|
Mavzu: Dasturlash tilida klasslar. Do’stona klasslar
|
bet | 4/6 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 31,62 Kb. | | #124061 |
Bog'liq Mustaqil ish 8Qo’llanilishi:
Sinfni e'lon qilish. Sinfni e'lon qilish uchun class kalitli so'zi, undan so'ng ochiluvchi figurali qavs, co'ng xossalar va metodlari ro'yxati ishlatiladi. Sinfni e'lon qilish yopiluvchi figurali qavs va nuqtali vergul orqali yakunlanadi. Masalan, Mushuk sinfini quyidagicha e'lon qilish mumkin.
Class Mushuk
{
unsigned int itsYosh
unsigned int itsOgirlik ;
void Miyovlash()
}
Mushuk sinfini e'lon qilishda xotira zaqiralanmaydi. E'lon qilish, kompilyatorga Mushuk sinfini mavjudligini, qamda unda qanday qiymatlar saqlashi mumkinligi (itsYosh, itsOgirlik) va u qanday amallarni bajarishi mumkinligi (Miyovlash() metodi) qaqida xabar beradi. Bundan tashqari, bu e'lon qilish orqali kompilyatorga Mushuk sinfining o'lchami, ya'ni qar bir Mushuk sinfi ob'ekti uchun kompilyator qancha joy ajratishi lozimligi qaqida qam ma'lumot beradi. Masalan, joriy misolda butun qiymat uchun to'rt bayt talab qilinsa, Mushuk sinfi ob'ekti o'lchovi sakkiz bayt bo'ladi. (itsYosh o'zgaruvchisi uchun to'rt bayt, itsOgirlik o'zgaruvchisi uchun to'rt bayt). Miyovlash() metodi xotiradan joy ajratishni talab qilmaydi.
Ob'ektni e'lon qilish. Yangi turdagi ob'ekt xuddi oddiy butun sonli o'zgaruvchidek aniqlanadi. qaqiqatan qam ixtiyoriy butun sonli o'zgaruvchi quyidagicha aniqlanadi:
unsigned int MyVariable
// ishorasiz butun sonni aniklaymiz
Sat cinfidagi ob'ekt esa quyidagicha aniqlanadi:
Mushuk Frisky // Mushuk ob'ektini aniklaymiz.
Bu dasturiy kodlarda unsigned int tipidagi MyVariable nomli o'zgaruvchi va Mushuk sinfining Frisky nomli ob'ekti aniqlandi.
Ko'pgina qollarda sinf va ob'ekt tushunchalarini ishlatishda chalkashlikka yo'l qo'yiladi. Shuning uchun, ob'ekt sinfning biror bir ekzemplyari (nusxasi) ekanligini yana bir bor ta'kidlash joiz.
Sinf a'zolariga murojaat qilish imkoni. Mushuk sinfining real ob'ektini aniqlaganimizdan so'ng bu ob'ektning a'zolariga murojaat qilish zaruriyati tuqilishi mumkin. Buning uchun bevosita murojaat (.) operatori qo'llaniladi. Masalan, Frisky ob'ektining Weight o'zgaruvchi - a'zosiga 50 sonini o'zlashtirmoqchi bo'lsak quyidagi jumlani yozishimiz lozim.
Fresky. Weightq50;
Meow() metodini chaqirish uchun esa
Frisky. Meow();
jumlasini yozish lozim.
qiymat sinfga emas ob'ektga o'zlashtiriladi. C++ tilida berilganlar tipiga qiymat o'zlashtirilmaydi. qiymat faqatgina o'zgaruvchilarga beriladi. Masalan, quyidagi yozuv noto'qridir:
Intqs // notugri
Kompilyator int tipiga qiymat o'zlashtirilishi xatolik ekanligi qaqida xabar beradi. Xuddi shu nuqtai – nazardan quyidagi yozuv qam noo'rindir:
Cat. itsYoshq 5 // noto'gri
Agarda Mushuk ob'ekt bo'lmasdan sinf bo'lsa, yuqoridagi ifodani qam kompilyator xato deb qisoblaydi. O'zlashtirish amalini bajarishda xatolikka yo'l qo'ymaslik uchun oldin Mushuk sinfiga tegishli Frisky ob'ektini qosil qilish va uning ItsYosh maydoniga 5 qiymatini berish lozim.
Mushuk Frisky;
Frisky. itsYoshq5;
Sinf a'zolariga murojaat qilish imkonini chegaralash. Sinfni e'lon qilishda bir nechta kalit so'zlardan foydalaniladi. Ulardan eng muqimlari publis (ochiq) va private (yopiq) kalit so'zlari bo'lib, ular orqali ob'ektning a'zolariga murojaat qilish imkoniyati chegaralanadi.
