eng yaxshi berilgan vaqt va variantini tanlash va bu jarayonni o‘quvchilarga tarbiya berish va tarbiyalashda samarali bo‘lishini ta’minlaydi”. Shunday qilib, o‘rganilayotgan ko‘plab hodisalar, tushunchalar, qonuniyatlarni katta bilish kuchiga ega bo‘lishi muhim yo‘nalishni belgilab, maktab fizika kursining maqbul mazmunini yaratishga yo‘nalish beradi, bu esa generalizatsiyalash funktsiyasining mohiyatini ifodalaydi.
O‘qitish javrayonida generalizatsiyalash tamoyili ikki narsani nazarda tutadi: 1 generalizatsiyalaydigan bilimlarni qidirish
2. barcha o‘quv materialini ushbu bilimlar asosida to‘plash.
Аyrim metodik tadqiqotlarda fizika kursining ayrim bo‘limlarini lokal, ya’ni alohida mavzu yoki bo‘lim asosida genralizatsiyalash nazarda tutiladi.Bunday ishlarga E.E.Evenchik mexanika bo‘limi , L.I.Svitkov, V.V.Usanov Molekulyar fizika va issiqlik bo‘limi, S.L.Vol’shteyna, S.E.Kamenetskiy ElektroDinamika asoslari, N.А.Rodina, I.G.Pustil’nik Optika, atom fizika va boshqalarni kiritish mumkin.
Lokal generalizatsiyalashda generalizatsiyalovchi bilimlar sifatida fundamental nazariyaning yadrosi yoki uning alohida qismi qatnashadi. Mexanikada – harakatning uchta qonuni va butun olam tortishish qonuni, energiya va impul’sning saqlanish qonuni; molekulyar fizika va issiqlikda molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy holat,statistik sistemaning muvozanat holati, molekulalarning tartibsiz harakati, energiyani erkinlik darajalari bo‘yicha teng taqsimlanishi, ideal gaz kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi, termodinamik tamoyillari; elektroDinamikada – elektromagnit maydon to‘g’risida yaxlit ta’limot beruvchi Maksvell tenglamalari, Lorents elektron nazariyasining asosiy holatlari; optika va atom fizikasida- yorug’likning va elementar zarralarning to‘lqin va kvantoviy hossalari dualizmi, nurlanishning kvant nazariyasi, Bor postulatlari va orbitalarni kvantlash, elementar zarralarning kvantiviy mexanik tavsiflari va sinflarga bo‘linishi.
Zamonaviy fizika kursini asosini tashkil qiluvchi lokal generalizatsiyalash bilan bir qatorda, barcha kursni qamrab olgan global generalizatsiyalash ham mavjuddir. Bunda generalizatsiyalovchi bilimlar sifatida umumiy tavsifdagi holatlar turadi, ular metodologikka yaqindir. А.А. Pinskiyning ishlarida generalizatsiyalovchi bilimlar sifatida fizik relyativizm g’oyasi turadi. V.V.Multanovskiy ishlarida esa – fizik o‘zarota’sir g’oyasi turadi.
Shuning uchun metodologitk tavsifdagi global generalizatsiyalash maktab fizika kursida genralizatsiyalash funktsiyasi bilan bir qatorda dunyoqarash va bilish funktsiyalarini ham bajaradi. O‘quvchilarda fizikaning metodologik g’oyalarini shakllanishtirishning asosiy bosqichlarini ko‘rsatish va ular atrofida barcha o‘quv materiali umumlashtiriladi, u quyida keltirilgan.
Olam fizik manzarasining birligi g’oyasi, saqlanish qonuni,elemetarlik g’oyalari va boshqalar.
Ushbu g’oyalarni tarixiy-metodologik yondashuv asosida fizika o‘qitishda shakllantirish metodikasi umumlashtirilgan darslarda bayon qilinadi.

Download 72,96 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 72,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



, O‘quv materialini generalizatsiyalash

Download 72,96 Kb.