“O‘qituvchi- o‘quvchi” tizimida




Download 72,96 Kb.
bet4/11
Sana12.01.2024
Hajmi72,96 Kb.
#135440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dinamika qonunlari-fayllar.org

1.2. “O‘qituvchi- o‘quvchi” tizimida
Ushbu ishlar “o‘qituvchi- o‘quvchi” tizimida amalaga oshadi. Chunki, bu narsa tematik reja va alohida dars rejasini tuzishda hisobga olinishi lozim. O‘qituvchi mavzuning dunyoqarash jihatdan tahlil qilishi zarur, bundan tashqari yetakchi metodologik g’oya va holatlarni ajratishi lozim, ular quyidagi blok –bosqichlar sxemasida keltirilgan:

1.2,1.-jadva


Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar o‘quvchining ilmiy dunyoqarashini shakllantirish jarayonini qamrab oladi, shuning uchun tamoyillar rolini o‘ynaydi.
Endi dunyoqarashni shakllantirishning asosiy vositalarini va uning shakllanganlik darajasini aniqlovchi usullarni ajratib olaylik. Bizning tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, o‘qitish javrayonidagi eng samarali shakllantirish vositalari bo‘lib:
♦ o‘quvchilar tomonidan metodologik tavsifdagi o‘quv materialini mustaqil tahlil qilishi hamda materialistik va idealistik nuqtai nazardan fizik hodisalar, qonunlar, nazariyalar, g’oyalarni talqin qilish;
♦ o‘quvchilarning o‘z fikriga asoslangan metodologik jihatdan asoslash va isbotlash;
♦ o‘quvchilarni metodologik noto‘g’ri ig’vogarlik xarakterdagi vaziyatlar bilan to‘qnashuvi, ulardan bunday fikrlarni rad qilishni, ularga faol qarshilik ko‘rsatishni, o‘zlarining qarashlarini saqlab qolishi muhim hisoblanadi.
O‘quvchida dunyoqarashni shakllanganining sinovi bo‘lib keng ma’noda uning o‘zini tutishi hisoblanadi ya’ni uning fikrlari mazmuni, hissiyoti va hohishi, chunki ular ichki birlikni hosil qilib, ular fizika fanining rivojlanish jarayonida yuzaga keladi. Psixolog va pedagoglarnining ta’kidlashicha, hozirgi paytda o‘ta ishonchli dunyoqarashni shakllanganini aniqlaydigan psixologik usullar mavjud emas, lekin ilmiy dunyoqarashni ayrim jihatlarini shakllanganligini aniqlaydigan usullar mavjuDinamika Masalan, o‘quvchilarning fikrlari va javoblarining emotsionalligi, fikrlarning mustaqilligi va ta’riflarning kitobga mosligi; buyuk olimlarning o‘rganilayotgan hodisalarga bergan baholari va qiziqishlari, agar bunday baholashlar darslikda bo‘lsa yoki o‘qituvchi tomonidan keltirilsa va aksincha , dunyoqarash va ilmshunoslik masalalariga hamda olimlarning hayoti va faoliyatiga befarqlik va boshq.
Bunday “bo‘yab” ko‘rsatilgan hissiy ko‘rsatkichlarning shakllanganligini boshqalar bilan birlashtirish: dunyoqarashning ishonchli bazasini tashkil qiluvchi aniq, qonuniyatlarni ishonchli bilishi, tushunchalar, nazariyalar: o‘zining ishonchlarini tanish va notanish vaziyatlarda namoyon qilishi; o‘zining ishonchlari nuqtai nazaridan tizimli baholash; fikrlarning turg’unligidir. Ushbu barcha belgilarni hisobga olish asosida o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllanganlik darajasi to‘g’risida fikr yuritish mumkin.
