• Farmatsevtika faoliyati haqida tushuncha.
  • Mavzu: dorixona tarmoqlarining faoliyati




    Download 19,41 Kb.
    bet1/2
    Sana15.05.2024
    Hajmi19,41 Kb.
    #234283
      1   2
    Bog'liq
    спец № 5


    MAVZU: DORIXONA TARMOQLARINING FAOLIYATI

    REJA




    1. Farmatsevtika faoliyati haqida tushuncha.




    1. Farmatsevtika faoliyat turlari.

    3.“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, mohiyati va o‘zgartirishlar.




    Farmatsevtika faoliyati haqida tushuncha.
    Farmatsevtika faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan lisenziya asosida amalga oshiriladi.
    Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziya besh yil muddatga beriladi. Lisenziya muddatini uzaytirish uchun farmatsevtika tashkilotining rahbaridan malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikat talab etiladi.
    Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari, oliy ta'lim muassasalari, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
    Dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari yangi farmakologik vositalarni izlashni, keyinchalik ularning xossalarini o‘rganishni, farmakologik vositalarning yoki dori vositalarning tarkibini ishlab chiqishni, dori moddalarini (substansiyalarni) va dori vositalarini ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, belgilangan tartibda klinik oldi tadqiqotlarni o‘tkazishni, farmakologik vositalarining yoki dori vositalarining xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
    Tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari tibbiy buyumlarning yangi turlarini izlashni, keyinchalik ularning texnik xususiyatlarini o‘rganishni, ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishni, tibbiy buyumlarning xavfsizligiga, sifatiga va ularning sifatini nazorat qilish usullariga doir talablar ko‘rsatilgan normativ hujjatlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.
    Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, ularni ishlab chiqarishni hamda ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq seriyali ishlab chiqarishdan iborat bo‘lib, u to‘liq texnologik sikl bo‘yicha yoki uning alohida bosqichlari bo‘yicha ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
    Qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.
    Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, eksport, ilmiy-tadqiqot ishlari, klinik-tadqiqotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilishi mumkin.



    Download 19,41 Kb.
      1   2




    Download 19,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: dorixona tarmoqlarining faoliyati

    Download 19,41 Kb.