2.2.Dinamika – nazariy mehanika
Dinamika – nazariy mehanikaning asosiy bo’limi bo’lib , unda jismlarning mehanik harakat qonunlari shu harakatni vujudga keltiruvchi kuchlarga bog’liq holda o’rganiladi. Mehanikaning birlamchi tushunchasi bolgan kuch Dinamikada moddiy jismlar harakatini o’zgartiruvchi ta’siri bilan aniqlanadi.
Dinamika jismlarga o’zgarmas kuchlardan tashqari miqdor va yonalishi o’zgaruvchan kuchlar ham ta’sir ko’rsatishi mumki deb qaraladi. Kuchlar aktiv, faol va passiv reaksiya kuchlari bo’lishi mumkin. Massa jimlarning moddiy o’lchov miqdori bo’lib, Dinamikaning asosiy tushunchalaridan biri hisoblanadi jismning harakati faqat unga qo’yilgan kuchgagina bog’liq bo’lmay, uning inertligiga ham bog’liq. Jismning inertligini miqdor jihatdan ifodalovchi fizik kattalik jismning massasi deyiladi. Biz o’ganayotgan mexanika klassik mehanika bo’lib bunda jismning tezligi yorug;lik tezligidan ancha kichik, uning massasi o’zgarmas, skalyar va musbat kattalik deb qaraladi. Harakatni o’rganishda o’lchamlari ahmiyatga ega bo’lmagan, lekin massaga ega moddiy jismga moddiy nuqta deyiladi. Moddiy nuqta asl ma’noda, biror jismni anglatagani uchun u shu jismning massasiiiiga te shu massaga va shu sababli, jism kabi ta’sirlasha olish hususiyatiga ega boladi . Moddiy nuqta tushunchasiga binoan, mehanik sistema yoki jism massasi uni tashkil etgan moddiy nuqtalarning yig’indisi bilan aniqlanadi. Umumiy holda, jismning harakati faqat ushbu moddiy nuqtalar yig’indisigagina emas, ularning jism bo’ylab taqsimlanishiga bog’liq. Dinamika masalasi jismga ta’sir etuvchi kuchlar bilan uning harakatining kinematik xarakteristikalari o’rtasidagi bog’lanish qonunlarini aniqlash va bu qonunlarini harakatning xususiy hollariga tatbiq etishdan iborat.
Dinamika masalasini Dinamika asoschisi Nyutoooooon juda yaxshi tarfilagan. U aytganki , Dinamika “haarakatning yuz berishiga ko’ra tabiat kuchlarini bilish, songra bu kuchlar bilan tabiatning boshqa hodisalarini tushintirishi” zarur.
Dinamikaning asosida tajriba va Galiley-Nyuton qonunlari deb ataluvchi quyidagi qonunlar yotadi. Bu qonunlarga asoslanib mantiqiy yo’l bilan matematika usullarini qo’llash natijasida Dinamikaning turli teoremalari va tenglamalari keltirib chiqariladi.
Dinamikaning ushbu qonunlari birinchi bor Galiley va Nyton tomonidan XVII asrda ta’riflangan. Bu qonunlarining to’g’riligi indonning amaliy faoliyatida, tehnikaning rivojlanishida hamon kuzatilgan. 1-qonun (inetsiya qonunlari). Har qanday kuch ta’siridan xolin etilgan moddiy nuqta tinc holatda yoki tog’ri chiziqli tekis harakatda bo’ladi. 2-qonun (Dinamikaning asosiy qomuni). Kuch ta’siridagi moddiy nuqta shu kuchga proporsional va kuch bilan bir hil yo’nallgan tezlanishda bo’ladi. Agar nuqtaga qo’yilgan kuchni F, nuqta tezlanishini W deb belgilasak , ikkinchi qonun quyidagicha ifodalanadi:
m*W=F . (2.2.1)
Bu yerda m nuqtaning massasi. Ikkinchi qonun nuqta Dinamikaning asosiy qonuni , ushbu qonunni ifodalovchi tenglama Dinamikaning asosiy tenglamasi deyiladi. 3-qonuni (ta’sir aks ta’sirning tenglik qonuni). Ikki moddiy nuqta miqdorlari tang va ularni tutashtiruvchi to’g’ri chiziq bo’ylab qarama-qarshi yo’nalgan kuchlar bilan o’zaro ta’sirlashadi. 4-qonun (kuchlar va aks ta’sirning tenglik qonuni). Bir nechta kuch ta’siridagi moddiy nuqtaning tezlanishi uning har bir kuch ta’siridan oladigan tezlanishlarining vektorlari yig’indisiga teng.