Shunday qilib, o‘quvchilarning shakllanishiga uzoq vaqt talab qiladigan dunyoqarashni shakllantirish jarayonida ma’sul bosqich olgan bilimlarni “loyihalashtirish” va uning “ichki dunyosi”ni belgilovchi omildir. Bunday intellektual ishni u ongli tarzda o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiradi, buning uchun u zarur metodologik bilim va ko‘nikmalardan foydalanadi va natijada o‘quvchida ma’lum darajada fikrlash uslubi shakllanadi.
Falsafada fikrlash uslubi bilan bilimlarni mantiqiy tamoyillar tizimi bog’lanadi.Shuning uchun fandagi fikrlash, jumladan, fizikada olamning fizik manzarasini yaratishda ma’lum bir metodologik rol o‘ynaydi. Uning mantiqiy qarama-qarshi emasligi va birligini ta’minlab, dastlabki tamoyillarni va OFM kiruvchi turli nazariyalarning matematik apparatini moslashtiruvchi fikrlash uslubi OFM ning metodologik asosini tashkil qiladi. Uni fikrlash uslubi bilan bog’lanishi fizikaning tarixiy rivojlanishini tahlil qilishda yaqqol ko‘rinadi: olamning fizik manzarasini almashishi tufayli fikrlash uslubi ham rivojlanadi. Ma’lumki, bunday manzaralar uchta: mexanik, elektromagnit va kvantoviy maydon.
Olamning mexanik va elektromagnit manzaralari ontomom farq qilishiga qaramasdan, ularda yagona metodologik asosga ega – klassik va mexanik fikrlash uslubiga ega. Ushbu fikrlashning asosiy belgisi hodisalar mohiyatining bir qiymatli tavsifga ega ekanligi va sababiyatning laplas idealini absolyutlashtirishdadir. Mexanik va elektromagnit olam manzaralarida har bir ob’ektning harakati oldindan aniq bo‘lib, uni kelajakdagi holatini aniq bilish mumkin, agar ob’ektga ta’sir qiluvchi kuchlar ma’lum bo‘lsa. Boshqacha aytganda, ob’ektning o‘zini tutishi qat’iy determinarlashgan va u hech qanday tasodiflarga ega emas ya’ni bir qiymatli. Tabiat hodisalari insonga bog’liq bo‘lmagan holda yuz berib, insonning kuzatishiga bog’liq emas. Tabiat va olam manzarasi klassik fizikada absolyut aniqlik bilan ishlaydigan katta mashinaga o‘xshaydi.
XVIII–IX asrlarda fizikada ushbu fikrlash uslubi ijobiy rol’ o‘ynadi, natijada olimlarni barcha fizik hodisalarni tushuntiruvchi universal nazariya yaratishga undadi. Olamning mexanik manzarasidan IX-asrda hukmron bo‘lgan elektromagnitga o‘tishda fizik fikrlashning klassik uslubi tabiiy-ilmiy bilishning ideali sifatida shakllandi. Bunda u yangi ontologik bazaga ega bo‘lib, maydon g’oyasi bilan tavsiflandi: yaqindan ta’sir va relyativistik.
XX-asrda fizikaning rivojlanishi mexanik fikrlash uslubini cheklanganligini ko‘rsatdi. Yuzaga kelgan kvantoviy-maydon manzarasi bag’rida yangi fikrlash uslubi paydo bo‘ldi, u ehtimoliy tavsifga ega edi. Statistik qonuniyatlar ehtimollar nazariyasi elementlari bilan klassik fizikada issiqlik hodisalarini o‘rganishda paydo bo‘lganiga qaramasdan, alohida zarraning o‘zini tutishi qat’iy determinatsiyalashgan bo‘lib, N’yuton tenglamalari orqali ifodalanar edi. Lekin ko‘p sonli zarralarnining atom va molekulalarning holatini har bir vaqt momentida ifodalashning ilojisi yo‘qligi uchun statistik o‘rtachalashni kiritishga majbur qildi.
Zamonaviy olam manzarasining xususiyatiga ko‘ra dinamik qonuniyatlardan statistik qonuniyatlarga o‘tish kerakligi ayon bo‘ldi. Statistika barcha mikrohodisalar asosida yotib, statistik tavsif mikrohodisalarning barchasiga taalluqli bo‘lib, ular yetarli darajadagi aniqlikda katta zarralar ansamblini ifodalaydi, har bir zarraning holatini ma’lum ehtimollik bilan ifodalaydi.
