II BOB “DINAMIKA QONUNLARI" MAVZUSIDA O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH




Download 72,96 Kb.
bet7/11
Sana12.01.2024
Hajmi72,96 Kb.
#135440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Dinamika qonunlari-fayllar.org

II BOB “DINAMIKA QONUNLARI" MAVZUSIDA O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH.


2.1. Dinamika qonunlari


Dinamika (yun. dynamis — kuch) — mexanikannng jismlar mexanik harakatini ularga taʼsir qiladigan kuchlar bilan bogʻlab oʻrganadigan boʻlimi. DINAMIKAda statikaning murakkab kuchlar sistemasini sodda holga keltirish qonuniyatlaridan va kinematikadagi harakatni ifodalash usullaridan keng foydalaniladi. dinamikaning bevosita vazifasi berilgan (qoʻyilgan) kuchlar boʻyicha harakatni aniqlash, agar harakat maʼlum boʻlsa, jismga qoʻyilgan kuchlarni topishdan iborat. Odatda, dinamika deganda yoruglik tezligidan ancha kichik tezlikda harakatlanayotgan har qanday moddiy jismning harakatini oʻrganadigan anʼanaviy (klassik) dinamika tushuniladi.
Oʻrganiladigan obʼyektning xossalariga qarab:
1) moddiy nuqta va moddiy nuqtalar sistemasi dinamikasi;
2) qattiq jism dinamikasi;
3) uzgaruvchan massali jism dinamikasi;
4) elastik yoki plastik deformatsiyalanadigan jism dinamikasi;
5) suyuqlik va gaz dinamikasi (mas, gidroDinamika, aerodinamika, gaz Dinamikasi) buladi.
Dinamikada avval moddiy nuqtaning harakat qonunlari aniqlanadi, soʻngra moddiy nuqtalar sistemasi uchun bu qonunlar umumlashtiriladi, massa jismlarning moddiy ifodasi sifatida qaraladi.Dinamika asosini Nyutonning mexanika qonunlari tashkil qiladi.

2.1.1-rasm


Dinamikada ikkita birliklar sistemasi ishlatiladi: 1) fizik sistema [uzunlik birligi (1 metr), vaqt birligi (1 sekund), massa birligi (1 kilogramm-massa) olinadi]; 2) texnik sistema [uzunlik, vaqt birligi va kuch birligi (1 kilogramm-kuch)]. dinamikada moddiy nuqtalar va sistemalarning harakati Nyutonning qonunlari asosida tuzilgan differensial tenglamalar asosida aniklanadi. dinamikada moddiy nuqta tebranma harakatini tekshirish uchun differensial tenglamalardan foydalaniladi va harakat qonunlari keltirib chiqariladi. Bundan tashqari Dinamikada harakatni tekshirish uchun nisbatan soddalashtirilgan uch xil usul ham keltiriladi. Bular dinamikaning umumiy teoremalari degan nom bilan kiritilgan.
Amalda dinamikaning quyidagi umumiy teoremalari juda keng tatbiq qilinadi:
1) sistema harakat miqdorining oʻzgarishi haqidagi teorema: sistema harakat miqdori differensiali tashqi kuchlar elementar impulslarining geometrik yigindisiga teng . Bu teorema suyukliklar harakatini tekshirishda, zarba nazariyasida, reaktiv harakatlar nazariyasida keng tatbiq qilinadi;
2) sistema kinetik momentining oʻzgarishi haqidagi teorema:
3) sistemaning biror O markaziga nisbatan kinetik momentining vektori uchining tezligi sistemaga qoʻyilgan tashki kuchlarning shu nuqtaga nisbatan bosh momentiga teng . Bu teorema giroskoplar nazariyasida, zarba nazariyasida, sayyoralar harakatini tekshirishda, turbinalar nazariyasida keng tatbiq qilinadi;
4) sistema kinetik energiyasining oʻzgarishi haqidagi teorema: sistemaning ixtiyoriy siljishidagi kinetik energiyasi oʻzgarishi ichki va tashqi kuchlarning shu siljishda bajargan ishlari yigʻindisiga teng .
Sistemaga potensial kuchlar qoʻyilsa, sistema kinetik va potensial energiyalarining yigindisi oʻzgarmay qoladi. Kinetik energiyaning oʻzgarish tezligi barcha ichki va tashki kuchlar quvvatlari yigʻindisiga teng . Dinamikada umumlashgan koordinatalar va umumlashgan kuchlar tushunchalari kiritilib, kinetik energiyani bu yangi koordinatalarda ifodalash uchun Lagranj ikkinchi tur tenglamalari keltirib chiqariladi. Harakatni tadqiq qilishning umumiy usullaridan tashqari dinamikada bir qator xususiy masalalar: giroskoplar nazariyasi, mexanik tebranishlar nazariyasi va b. ham oʻrganiladi. Dinamika usullarining ayrim sohalarga tatbiq qilinishi tufayli osmon mexanikasi, tashqi ballistika, samolyotlar Dinamikasi, raketalar Dinamikasi kabi sohalar paydo boʻldi.



Download 72,96 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 72,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB “DINAMIKA QONUNLARI" MAVZUSIDA O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH

Download 72,96 Kb.