• Kurs ishining vazifalari
  • Kurs ishining amaliy ahamiyati
  • 1.1. Gramatik va imlo darslarida qiziqarli o’yinlardan foydalanish metodikasi.
  • Mavzu: boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish mundarija: Kirish I BOB boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish mavzusini o`rganishning nazriy




    Download 0,5 Mb.
    bet2/6
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #237678
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu boshlang\'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qizi

    Kurs ishning obyekti: Boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish asoslarini yoritish jarayoni.
    Kurs ishning predmeti: Boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish uslubiy asoslari.
    Kurs ishining maqsadi: Boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish mavzusini o‘rganishda ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish.
    Kurs ishining vazifalari:
    1. Gramatik va imlo darslarida qiziqarli o’yinlardan foydalanish metodikasi innovatsion texnologiyalarni shakllantirish;
    2. Qiziqarli o’yinlarni o’tkazish usullari texnologiyalarini aniqlash;
    3. Didaktik o’yinlardan foydalanish metodikasini yoritish;
    4. Gramatika va imlo darslarida zamonaviy texnalogiyalardan foydalanish pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
    Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida ona tili o’qitish metodikasini o‘rgatish bo‘yicha ta‘limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi.
    Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 bob, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
    I BOB ONA TILI FANIDAN DARS TIPLARINING TA’LIM JARAYONIDAGI O’RNI.
    1.1. Gramatik va imlo darslarida qiziqarli o’yinlardan foydalanish metodikasi.
    Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi.
    An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
    Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
    - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
    - ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
    - ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
    - o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
    - ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
    - amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
    - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
    Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bir nechta o‘yin namunalarini keltiramiz.
    O‘qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko‘nikma negizida o‘quvchi bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogic texnologiyani keltirib chiqaradi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida yaqin yillarda ta’limning mutlaqo yangi metidikasi ishlab chiqiladi. Bu esa yangicha pedagogic mahorat talab etadi. . Shunga ko‘ra pedagogic texnologiyada o‘qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq qilib aytganda, yangi metodik mahorat-yangicha pedagogik texnologiya demakdir. Yangicha pedagogic texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o‘qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalgam tatbiq etishdir.
    Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta’limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak. Darslarni DTS lari talablari, pedagogic texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars – sahna, dars –suhbat, dars – sayr ko‘rinishida o‘quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish, noananaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o‘qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog‘liq deb o‘ylayman
    O‘qituvchining innovatsion fO‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitiaoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng hamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.
    O‘qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
    Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir.
    Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish mundarija: Kirish I BOB boshlang'ich sinflarda grammatika va imlo darslarida qiziqarli o'yinlardan foydalanish mavzusini o`rganishning nazriy

    Download 0,5 Mb.