|
Dinamika qonunlari
|
bet | 3/11 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 72,96 Kb. | | #135440 |
Bog'liq Dinamika qonunlari-fayllar.orgKurs ishining ob’ekti: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fizika o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Fizikani o’qitish metodlari va hususiyatlari.
Kurs ishining vazifalari:
- Fizika ta’limi jarayonida namoyish tajribalarni ko’rsatish va laboratoriya ishlarini bajarishning samaradorlik darajasini aniqlash;
- Namoyish tajribalarni ko’rsatish va laboratoriya ishlarini bajarishning xususiyatlarini o’rganish va tahlil qilish.
- Mavzuga oid ilmiy-metodik, pedagogik-psixologik adabiyotlar, me’yoriy hujjatlarni o‘rganish, darslik, dasturlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilishim mumkinki, fizika o’qituvchisining o’quvchilar o’quv – biluv faoliyatini faollashtirish borasida namoyish tajribalarni ko’rsatish va laboratoriya ishlarini bajarish ham hozirgi kunda dolzarb ahamiyatga ega ekan.
I BOB. UMUMTA'LIM MAKTABINING FIZKA KURSILARI.
1.1. Umumta’lim maktablarda fizika o‘qitish metodikasi
Umumta’lim maktablarda fizika o‘qitishdagi ilmiy bilish metodologiyasining dunyoqarash funktsiyalari ma’lum darajada ochib berilgan. Ilmiy dunyoqarash insonning g’oyaviy mohiyatini belgilab beradi. Shuning uchun, har bir insonda uning faoliyatidan qat’iy nazar zamonaviy ilmiy dunyoqarashga ega bo‘lishi zarur.
Pedagogikada anchagina massiv umumpedagogik, didaktik va metodik tadqiqotlar mavjud bo‘lib, ular yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga bag’ishlangan. Shunga qaramasdan, maktab fizika kursini o‘qitishda ushbu masala hanuzgacha talab darajasida hal qilinganicha yo‘q. Jumladan, pedagogika fanlar akademiyasining akademigi E.I. Monoszon fikricha ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning ayrim nazariy masalalari hanuzgacha hal qilinmagan. Umumta’lim maktabda fizika o‘qitishga taalluqli darsliklarda, o‘quv qo‘llanmalarda, dasturlarda fizika o‘qitish amaliyotida dunyoqarash masalalari miqdoriy jihatdan ham, ayniqsa sifat jihatdan ham munosib o‘rnini topganicha yo‘q.
Dastlab “o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarash” tushunchasini mohityatini ko‘rib chiqaylik.Shuni aytish lozimki, pedagogik adabiyotda ushbu tushuncha”dialektik-materialistik dunyoqarash”, tabiiy-ilmiy dunyoqarash” kabilar bilan yonma-yon turadi.
Ikkinchi tomondan, ko‘pchilik hollarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish masalasi o‘quvchilar tomonidan ilmiy dunyoqarash tushunchalari va tasavvurlari bilan chegaralanadi. Bunday holat shu bilan tushuntiriladiki, hozirgacha ”o‘quvchining ilmiy dunyoqarashi” tushunchasining tabiati metodik tadqiqot predmeti sifatida ochib berilmagan. Fizika o‘qitish metodikasida ushbu tushuncha tayyor holda berilib, u falsafadan olingan. Dunyoqarashning mazmunining asosini tarkibiy qismi quyidagilardir: Dialektik va tarixiy materializm, iqtisodiy tarbiya va demokratik jamiyat. Аyrim faylasuflar dunyoqarashning mazmuniy jihatiga aniq fanlarning umumlashgan ma’lumotlarini ham qo‘shadi. Ilmiy dunyoqarash tushunchasi o‘ziga xos umumiyligi va ko‘pqirrali jihatlari bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham ushbu tushunchaga qaat’iy ta’rif berish qiyin.
Fizika o‘qitish samarali bo‘lishi uchun ilmiy bilish metodologiyasining dunyoqarash funktsiyasini ochib berish muhim hisoblanadi. Quyida bayon qilinadigan holatlar qator psixologik-pedagogik, didaktik va metodik tadqiqotlarda olib borilgan dunyoqarashni shakllantirishga bag’ishlangan ishlarni tahlil qilishga asoslangan.
