|
Mavzu: dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar darsning maqsadi: ta’limiy maqsad
|
bet | 2/107 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 1,21 Mb. | | #263146 |
Bog'liq 2 5433733911249158641KIMYOVIY FORMULA
Kimyoviy formula — modda tariibining kimyoviy belgilar va (zarur bo‘lsa) indekslar yordamida ifodalanishidir. Kimyoviy formulaga qarab moddaning sifat va miqdor tariibini bilib olish mumkin. Masalan: H2S04 — sulfat kislota. H2S04 — sulfat kislotaning 1 ta molekulasini va molekulada 2 ta vodorod, 1 ta oltingugurt va 4 ta kislorod atomi mavjudligini, xususan, moddaning 1 mol ini ham bildiradi Mr(H2S04) = 1 • 2 + 32 + 16 • 4 = 98
VALENTLIK Element atomlarining boshqa elementning muayyan sondagi atomlarini biriktirib olish xususiyati shu elementning valentligi deyiladi.Valentlikning o'lchov birligi qilib vodorodning valentligi qabul qilingan. Vodorod atomining valentligi 1 (bir) ga teng.
Kislorod atomi doimo ikki valentli bo‘ladi.
Uyga vazifa:
RbH, CaH9, NH3, SiH4, BH3, H9S, KH.
Quyidagi elementlarning kislorodli birikmalarining formulalarini yozing: Cl(VII), Se(VI), P(V), Pb(K), B(III), Cd(II), Ag(I)
O’tiladigan sana ___ ___- ____________________ 2017__ yil
Sinf 8 Fan: kimyo
Mavzu: Mol, modda miqdori Avagadro qonuni, gazlarning zichligi va nisbiy zichlik,
Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzu haqida ma’lumot berish,
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga mavzuga taaluqli bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish g’oyalarini singdirish.
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarnining mavzuni o’zlashtirishi bilan birga mavzuning hayot uchun zarur bo’lgan jihatlarini tushuntirish, mavzuni hayotga bog’lash, hayot uchun ahamiyati katta ekanligini tushuntirish.__
Matematik savodxonlik, fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
kimyoviy elementlar va ularning birikmalari xossalariga oid masala va mashqlarni ishlashda hisoblashlarni bajara olish, fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
|
| |