|
Mavzu chuqur yumshatkichlar
|
bet | 5/6 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,6 Mb. | | #145538 |
Bog'liq Chuqur yumshatkichlarKeyingi vaqtlarda tuproqqa yetkaziladigan salbiy ta’sirlarni kamaytirish, agregatlarning iqtisodiy, energetik ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda ekinlardan olinadigan hosildorlikni oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarida tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berish usullarini qo‘llash keng tarqalmoqda. Tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berishda tuproq qatlami ag‘darilmaydi, balki ang‘izni saqlagan holda chuqur yumshatiladi. Bunda tuproq suv va shamol eroziyalaridan himoyalanadi. Bunday tizim cho‘l mintaqalarida ko‘p qo‘llaniladi. Namligi yetarli bo‘lmagan tuproqlarda namni to‘plash va saqlash usuli sifatida keng foydalaniladi. Tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berishning bu usuli AQSh, Kanada, Rossiya, Qozog‘iston Respublikasi va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. Tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berish kultivator-tekislagichlar, tekislagichchuqur yumshatkichlar, chizelli pluglar va plug-yumshatkichlar bilan amalga oshiriladi. Ushbu ishchi organlar bilan tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berishda 75- 85% poya dala yuzasida saqlanib qoladi. Dala yuzasida saqlanib qolingan o‘simlik qoldiqlari tuproqni himoyalaydi, uning namligini saqlashga xizmat qiladi. Bu usul bilan tuproqqa ishlov berilganda kam energiya sarf bo‘ladi. Agregatlardan foydalanish xarajatlari kamayadi va tuproqning tabiiy unumdorligi saqlanib qoladi. - Keyingi vaqtlarda tuproqqa yetkaziladigan salbiy ta’sirlarni kamaytirish, agregatlarning iqtisodiy, energetik ko‘rsatkichlarini yaxshilash hamda ekinlardan olinadigan hosildorlikni oshirish maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlarida tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berish usullarini qo‘llash keng tarqalmoqda. Tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berishda tuproq qatlami ag‘darilmaydi, balki ang‘izni saqlagan holda chuqur yumshatiladi. Bunda tuproq suv va shamol eroziyalaridan himoyalanadi. Bunday tizim cho‘l mintaqalarida ko‘p qo‘llaniladi. Namligi yetarli bo‘lmagan tuproqlarda namni to‘plash va saqlash usuli sifatida keng foydalaniladi. Tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berishning bu usuli AQSh, Kanada, Rossiya, Qozog‘iston Respublikasi va boshqa ko‘pgina mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanilmoqda. Tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berish kultivator-tekislagichlar, tekislagichchuqur yumshatkichlar, chizelli pluglar va plug-yumshatkichlar bilan amalga oshiriladi. Ushbu ishchi organlar bilan tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berishda 75- 85% poya dala yuzasida saqlanib qoladi. Dala yuzasida saqlanib qolingan o‘simlik qoldiqlari tuproqni himoyalaydi, uning namligini saqlashga xizmat qiladi. Bu usul bilan tuproqqa ishlov berilganda kam energiya sarf bo‘ladi. Agregatlardan foydalanish xarajatlari kamayadi va tuproqning tabiiy unumdorligi saqlanib qoladi.
|
| |