Zamonaviy fikrlash uslubining boshqa xususiyatlarini ham ta’kidlash lozim, bu esa kvantoviy-maydon OFM ning metodologik asosini tashkil qiladi. Klassik fizikadagi olamning mexanik va elektromagnit manzarasi tabiatni o‘rganishda o‘lchash operatsiyasiga diqqatni jalb qiladi. Klassik fizikada bilish real hodisalarning yaqqol modeli orqali amalga oshirilar edi. Tushunish tili hisoblangan ushbu modellar mikroolamni bilish jarayonida insonlar tomonidan yaratilgandir. N.Borning ta’rifiga ko‘ra mikroolamning tabiati makroolamdan boshqacha bo‘lib, o‘zining bayon qilinishi uchun shunday modellarni talab qiladiki, ular makroolam fizikasi tarkibida yo‘q. Shunga qaramasdan, makrofizika tushunchalaridan foydalanish imkoniyati mavjud ekan, uning modeli masalan, mikrozarralar uchun “to‘lqin va zarra” modeli ammo uning o‘rinli ekanligi ma’lum chegaragacha ekanligi keyinchalik ma’lum bo‘ldi. Bu chegarani Geyzenberg noaniqlitk munosabatlari ko‘rsatib beradi, jumladan, ∆x ∆r_x ≥2πħ , va boshqа, bular insonga bog’liq bo‘lmagan umumiy, zaruriy va muhim bog’lanishlarni ifodalaydi.
Ushbu munosabatlar tabiatning ob’ektiv qonunini ifodalaydi va tabiatni inson tomonidan o‘rganish chegarasini emas, balki makromodel va makroasboblarni mikroolamga qo‘llash chegarasini ko‘rsatadi. Sanab o‘tilgan zamonaviy fizik fikrlash uslubining belgilari, asosan kvant mexanikaning asosiy g’oyalari asosida shakllangan bo‘lib, hozirgi vaqtda eksperimental va nazariy sohalardagi ilmiy tadqiqotlarni tavsiflaydi. Ular hodisa va qonuniyatlarni ilmiy tushuntirishning idealini tashkil qilib, olimning ishonch va qarashlarini tashkil qiladi. Pedagogik maqsadlarda shuni aytish tkerakki, fikrlash uslubi eng invariant bo‘lib, u olamning fizik manzarasiga nisbatan sekin o‘zgaradi, uni egallagan odamlardan psixologik turg’unligi bo‘yicha ajralib turadi.Yaxshi ma’lum bo‘lgan bir qator klassik fikrlash ruhida tarbiyalangan fizika namoyondalari M.Plank, А.Eynshteyn, Lui-de Broyl, E.Shryodinger va boshqalarni yangilikka ya’ni ehtimoliy fikrlash uslubiga qarshilik ko‘rsatganini misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bunga yaqqol misol qilib, Eynshteynning quyidagi fikrini keltirish o‘rinlidir: “Xudo tabiatni yaratayotganda oshiq otgan degan fikrga ishonmayman” Kvant fizikaning yaratuvchilaridan biri V.Pauli bunga qarshi quyidagicha fikrni aytgan:“Men ishonamanki, to‘lqin funktsiyaning statistik talqini va tabiat qonunlari uslubini yuz yilliklar davomida aniqlaydi”.Mumkin, keyinchalik hayot jarayoni bilan bog’liq tarzda, qandaydir yangi yondashuv topilishi mumkin, ammo o‘tmishga qaytish to‘g’risida orzu qilib bo‘lmaydi, ya’ni N’yuton va Maksvellning klassik usuliga qaytish o‘ta ishonchsizdir[6]. Fizika tarixidan keltirilgan ushbu misol fikrlash uslubining turg’unligidan dalolat beradi va u olamning fizik manzarasining asosida yotadi va ishonchga aylanadi hamda uning uchun kurashishga undaydi.
