|
Farmatsevtika faoliyat turlari
|
bet | 2/2 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 19,41 Kb. | | #234283 |
Bog'liq спец № 5Farmatsevtika faoliyat turlari
O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish “Dori vositalar va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Unga ko‘ra farmatsevtika faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish;
- dori vositalarining va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji savdo qilish;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilish;
- dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash;
- dorivor o‘simlik xom ashyosini qadoqlash va ulgurji savdo qilish.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun, mohiyati va o‘zgartirishlar.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchilar dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy hizmatlarga ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qadoqdash tamg‘alash hamda joylash-o‘rash qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilish faqat dorixonalar hamda ularni filiallari tomonidan amalga oshiriladi.
Dori vositalarini chakana savdo qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi reseptlar bo‘yicha tasdiqlangan reseptsiz beriladigan dori vositalarini ro‘yxatiga ko‘ra reseptsiz amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki dorixonalar tomonidan tayyorlangan dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilishga ruxsat beriladi.
Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana savdo qilish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Dorixona dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etilishi mumkin. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
Dorixonalar sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma'danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo‘shimchalarini savdo qilinishi uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
Dorixona mudiri oliy farmatsevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak. Dorixona filialining mudiri farmatsevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, savdo qilish qoidalariga va ularning sifatini ta'minlovchi saqlash sharoitlariga dorixonalar tomonidan rioya etilishi kerak.
Dori vositalari dorixonalarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash ta'qiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
|
| |