|
Boshqaruv muloqatining ilmiy-amaliy jihatlari
|
Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 1,68 Mb. | | #244169 |
Bog'liq Boshqaruv mt Muloqot yoki muomala - Muloqot yoki muomala – shaxslararo munosabatlar jarayonida o’zaro axborot almashish, o’zaro ta’sir ko’rsatish va bir-birini idrok etish, tushunishdan iborat faollikning alohida shaklidir. U 3 xil ko’rinishda bo’ladi: 1) o’zaro fikr almashish (kommunikativ ko’rinish). 2) o’zaro ta’sir ko’rsatish (interaktiv ko’rinish). 3) o’zaro bir-birini tushunish (perseptiv ko’rinish). Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi: 1. Hamkorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot. 2. Do'stona munosabatlar asosidagi muloqot. 3. Masofadan turib muloqotga kirishish. 4. Qo'rqitish (qo'rquv) asosidagi muloqot. 5. Soxta obro‘-e’tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot. Muloqotning o'ziga xos 3 ta darajalari mavjud. Bular: makro darajada (katta) — insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq normalariga suyangan holda amalga oshiriladi. Mezo darajada (o‘rta) — muloqot ma’lum mavzu asosida kechadi (masalan, askiyada ma’lum mavzudan chekinmaslik). Mikro daraja (kichik) — muloqotning oddiy shakllari, savol-javob tariqasida yuz beradi. Muloqotning turlari: shaxslararo (inson-inson), shaxsiy-guruhiy (guruh-guruh), ommaviy kommunikatsiya (radio, televideniye, ro'znomalar va oynomalar) kabi turlari mavjud.
- Boshqaruv muloqoti – odamlarga rahbarlik qilish, ularni boshqarish maqsadida ular bilan muloqotga kirishishdir. Rahbar uch xil maqsadda muloqotga kirishadi: 1) topshiriq berish maqsadida; 2) topshiriqning ijrosini nazorat qilish maqsadida; 3) topshiriq ijrosini baholash maqsadida. Biz muhimi topshiriqning bajarilishi deb o’ylaymiz. Bu noto’g’ri. Rahbar nima uchun хоdim topshiriqni bajarganligini, bajarayotganda nima haqida o’ylaganligini, bajarishga nima majbur etganini bilishi lozim. Bu psixologiyada motiv deb ataladi. “Моtiv” fransuzchsa so’z bo’lib, “faoliyatga undovchi ichki kuch va sabab” degan ma’noni anglatadi. Хоdimingizni ishni shunchaki bajarishi muhim emas, balki ichki bir intilish,shaxsiy tashabbus, ijodkorona ruh bilan bajarishi muhim. Buning uchun xodimimgizga inson sifatida yondoshing, uning nafaqat ish joyi, maoshi, моddiy manfaatdorligi, balki ruxiyatiga ham nazar tashlang. Bu xodimning ma’lum ishni bajarish istagidir, chunki ichki istak bilan bajarilgan ish rag’batsiz bajarilgan ishdan sifat jihatdan farq qiladi. Rahbar o’z xodimiga topshiriqni shunday berishi kerakki, toki unda o’sha ishni bajarish istagi paydo bo’lsin.
Boshqaruv muloqoti - pedagogik jarayonlami tashkil etish va boshqarish, sub'yektlar faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonidagi muloqot, ya'ni sub'yektlaming faolliklarini ta'minlash, xatti-harakatlarini maqsadga yo'naltirish yoki motivlashtirishdir.
| Rahbarning muloqot malakasini ifodalovchi asosiy jihat uning muloqot sohasidagi faolligi bo„lib hisoblanadi. Ushbu faollikning maqsadga yo„nalganligi, anglangan tarzda va erkin ijro etilishi insonnning muloqot jarayonini qanchalik mohirlik bilan amalga oshirishini ifodalovchi asosiy belgilardir.
Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi.
Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi.
Rahbarning muloqot malakasini ifodalovchi asosiy jihat uning muloqot sohasidagi faolligi bo„lib hisoblanadi. Ushbu faollikning maqsadga yo„nalganligi, anglangan tarzda va erkin ijro etilishi insonnning muloqot jarayonini qanchalik mohirlik bilan amalga oshirishini ifodalovchi asosiy belgilardir. E’tiboringiz uchun tashakkur ! Tayyorladi : G’aybullayev Fayzullo Abdufattohov Abdullo Jahongitrov Doniyor Baxtiyorova Madina
22-64 MT
Boshqaruv psixologiya
|
| |