Аgar insonda odatda u o‘smirlik va yoshlik yillarda dunyoqarash shakllangan bo‘lsa garchand u noto‘g’ri bo‘lsa ham, keyinchalik boshqa dunyoqarashga o‘tish ehtimoli juda kam. Fikrlashning kibernetik uslubi fizika va tabiatshunoslikdan tashqarisiga chiqsa ham, u umumilmiy fikrlash uslubiga aylanmoqda, uning avvalgidan farqi shundaki, nazariy tizimlarning mantiqiy tuzilishi va tadqiqot vazifalarini qo‘yilish usulidadir.
Fan tarixi shuni ko‘rsatadiki, bilimlarni generalizatsiyalash har doim mavjud bo‘lib, fanning rivojlanishini borishini aniqlagan, lekin bu narsa faqatgina ilmiy-texnik revolyutsiya davridagina ayon bo‘ldi. Fizikaning rivojlanishini bilimlarning chiziqli o‘sishi bilan taqqoslash noo‘rindir.Tarixiy jarayonda fizik bilimlarda zichlashish, ularning mazmunini o‘zgartirish asosida qisqartirish, boshqacha aytganda generaliztsiyalash yuz beradi. Masalan, magnetizm bo‘yicha Gil’bert zamonidan boshlangan tadqiqotlar Ersted, Аmper va Faradey kashfiyotlaridan keyin tashlab yuborilmadi, balki barcha haqiqiy natijalar zamonaviy fizika kursiga faqat magnetizm kuchning alohida turi ko‘rinishida emas, balki elektromagnit o‘zaro ta’sirning namoyon bo‘lishi sifatida o‘tdi. А.I. Markushevich taklif qilgan bilimlar modelida generalizatsiyalash quyidagich tasvirlangan: “yadro” ilmiy bilimlarning zichlashishi tufayli “siqilish” xususiyatiga ega, bu esa fandagi kashf qilingan yangi va chuqur bilimlar hisobiga amalga oshadi. Masalan, Neter teoremasi impul’s va energiyaning saqlanish qonunlarini fazo va vaqtning simmetriya xossasi natijasi ekanligidir. Bu esa yangi bilimlarning generalizatsiyalashning yuqori darajasini ko‘satadi.
Yuqoridagi fikrlar asosida o‘quv bilimlarini generalizatsiyalashning metodik maqomini qarab chiqish mumkin. Qiligan tahlilning asosiy tomonlarini o‘quv faoliyatiga ko‘chirsak, o‘quv bilimlarni generalizatsiyalashning metodik maqomini aniqlashga imkon beradi. Ma’lumki, bilimlar hajmini ko‘paytirish masalasini o‘rganish uchun vaqtni tejash, o‘quv materialini ixcham bayon qilish maktab amaliyotida va fizika o‘qitish metodikasida hal qilish hanuzgacha dolzarbligicha qolmoqda Uni hal qilishga oid ayrim fikrlarni bildirish mumkin. Birinchi yo‘li, maktab fizika kursini qayd qilish vositalarini takomillashtirish va o‘quvchilarga fizik bilimlarni uzatishni tashkil qilish. Bilimlar hajmini bunday ko‘paytirish va tejamkorlik asosida o‘qitishni o‘quv materialini minimallashtirish deyish mumkin. Bunga misol qilib, vektorlar algebrasini mexanikani o‘qitishda qo‘llanilishini ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi yo‘l o‘quv bilimlarining mazmunini o‘zgartirish bilan ya’ni generalizatsiyalash bilan bog’liqdir. Natijada mazmun minimumga tushib, fizika o‘qitishning o‘quv-tarbiyaviy masalalarini samarali hal qilishga olib keladi.
