Mavzu chuqur yumshatkichlar




Download 2,6 Mb.
bet4/6
Sana25.01.2024
Hajmi2,6 Mb.
#145538
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Chuqur yumshatkichlar

Rus olimi I.E. Ovsinskiy o‘zining “Yangi dehqonchilik tizimi” kitobida (1889 y.) plug bilan tuproqqa ag‘dargichli ishlov berishni tanqil qilgan. E. Folknerning 1943 yilda nashr qilingan “Bezumie paxarya” nomli kitobida muallifning fikricha, plug bilan tuproqqa ag‘dargichli ishlov berishda yomg‘ir chuvalchanglari va chirigan o‘simliklar hosil qilgan tabiiy naychalar tarmoqlari buziladi va yomg‘irdan keyin tuproqni quruq havoda qotib qoladigan yopishqoq bir xil moddaga (massaga) aylanadigan holga keltiradi, shamol va suv eroziyasiga imkon yaratadi, tuproqni ozuqa moddalarini yo‘qolishiga olib keladi. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalarida olimlar tomonidan har qanday ishlov berish usuli ham turli xil tuproq sharoitlariga mos kelmasligini isbotlab berishdi. Ilmiy tadqiqotlarda tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladigan usul va texnologiyalarni ishlab chiqish ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida tuproqqa ishlov berishning yagona andazasidan voz kechildi. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan usul, texnologiya va texnik vositalarni ishlab chiqishni taqozo qiladi. Agrotexnik usul sifatida tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berish va uni amalga oshiradigan vositalar yumshatuvchi qurollar O‘rta Osiyoda, Misrda, Hindistonda qo‘llanilgan. 1910 yilda agronom I.E. Ovsinskiy o‘zi loyihalashtirgan “hosil” kultivatori bilan tuproqqa sayoz ag‘darmasdan ishlov berib, yuqori don hosili olishga erishgan. U ag‘dargichsiz pluglarni qo‘llashni taklif etgan. T.S. Malsev tuproqni har 4-5 yilda bir marta 40-50 sm chuqurlikda ag‘darmasdan yumshatish lozimligini ta’kidlaydi.

  • Rus olimi I.E. Ovsinskiy o‘zining “Yangi dehqonchilik tizimi” kitobida (1889 y.) plug bilan tuproqqa ag‘dargichli ishlov berishni tanqil qilgan. E. Folknerning 1943 yilda nashr qilingan “Bezumie paxarya” nomli kitobida muallifning fikricha, plug bilan tuproqqa ag‘dargichli ishlov berishda yomg‘ir chuvalchanglari va chirigan o‘simliklar hosil qilgan tabiiy naychalar tarmoqlari buziladi va yomg‘irdan keyin tuproqni quruq havoda qotib qoladigan yopishqoq bir xil moddaga (massaga) aylanadigan holga keltiradi, shamol va suv eroziyasiga imkon yaratadi, tuproqni ozuqa moddalarini yo‘qolishiga olib keladi. Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar natijalarida olimlar tomonidan har qanday ishlov berish usuli ham turli xil tuproq sharoitlariga mos kelmasligini isbotlab berishdi. Ilmiy tadqiqotlarda tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladigan usul va texnologiyalarni ishlab chiqish ishlari amalga oshirildi. Buning natijasida tuproqqa ishlov berishning yagona andazasidan voz kechildi. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi tuproq-iqlim sharoitiga mos keladigan usul, texnologiya va texnik vositalarni ishlab chiqishni taqozo qiladi. Agrotexnik usul sifatida tuproqqa ag‘darmasdan ishlov berish va uni amalga oshiradigan vositalar yumshatuvchi qurollar O‘rta Osiyoda, Misrda, Hindistonda qo‘llanilgan. 1910 yilda agronom I.E. Ovsinskiy o‘zi loyihalashtirgan “hosil” kultivatori bilan tuproqqa sayoz ag‘darmasdan ishlov berib, yuqori don hosili olishga erishgan. U ag‘dargichsiz pluglarni qo‘llashni taklif etgan. T.S. Malsev tuproqni har 4-5 yilda bir marta 40-50 sm chuqurlikda ag‘darmasdan yumshatish lozimligini ta’kidlaydi.

Download 2,6 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 2,6 Mb.