Nyutonning ikkinchi qonuni, umumiy holda quyidagi ko’rinishda yoziladi:
(2.2.2)
Bu yerda, mS - moddiy nuqta impulsi; Agar tashqi kuch F=0 bo’Isa
(2.2.3)
ham, nolga teng bo’ladi. Bundan impulsni saqlanish qonuni, mS=const kelib chiqadi. Agar, massa o’zgarmas (m=const) bo’Isa, u holda Nyutonning
ikkinchi qonuni quyidagicha yoziladiю
(2.2.4)
bunda a – tezlanish
Agar, massa o’zgarib tursa, (m# const) bo’Isa, Nyutonning
ikkinchi qonuni quyidagicha yoziladi:
(2.2.5)
bu yerda
vaqt birligidajism massasining kamayishi. Agar, jism harakati davomida ta’sir etuvchi kuch o’zgarmas bo’Isa, impulsning dt vaqt ichida o’zgarishi, kuchning ta’sir etish vaqti ko’paytmasiga teng bo’ladi:
(2.2.6)
bu yerda, d1 va d2 boshlang’ich va oxirgi tezliklar. Nyutonning uchinchi qonuni:
(2.2.7)
bu yerda, F] va F2 ikki jism orasidagi o’zaro ta’sirlanish kuchlari, mi va m2- birinchi va ikkinchi jismlar massasi. Ikki moddiy nuqta uchun impulsning saqlanish qonuni quyidagi.
(2.2.8)
bu yerda, v1 va v2- moddiy nuqtalaming to’qnashgunga qadar tezliklari,v1 va v2 - moddiy nuqtalaming to’qnashgandan so’ng, oigan tezliklari. Mexanikada uchraydigan kuchlar: 1. Elastiklik kuchi F=-kx bunda, k - elastik koeffisiyenti (prujinaning bikrligi), x - absolyut deformasiya. 2. Ishqalanish kuchi Flshq=(xN bunda N - normal bosim kuchi, ja. - ishqalanish koeffitsiyenti. 3) Og’irlik kuchi P=mg bunda, g-erkin tushish tezlanishi. 4) Gravitasion kuch;
(2.2.9)
bunda, y - gravitasiya doimiysi. Agar, jism yer sirtidan h - balandlikda bo’lsa.
(2.2.10)
Yer sirtidan h - balandlikda erkin tezlanish:
(2.2.11)
Ikki moddiy nuqtalaming o’zaro tortishish potensial energiyasi:
(2.2.12)
bunda, m1 va m2 - moddiy nuqtalaming massalari, r- ular orasidagi masofa. Birinchi kosmik tezlik:
(2.2.13)
Uning fikricha: Tabiiy – bu yuqoriga yoki pastga bo’lgan harakatdir, boshqasining hammasi majburiy ekanligini aytgan, lеkin bu esa bir tomondan ta`sir ~𝑓(𝜗)to’g’ri, ikkinchi tomondan bеrilgan momеntda jismning tеzligini shu momеntdagi ta`sirini aniqlamaydi dеyish noto’g’ridir. Galilеy esa buni inkor etdi va quyidagicha xulosaga kеladi: Agar jismga tashqi ta`sir bo’lmasa, u o’zini tеkis harakatini o’zgartirmaydi yoki tinch holatini saqlaydi.
Dinamikaning I – qonuni fundamеntidir. Lekin qanday sanoq sistemasida o’rinliligini aytmagan. Kuch Odam biror narsa ko’tarayotganda yoki aravachani sudrayotganda o’zining qo’lini kuchini shu jismga uzatadi va harakatga kеltiradi. Unda odam o’z tanasida qandaydir kuchlanish sеzadi. Lеkin mеxanikada kuch bu fiziologik kuchlanish (sеzgi) ni emas, balki ikki jism – harakati holatini o’zgarishi o’zaro ta`sir natijasida bo’luvchi fizik sababiyatini tushuntiriladi. Shuning uchun bu fizik sababni – fizik kuchni fiziologik kuchlanish bilan almashtirish yaramaydi. Masalan, aravachaning harakat tеzligi kishidagi kuchlanish bilan aniqlanmaydi, balki unga ta`sir etuvchi kuch bilan aniqlanadi. Jismning o’zaro ta`sirini xaraktеrlaydigan fizik vеktor kattalikga kuch dеyiladi.