Ushbu jarayondan chetda qolgan fizikaning masalalari, garchand ular muhim va o‘quvchilar uchun qiziqarli bo‘lsa ham, metodik ishlanganligi va boshqa mezonlar fizika asoslariga o‘quv predmeti sifatida maktabda kiritilmaydi. O‘quv bilimlarini generalizatsiyalash tamoyili maktab fizika kursining mazmunini aniqlash tamoyili sifatida, shuni bildiradiki, minimal hajmdagi bilimlarni shunday mazmunini belgilash ya’ni katta bilish hajmiga ega bo‘lgan talablarni bildiradi. Umuman olganda bunday ta’rif fizikadagi o‘quv materialini generalizatsiyalashni fizikadan yangi dasturda:“ o‘quv materialini va uni o‘qitishni shunday tanlash va undagi asosiy diqqat muhim dalillar, tushunchalar, nazariyalar va fizika metodlariga, fizik hodislarni umumlashtirishga qaratilgan bo‘ladi”. Maktab fizika kursida ushbu tamoyilna qo‘llash ayrim metodik masalalarni samarali hal qilishga, ayniqsa, o‘quv materialini qisqartirishning maqbul yo‘lini tanlashga olib keladi.
Chunki, fanda kashf qilingan va yosh avlod tomonidan ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida o‘zlashtirilgan yangiliklar orasidagi vaqt katta bo‘lmasligi kerak. Masalan, keyingi 20 – 25 yil ichida fizikadan dasturga quyidagicha yangi masalalar: kosmik tezliklar, lazerlar, tezlatkichlar, yarimo‘tkazgichlardagi tok, yadrodagi sintez reaktsiyalar, elementar zarralarning tarkibi va sinflari va boshq. Shu bilan bir qatorda, o‘quvchining bilish imkoniyatlari deyarli o‘zgarmasdan kelmoqda, shuning uchun dasturga qo‘yiladigan qat’iy talab, uning muntazam ravishda yangi axborotlar hisobiga to‘ldirilishidir. Аfsuski, ayrim hollarda asosiz tarzda qisqartirish, salbiy holatlarga olib kelmoqda. Bunga misol qilib, “Maxsus nisbiylik nazariyasining” 11-sinfga kiritilishini ko‘rsatish mumkin. Аlbatta, ilmiy axborotning uzluksiz ravishda ko‘payishi, ularni o‘quv jarayoniga kiritishni taqozo qiladi, shuning uchun qisqartirishda ehtiyot bo‘lishni va uni ilmiy nuqtai nazardan asoslashni talab qiladi. Demak, bu jarayonda o‘quv materialini gkeneralizatsiyalash muhim o‘rin tutadi.
O‘quv jarayonida ushbu tamoyil muhim rol o‘ynaydi, unga asoslanib o‘quv bilimlarini generalizatsiyalash asosida, avval empirik qonunlarga asoslaangan ko‘plab hodisalarni nazariyalar asosida tushuntirish samarali hisoblanadi. Bunday jarayon ideal gazlarning xossalarini o‘rganishda yangi dasturda namoyon bo‘lgan, unda bilimlarni generalizatsiyalash – ideal gaz molekulyar-kinetik nazariyaning asosiy tenglamasi va temperatura tushunchasini gaz ichki energiyaning o‘rtacha statistik tavsifi ekanligi – alohida empirik qonunlarni Boyl-Mariott, Gey-Lyussak va Sharl qonunlarinialohida qarash samarasiz ekanligini ko‘rsatdi, natijada generalizatsiyalash o‘quv materialini ancha qisqarishga olib keldi.
Bunday qisqartirishga yaqqol misol bo‘lib, elektroDinamikani shunday o‘qitish hisoblanadiki, unda generalizatsiyalangan o‘quv materilai hisoblanadiki, unda Maksvell tenglamalari elektromagnit maydonni sifat jihatidan elektromagnit maydon va uning xususiy hollarda namoyon bo‘lishi sifatida qaraladi: elektrostatik maydon, toknining magnit maydoni, uyurmali elektr maydoni, elektromagnit to‘lqin .

Download 72,96 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 72,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“O‘qituvchi- o‘quvchi” tizimida

Download 72,96 Kb.