• 1)Bosim o’lchash asboblari va ularning turlari.
  • Mavzu: Bosim va vakuumni o’lchash uchun tanlovchi qurilmalarni montaj qilish. Reja




    Download 337,48 Kb.
    bet1/3
    Sana23.11.2023
    Hajmi337,48 Kb.
    #104064
      1   2   3
    Bog'liq
    shanonFel1


    Mavzu: Bosim va vakuumni o’lchash uchun tanlovchi qurilmalarni montaj qilish.
    Reja:

    1. Bosim o’lchash asboblari va ularning turlari.

    2. Avtomatlashtirishda vakum hosil qilsh va uni ishlatish turlari.

    3. Bosim va vakuumni o’lchash uchun tanlovchi qurilmalarni montaj qilish.



    1)Bosim o’lchash asboblari va ularning turlari.
    Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab chiharish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha, bosim kattaligiga bog‘liq bo‘ladi. Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi tekis taqsimlangan kuch bosim deb ataladi:
    P = F / S (1)
    bu erda, S - tekislik yuzi; F- shu tekislik yuziga tekis va tik ta’sir qiladigan bosim kuchi. Bosim xalharo birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o‘lchanadi. 1 Pa qiymati jihatidan kuchga perpendikulyar bo‘lgan 1 m yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch hosil qilgan bosimga teng (N/m ). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo‘llaniladi, kgk/sm , bar, kgk/m (mm suv ust.), mm sim. ust. kabi birliklardan ham foydalanish mumkin. 1-jadvalda ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.
    1-jadval


    O‘lchashda mutlaq, ortikcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud. Rmut - mutlaq bosim -modda xolatining (suyuklik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, Ratm - atmosfera va Rort - ortikcha bosimlar yig‘indisidan iborat: Rmut=Ratm+Rort (22.2) Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat: Rort=Rmut-Ratm (22.3) Atmosfera bosimi - er atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun, bu bosim ko‘pincha barometrik bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum (siyraklanish) sodir bo‘ladi. Rv=Ratm-Rmut (22.4) Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi. Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformasion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi. O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi:  manometr - mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;  barometr - atmosfera bosimini o‘lchaydi;  vakuummetr - berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi;  manovakuummetr - ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;  naporomer - kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi;  tyagomer - kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi;  tyagonaporomer - kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;  differensial manometr - ikki bosim ayirmasini (bosimlar farqini) o‘lchaydi. Quyida sanoatda eng ko‘p tarhalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan. Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ish suyuqliklari, ko‘pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi. Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llanadi. Ularda ish suyuqligi sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, suyuqlik sathi shunday xolatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosim bilan muvozanatlashtiriladi.

    1 - rasm. Ikki naychali manomеtr.

    Download 337,48 Kb.
      1   2   3




    Download 337,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Bosim va vakuumni o’lchash uchun tanlovchi qurilmalarni montaj qilish. Reja

    Download 337,48 Kb.