Kuch kattaligi, yo’nalishi va qo’yilish nuqtasi bilan xaraktеrlanadi. Kuchlar bir nеcha xil bo’ladi: Kuchlar 𝐎𝐠 ′ 𝐢𝐫𝐥𝐢𝐤 𝐈𝐬𝐡𝐪𝐚𝐥𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡 𝐞𝐥𝐚𝐬𝐭𝐢𝐤 kuchlarga bo’linadi. Lеkin, tabiatda har qanday kuch ta`sirida harakat vujudga kеlavеrmaydi. Masalan: 𝑭 < 𝑭𝒊𝒔𝒉𝒒 bo’lganda jism tinch turavеradi.
Bu kuchni boshqa kuchlar bartaraf qiladi,
ya`ni σ 𝑭𝟏 = 𝟎.
Jism tashqi kuch ta`sirida harakat qilmasdan, o’zining shaklini o’zgartirishi mumkin. Masalan, dеformatsiya hodisasida. Kuchlarning muvozanat shartlarini, ya`ni Dinamikaning xususiy hollari statika bo’limida o’rganiladi. §3.3. Kuchlarnn o’lchash Statikada kuchlar vaqt bo’yicha o’zgarmaydi. Statikada og’irlik kuchi yoki og’irlik – bu shunday kuchdirki, bunda tinch turgan jism boshqa uni ushlab turgan jismga shunday kuch bilan ta`sir qiladi.
2.3. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» fanining mazmuni, maqsadi, predmeti va vazifalari.
O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning (1997y.) ikkinchi bosqichi sifat bosqichi hisoblanib, bunda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurati uqtirilgan. Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni ro'yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi va uning ikkinchi bosqichida «o’quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta'minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta'limning dunyo ta'lim tizimiga integratsiyalashuvi, demokratiyalash va insonparvarlashtirish jarayonlarining rivojlanishi ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarga yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda.
Nega bugungi kunga kelib, pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik darajada kuchaydi, degan mulohaza tug’ilishi tabiiy. Jamiyatimizga qanchadan-qancha bilimli va malakali kadrlarni etishtirib kelgan pedagogikaning o'ziga xos uslublari mavjuDinamika Pedagogik jamoatchilikning aksariyati mana shu yo'ldan bormoqda, ammo mustaqillik va kelajak sari intilayotgan jamiyatga bu yo'l kutilgan samara bilan xizmat qila olmaydi. Chunki buning zamirida ma'lum sabablar mavjud, ya'ni:
1.Rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish uchun, aholi ta'limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarurligi;
2.Fan-texnika taraqqiyotining o'ta rivojlanganligi natijasida axborotlar tizimi hajmining tobora ko'payib borayotganligi;
3.Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ta'limga tatbiq etish, ta'lim jarayonini kompyuterlashtirish, o’quv-tarbiya jarayonida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish kerakligi;
4.Talaba va o'qituvchi faoliyatini to'g’ri yo'lga qo'yish, o'qituvchi ta'lim maqsadi va mazmunini puxta bilishi, ta'lim usullari, metodlari va vositalarini yaxshi egallagan bo'lishi, talabaning qiziqish va intiluvchanligini to'g’ri yo'lga yo'naltira olishi lozimligi;
5.O'qituvchi ta'lim jarayonini yuqori darajada, samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilashi, ta'lim natijasini oldindan qayd etishi, o’quv predmetlarini to'liq o'zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta'lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlashga erishishi kerakligi;
6.O’quv jarayoni uchun zarur moddiy-texnik bazaning yaratilgan bo'lishligi;
7.Ta'lim-tarbiya jarayoni natijalarini xolisona va ob'ektiv baholash, talabalarning bilim va malakalarini egallash jarayonini nazorat qilish va baholashni avtomatlashtirishga erishilganligi;
8.O'sib kelayotgan yosh avlodni hayotga mukammal tayyorlash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisoblangan ob'ektiv borliqqa majmuiy yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi kabi muammolardadir.
Demak, zamonaviy pedagogik texnologiya yuqorida keltirilgan shartlarning barcha talablariga javob beradigan ta'limiy tadbir hisoblanadi.
