)Avtomatlashtirishda vakum hosil qilsh va uni ishlatish turlari




Download 337,48 Kb.
bet2/3
Sana23.11.2023
Hajmi337,48 Kb.
#104064
1   2   3
Bog'liq
shanonFel1
ОБЪЕКТИВКА Исмоилов Ш., 3a222fd7-049a-47d8-a607-f4d58e549ab8, (JAVOBI)TEST -2020 O\'razboyev Jahongir 1997-y, Microsoft excel dasturi haqida umumiy ma`lumotlar, 2020-3-203-213, 88 (20), 88 (161), 88 (19), QOBILIYAT VA KASB, Elektr yuritma va elektronika fanidan yakuniy nazorat savollari-fayllar.org, Elektrotexnika, Etnopsixologik metodlar, MAKTABGACHA TA`LIM YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI O`STIRISHDA BOLALAR ADABIYOTIDAN FOYDALANISH, ZarinaKiber
2)Avtomatlashtirishda vakum hosil qilsh va uni ishlatish turlari.
Ko‘pgina suyuqlikli manometrlar ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega. O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. Shunday suyuqlikli asboblar guruhi borki, ularda ish suyuqligining sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o‘zgarishi qalqovichning siljishiga yoki boshqa qurilma tasniflarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar yo rahamli qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi. Suyuqlikli asboblarning ba’zi turlarini ko‘rib chihamiz. Ikki naychali manometr. Bosim, siyraklanish va bosimlar ayirmasini (farqini) o‘lchash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali U-simon manometrlardan, vakuummetrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi. Bunday manometrning prinsipial sxemasi 1 -rasmda tasvirlangan. Ikki tik tutash naycha 1 va 2 metall yoki yog‘och asos 3 ga mahkamlangan bo‘lib, unga shkala 4 o‘rnatilgan. Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni balandliklari bir hil holatda bo‘ladi. SHunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish mumkin:
Rmut-S=Patm-S+H-S-g(p-p1
bu erda, Rmut - o‘lchanayotgan bosim, Pa; Ratm - atmosfera bosimi, Pa; S - naycha kesimining yuzi, m N - suyuqlik sathining (ustun uzunligining) farqi, m; p - suyuqlikning zichligi, kg/m ;3 p1 - monometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m2 ; g - tezlanish kuchi, m/s . Demak, Rmut=Patm+H * g(p-p1), (22.6) Rort=Rmut - Patm = H * g(p-px). (22.7) Agar anometrdagi suyuqlik ustida gaz bo‘lsa, u holda: Rort = Rmut - Patm = H *g*p. (22.8) Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini hisoblab chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini) va ularning qiymatini qo‘shish lozim, ya’ni
H=h1+h2 (22.9)
Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga esa (manfiy) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik sathining farqi o‘lchanayotgan bosimlar farqiga mutanosib
(AR): AP=PrP2=H-g(p-p1) (22.10)
Manometrlarda ish suyuqligi kapillyar kuchlarning ta’siridan xalos bo‘lish uchun ichki diametri 8... 10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin. Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbai mahalliy erkin tushish tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o‘lchanayotgan muhitning zichligi p xam pb hi va h2 balandliklarni o‘lchashdagi xatolardan iborat. Ularning ko‘rsatish xatosi 20°S haroratda 2 mm dan oshmaydi. Ular noagressiv suyuqlik va gazlarning ortiqcha bosimi va siyraklanishini 0...10 kPa chegaralarda o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Mazkur asboblardan bosimlar farqini o‘lchashda difmanometr sifatida foydalanish mumkin. Tuzilishiga harab naychali suyuqlikli asboblarning bir naychali (kosali), og‘ma naychali va boshqa turlari mavjud. Bu asboblar ikki naychali asbobning bir turi bo‘lib, ikkinchi naycha o‘rniga keng idish (kosa) ishlatiladi. Suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiharish tajribasida keng qo‘llanadi. Ularning kamchiliklari - ko‘rsatishlarni masofaga uzatish mumkin emasligi, o‘lchash chegaralarining kichikligi, ko‘rsatishlarning yaqqol emasligi va mexanik mustahkam emasligidan iborat. Texnik o‘lchashlarda kombinasiyalashgan suyuqlikli-mexanik asboblar qo‘llanadi. Ular yuqorida ko‘rilgan asboblardan farqli o‘laroq ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega emas. Ularga qalqovichli, qo‘ng‘iroqli va halhali asboblar kiradi. Qalqovichli difmanometrlar. Qalqovichli difmanometlarning ishlash prinsipa kosali manometrlarnikiga o‘xshash, ammo ularda bosimni o‘lchashda kosadagi suyuqlik sathi balandligining o‘zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida qalqovichning siljishi strelkaga uzatiladi. Bular, ko‘pincha, bosimning o‘zgarishini o‘lchash uchun ishlatiladi. qalqovichli difmanometr sxemasi ko‘rsatilgan. Katta bosim beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat idishga P1 > R2 bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h2 ga pasayib, manfiy idishdagi sath h1 ga ko‘tariladi. R1 - R2 bosimlar ayirmasi suyuqlik ustuning h uzunligi orhali muvozanatlashadi:

2- rasm. Qalqovichli difmanometr sxemasi.

Download 337,48 Kb.
1   2   3




Download 337,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



)Avtomatlashtirishda vakum hosil qilsh va uni ishlatish turlari

Download 337,48 Kb.