• 1.Boshqarish printsiplari
  • 2.Asosiy tushunchalar va ta’riflar.
  • Mavzu: Boshqarishning asosiy prinsiplari Reja: Boshqarish prinsiplari Assosiy tushunchalar




    Download 118,44 Kb.
    bet1/3
    Sana16.12.2023
    Hajmi118,44 Kb.
    #120248
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu Boshqarishning asosiy prinsiplari Reja Boshqarish prinsi


    MAVZU: Boshqarishning asosiy prinsiplari
    Reja:
    1. Boshqarish prinsiplari
    2.Assosiy tushunchalar
    3.Avtomatik boshqarishning mohiyati

    Bizga ma’lumki, ABN fanining o`rganish o`b’ekti bo`lib avtomatik


    boshqarish sistema (ABS) lari hisoblanadilar. ABS lar esa tabiiy (tabiatda mavjud) sistemalar emas, balki inson tomonidan yaratiladigan sun’iy sistemalar hisoblanadilar. ABS larimi boshqarishning fundamental printsiplari asosida tuziladi.
    ABS ning tarkibidagi boshqarish ob’ekti (BO) ma’lum algoritm bo`yicha faoliyat qilishi kerak, buning uchun unga boshqarish algoritmi bilan ta’sir etiladi.
    Bunda boshqarish algoritmi kirish ta’siri, BO ning shu boshqarish algoritmi bilan faoliyati natijasi chiqish signali bo`ladi. Boshqarishning maqsadi boshqarish algoritmi bilan BO ma’lum algoritm bo`yicha faoliyat natijasi imkon qadar to`la mos kelishidan iborat. Mos kelishni amalga oshirishga imkon beruvchi printsiplarni boshqarish printsiplari deyiladi [1].

    1.Boshqarish printsiplari


    Ixtiyoriy ABS boshqarish printsipi asosida ishlaydi. Boshqarish printsipi deyilganda boshqaruvchi qurilma tomonidan u(t) boshqaruvchi ta’sirni ABS ga qo`yilgan g(t) va z(t) ta’sirlar va sistemaning ularga reaktsiyasi y(t) haqidagi ma’lumotlar asosida shakllantirish qoidasini tushuniladi.
    Boshqarish printsiplari talab etilgan faoliyat algoritmi, yani boshqarish algoritmi va amaldagi (real) faoliyatni algoritmi (BO ni algoritmi) orasidagi bog`lanish qandayligini aniqlaydi. Hozirgi vaqtda texnikada uchta fundamental printsip ma’lum bo`lib, amalda shu uchta printsipdan foydalaniladi: ochiq boshqarish printsipi, kompensatsiyali boshqarish printsipi va teskari aloqali boshqarish printsipi. Bularning har biri ma’lum bir boshqaruvchi qurilma (BQ) va ABS ning strukturasi bilan amalga oshiriladi.

    2.Asosiy tushunchalar va ta’riflar.
    “Texnologiya” so`zi yunoncha “techne”-san’at, mohirlik va “logos”- fan so`zlariidan kelib chiqqan.
    Quyidagi ta’rifni berish mumkin: texnologiya – mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo yoki materialni qayta ishlash, tayyorlash, holatini, xossalarini, shaklini o`zgartirishning vosita va usullarining to`plami. Mato yoki kompyuterni tayyorlash uchun texnologiyaga –dastlabki materialni qayta ishlash va ulardan tayyor mahsulotni olish vositalari va usullariga ega bo`lish kerak. Texnologiya moddiy mahsulot olish uchun materiyaning dastlabki holatini yoki sifatini o`zgartiradi. Texnologiyaning vazifasi insonning olam va tabiat haqidagi bilimlarini odamlar uchun zarur va foydali bo`lgan moddiy mahsulotga aylantirishdan iborat.
    Texnologik jarayon – mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo yoki materialni qayta ishlash, tayyorlash, holatini, xossalarini, shaklini o`zgartirishdan iborat bajariladigan ishlarning mantiqiy ketma-ketligi.
    Texnologik jarayonning parametrlari - texnologik jarayonning borishini tavsiflovchi fizikaviy kattaliklardir. Masalan, temperatura, bosim, sarf, kuchlanishlar texnologik jarayonning parametrlari bo`lishlari mumkin.
    Texnologik jarayonni amalga oshirishda bu jarayonni xarakterlovchi parametrlar aniqlangan qonunlar (mantiqiy ketma-ketlik) bo`yicha o`zgarishlari kerak (yoki doimiy bo`lishlari kerak).
    Texnologik jarayonlar har turli bo`lishlari mumkin, masalan:

    • elektrotexnik, issiqlik texnikasi, ximiyaviy yoki biologik ob’ektlarni boshqarish jarayoni;

    • robotlarni boshqarish jarayoni;

    • paxtani tola va chigitga ajratish jarayoni (jinlash);

    • ipni g`altakka o`rash;

    • raketani nishonga tog`rilashda uni boshqarish jarayoni.

    Boshqarish deganda, keng ma’noda, qo`yilgan maqsadga erishishni ta’minlovchi biron-bir jarayonni tashkil etishni tushuniladi. Boshqarish shundan iboratki, ob’ektga (elektrotexnika yoki issiqlik texnikasi, paxta, raketa) ta’sir ko`rsata borib, unda sodir bo`layotgan jarayonlarni shunday o`zgartirish kerakki, toki boshqarish maqsadiga erishilsin.
    Boshqarish maqsadini boshqarish sistemalari bo`yicha mutaxassislar emas, balki, masalan, texnologlar, injenerlar, iqtisodchilar, biologlar, yani, texnikaning boshqarishni qo`llash zarur bo`lgan sohasidagi mutaxassislar shakllantiradilar. Boshqarish bo`yicha mutaxassislarning asosiy masalasi boshqarish maqsadiga erishish uchun zarur bo`lgan axborotni yig`ish, uzatish, uni qulay shaklda taqdim etish yoki qulay shaklga aylantirish, qayta ishlash va nihoyat boshqarish ob’ekti maqsadni bajarishini ta’minlashi uchun bu axborotdan qanday foydalanish haqida qaror qabul qiliuvchi sistemani yaratishdan iborat.
    Misollar:

    Download 118,44 Kb.
      1   2   3




    Download 118,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Boshqarishning asosiy prinsiplari Reja: Boshqarish prinsiplari Assosiy tushunchalar

    Download 118,44 Kb.