O'tgan asrning 60-yillarida AQSH (B. Blum, DINAMIKA Kratvol, N. Gronland, J. Kerrol)da yaratilgan va jahondagi 30 ga yaqin mamlakatlar ta'lim tizimida muvaffaqiyatli qo'llanib kelinayotgan pedagogik texnologiyaning mohiyati, uning nazariy asoslari, o'ziga xos xususiyatlari hamda bu texnologiyaning mamlakatimiz ta'lim tizimiga joriy etishning ahamiyati juda katta.
O'tgan asrning 50-yillar o'rtasida jahon pedagogikasida o’quv jarayonini to'la-to'kis yangi, o'ziga xos «texnologik» usulda tashkil etishga yondashish vujudga kelgan edi. 60-yillarda esa o’qitish uslublarining o'ta turli-tumanligi ulardan o’quv jarayonining tashkil etishda foydalanishni qiyinlashtirayotganligi e'tirof etila boshlandi. Shuning uchun ham barcha uslublar uchun umumiy bo'lgan ilmiy asos yaratish zarurati tug’ildi. Natijada pedagogik uslublar texnologiyasi yoki o’quv jarayonining tashkil etish texnologiyasi, ya'ni «ta'lim texnologiyasi» (an Educational technologu) tushunchasi vujudga keldi. AQSHda 1961 yildan «Pedagogik texnologiya» jurnali chiqarila boshlandi. Shuningdek, Angliyada «Pedagogik texnologiya va o’quv jarayoni» (1964 yildan), Yaponiyada «Pedagogik texnologiya» (1965 yildan), Italiyada ham shunga o'xshash jurnal (1971 yildan) chiqa boshlagan. YUNESKO 1971 yildan boshlab ta'lim bo'yicha xalqaro byuroning «Pedagogik texnologiyalar» byulletenini chiqarib kelmoqda. Rossiya Federatsiyasida esa 1997 yildan boshlab «Maktab texnologiyalari» jurnali ta'sis etildi.
Xorijiy mutaxassis olimlar bilan bir qatorda respublikamizning pedagog olimlari Ashirbaev S., Sayidahmedov N.S., Jo'raev R., Farberman B.L. va boshqalar tomonidan ham samarali ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish kuchayganining sababi shundaki, rivojlanayotgan davlatlarda, odatda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta'lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma'qullandi va 1972 yilda «Ta'limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya - ta'limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi.
Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog’liq kasbiy faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
«Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat» kursining maqsadi - talabalarni pedagogik texnologiyalarning mazmuni, o'ziga xos xususiyatlari va turlari bilan tanishtirish va pedagogik texnologiyalardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahoratini shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari - pedagogik texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy etish; ilg’or tajribalarni tatbiq qilish, har bir mavzu yuzasidan oydinlashtirilgan rejalarni tuzish; maxsus fanlarini o’qitish jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo'llash usullari bilan tanishtirish; talabalarda texnologik loyiha va texnologik xaritalarni tuzish, pedagogik texnologiyalardan mahorat bilan foydalanish malakasini shakllantirish.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya - ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta'lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyaning predmeti - pedagogik tizimini konsteptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo’yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o’quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, pedagogik modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning muqobillik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topadi. Tizimli yondashish o’qitish tizimining barcha asosiy tomonlarini - maqsadni aniqlash va o’quv jarayonini loyihalashdan tortib, to yangi o’qitish tizimining samaradorligini tekshirish, uni sinovdan o'tkazish va ommalashtirishgacha bo'lgan jarayonni o'z ichiga oladi. U o'z harakat tartiblarini takrorlanuvchanligi va ularni to'la o’quv jarayoniga tadbiq etish g’oyasi, oqibat natijada bu jarayonni «jonli o’qituvchiga» bog’liq bo'lmay qolishiga olib keladi. Haqiqatan ham, agar o’quv jarayoni to'la takrorlanuvchan, alohida ko'rinish (epizod)larga bo'linsa, o’qituvchining vazifasi oldindan tuzilgan (o'zi tuzgan bo'lishi shart emas) material bilan o'qishni tashkil etishda tashkilotchi va maslaqatchi rolini ijro etishdan iborat bo'lib qoladi.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi – ommaviy ta’lim sharoitida ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va talabalar tomonidan o‘qishning ko‘zlangan natijalariga erishish kafolatidan iboratdir.
Pedagogik texnologiyaning bosh vazifasi – ommaviy ta’lim sharoitida «oddiy» pedagoglarga o’qitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi, o‘quv jarayonini yaratishh hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning predmeti – o‘quv jarayoining o‘zi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiyaning ob’yekti –o‘quv jarayonining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
|