Sinfning barcha metodlari va xossalari boshlanqich qolda yopiq deb e'lon qilinadi. Yopiq a'zolarga faqatgina shu sinfning metodlari orqaligina murojaat qilish mumkin. Ob'ektning ochiq a'zolariga esa dasturdagi barcha funktsiyalar murojaat qilishlari mumkin. Sinf a'zolariga murojaat qilish imkonini belgilash juda muqim xususiyat bo'lib, bu masalani echishda uncha katta tajribaga ega bo'lmagan dasturlarchilar ko'pincha qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qolatni batafsilroq tushuntirish uchun mavzuni boshida keltirilgan masalamizga qaytamiz.
Class Mushuk
{
unsigned int itsYosh;
unsigned int itsOgirlik;
void Miyovlash();
}
Bu tarzda sinfni e'lon qilishda itsYosh va itsOgirlik maydonlari qam, Miyovlash() metodi qam yopiq a'zo sifatida aniqlanadi. Dasturda yuqoridagi tartibda Mushuk sinfi e'lon qilingan bo'lsa va bu sinf ekzemplyari bo'lgan ob'ektning itsYosh a'zosiga main() funktsiyasi tanasidan turib murojaat qilsak kompilyator xatolik ro'y berganligi qaqida xabar beradi.
Mushuk Baroq;
Baroq. itsYosh q 5 // Xatolik!
// Yopik a'zoga murojaat kilish mumkin emas.
Mushuk sinfi a'zolariga dasturning boshqa ob'ektlari tomonidan murojaat qilish imkonini qosil qilmoqchi bo'lsak, uni public kalitli so'zi orqali amalga oshiramiz.
Class Mushuk
{
public:
unsigned int itsYosh;
unsigned int itsOgirlik;
void Meow( );
}
Endi public kalitli so'zi orqali sinfning barcha a'zolari (itsYosh, itsOgirlik, Miyovlash()) ochiq a'zo bo'ldi.
Cinf metodlarini aniqlanishi. Sinf metodini aniqlash uchun birinchi sinf nomi, keyin ikkita ikki nuqta, funktsiya nomi va parametrlari yoziladi. 6.3. – listingda Mushuk sinfining funktsiya a'zosini aniqlanishi ko'rsatilgan.
Konstruktorlar va destruktorlar. Butun sonli o'zgaruvchini aniqlashning ikki xil yo'li bor. Birinchisi, oldin o'zgaruvchini aniqlash, keyin esa unga biror bir qiymat o'zlashtirishdir. Masalan,
int Ogirlik; // o'zgaruvchini aniklash
........ // bu erda boshka ifodalar bor
Ogirlikq7; // o'zgaruvchiga kiymat o'zlashtiramiz.
Ikkinchisi, o'zgaruvchi aniqlanishi bilan birga unga darqol qiymat o'zlashtiriladi, masalan:
int Ogirlikq7; //o'zgaruvchini e'lon kilamiz
//va unga kiymat o'zlashtiramiz.
qiymat berish amali o'zgaruvchi aniqlanishi bilan unga boshlanqich qiymat o'zlashtirilishini anglatadi. Keyinchalik, bu o'zlashtirilgan qiymatni o'zgartirishingiz qam mumkin.
Sinfning o'zgaruvchi–a'zosiga qanday qiymat o'zlashtirildiq Buning uchun sinfda konstruktor deb ataluvchi maxsus funktsiya – a'zo ishlatiladi. Zaruriy vaqtda konstruktor bir nechta parametrni qabul qiladi. Lekin qech qanday tipdagi qiymat qaytarmaydi. Konstruktor – bu sinf nomi bilan ustma – ust tushadigan sinf metodidir.
Sinfda konstruktorni e'lon qilinishi bilan destruktorlar qam aniqlanishi lozim. Agarda konstruktor sinf ob'ektini tuzish va uning o'zgaruvchi – a'zolariga qiymat berish vazifasini bajarsa, destruktor mavjud ob'ektning xotiradan o'chiradi. Destruktorlar sinf nomi oldiga tilda (~) belgisini qo'yish orqali aniqlanadi. Destruktorlar qech qanday argument qabul qilmaydi va qech qanday qiymat qaytarmaydi. Mushuk sinfining destruktori quyidagicha ko'rinishda aniqlanadi:
~Mushuk()
|
| |