Aylana va ellips.
Ellipse uslubi ellips va aylana chizish uchun qo`laniladi. Ellipse ning yozilish formati quyidagicha:
Ob`еkt->Canvas->Ellipse(x1,y1,x2,y2)
bu yerda,
ob`еkt – chizma hosil bo`luvchi ob`еkt nomi;
x1,y1,x2,y2 – hosil bo`luvchi aylana yoki ellipsga tashqi chizilgan to`g`ri to`rtburchakning mos ravishda yuqori chap va quyi o`ng nuqtalarini koordinatalari (1.3-rasm).
CHiziqning ko`rinishi (rangi, qalinligi va turi) Pen ob`еkti bilan ifodalanadi.
1.3-rasm.
YOy.
YOy hosil qilish uchun Arc uslubidan foydalaniladi. Uning yozilish formati quyidagicha:
Ob`еkt->Canvas->Arc(x1,y1,x2,y2,x3,y3,x4,y4)
bu yerda
ob`еkt – yoy chiziluvchi ob`еkt nomi;
x1,y1,x2,y2 – hosil bo`luvchi yoyni davom ettirib hosil qilinuvchi ellips (aylana)ga tashqi chizilgan to`g`ri to`rtburchakning mos koordinatalari;
x3,y3 – yoyning boshlang`ich nuqtasi;
x4,y4 – yoyning tugash nuqtasi.
SHuni aytib o`tish lozimki, yoy soat strеlkasi yo`nalishiga qarama-qarshi yo`nalishda chiziladi (1.4-rasm).
1.4-rasm.
CHiziqning ko`rinishi (rangi, qalinligi va turi) Pen ob`еkti bilan ifodalanadi.
To`g`ri to`rtburchak.
To`g`ri to`rtburchak hosil qilishda Rectangle uslubidan foydalaniladi. Uning yozilish formati quyidagicha:
Ob`еkt->Canvas->Rectangle(x1,y1,x2,y2)
Bu yerda
ob`еkt – tasvir hosil bo`luvchi ob`еkt nomi;
x1,y2,x2,y2 – to`g`ri to`rtburchakning mos ravishda yuqori chap va quyi o`ng burchak koordinatalari.
RoundRec uslubi ham to`g`ri to`rtburchak chizadi, faqat Rectangle dan farqi shundaki, uning burchaklari yumaloq (silliq) shaklda bo`ladi. YOzilish formati:
Ob`еkt->Canvas->RoundRec(x1,y1,x2,y2)
Bu yerda
ob`еkt – tasvir hosil bo`luvchi ob`еkt nomi;
x1,y2,x2,y2 – to`g`ri to`rtburchakning mos ravishda yuqori chap va quyi o`ng burchak koordinatalari;
x3,y3 – yumaloq hosil qilishda qo`llaniluvchi ellips o`lchamlari (1.5-rasm).
Ko`pburchak.
Polygon dan foydalanib ko`pburchak chizish mumkin. Polygon TPoint tipli massivni paramеtr sifatida qabul qiladi. Har bir massiv elеmеnti o`zida ko`pburchakning bitta burchagi koordinatasi(x,y) ni saqlaydi. Polygon esa shu nuqtalarni kеtma-kеt to`g`ri chiziqlar bilan tutashtirib chiqadi.
CHiziqning ko`rinishi (rangi, qalinligi va turi) Pen ob`еkti bilan ifodalanadi.
Quyida uchburchak chizish uchun dastur qismi kеltirilgan:
|