Ushbu ishlar o‘qituvchilarga o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishga ko‘rsatma beradi:
1. Dunyoqarashni shakllantirish, bir vaqtda va birgalikda predmet materialini o‘zlashtirish jaryonida olib boriladi. Barcha o‘quv-tarbiyaviy ishlar ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgani uchun, darslarda unga bag’ishlangan maxsus soat yo‘q, chunki o‘quv jarayoni bilan paralell tarzda olib boriladi. Shuni aytish kerakki, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan maxsus metodlar hozircha mavjud emas, bu esa ma’lum darajada o‘qituvchi va o‘quvchilarning munosabatini qiyinlashtradi.
2.Аgar dunyoqarashni shakllantirish aniq o‘quv fizik materialni o‘zlashtirish bilan olib borilsa va dunyoqarash jihati maqsadga muvofiq va ongli tarzda olib borilsa samarali bo‘ladi. Masalan, o‘quv faoliyati jarayonida o‘quvchilar tajriba o‘tkazishsa, kuzatish, o‘lchash, olingan natijalarni bayon qilish va tahlil qilishsa, asboblarni tuzatishsa, eksperimental tavsifdagi aniq bilim va malakaga ega bo‘lishadi. Аmmo ushbu bilan chegaralanib qolmaslik kerak, o‘quvchilar tomonidan nazariy-bilish ya’ni eksperimentning metodologik jixatini ilmiy bilish metodi sifatida qarash kerak. Shuning uchun, o‘quvchi u yoki bu tajribani bajarishda belgilab qo‘yilgan ramkadan chiqib, uni metodologiya nuqtai nazardan qarashi zarur. Ushbu holdagina ya’ni qachonki aniq material dunyoqarash bilan bog’langandagina ishonchga o‘tadi. Boshqacha aytganda, bilish manbai bo‘lib moddiy olam hisoblanadi, inson bilish jarayonida ma’lum bo‘lgan qonunlardan foydalanib, olamni o‘zgartiradi,
3.Dunyoqarashni shakllantirish muvafaqiyatli bo‘ladi, agarda dunyoqarashga taalluqli bilimlar dolzarb bo‘lsa va ishonchga aylansa hamda o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirish jarayonidagi amaliy faoliyati samarali bo‘lsa. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish muammosini hal qilishda adashmaslik kerak, chunki insonga dunyoqarash shunchaki emas, balki uning amaliy faoliyatida ya’ni o‘quv va mehnat faoliyatida yuzaga kelgan ishlab chiqarish va hayotiy muammolarni samarali yechishga xizmat qilishi zarur. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning qiymati shundan iborat. Psixologlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ishonchli ko‘rsatkich bu “falsafiy bilimlar o‘quvchilarning shaxsiy qarashlariga aylanishi uchun, ularning shaxsiy dialektik-materialistik tushunishiga aylanishi lozim. Shuning uchun ham keyingi holat katta ahamiyatga ega.
4.Har bir o‘quvchida dunyoqarashni shakllantirish – ular tomonidan ushbu bosqichlarni mustaqil o‘tishni ya’ni bilimlarni egallashdan boshlab ishonch hosil qilishgacha bo‘lgan jarayondir. Yuqorida aytildiki, dunyoqarashga oid bilimlarni va ishonchni shakllantirish shaxsiy tavsifga ega. Yuqorida aytilgandek, dunyoqarash bilimlarni va ishonchlarni shakllantirish shaxsiy tavsifga ega. Chunki dunyoqarash, olam to‘g’risidagi olamdagi va jamiyatdagi hodisalar to‘g’risidagi qarashlar hamda uning qonuniyatlari to‘g’risidagi tasavvurlar oddiy o‘rganish bo‘lmasdan, o‘quvchining ichki dunyoqarashidan o‘tishi kerak va uning shaxsiy bahosi va ishonchini qozonishti lozim. Bular boshqa insonlar dunyoqarashiga va tayyor holdagi o‘qituvchining dunyoqarashiga bog’liq emas. O‘quvchilar mustaqil tarzda o‘quv materialini tahlil qilishi hamda undagi materialistik va idealistik qarashlarni ajrata olishi lozim, bu jaroayonda u o‘zining nuqtai nazariga asoslanishi kerak.
5. O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishni o‘qituvchi yo‘naltiradi va nazorat qiladi. Buning uchun u faqatgina dunyoqarash tavsifidagi bilimlarni beribgina qolmasdan, o‘quvchilarning faoliyatini unga yo‘naltirishi lozim. Shundagina o‘quvchilarda dunyoqarash qanday davrajada shakllangani ayon bo‘ladi.
|
| |